بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Аyol kishi oʼz hurmat-izzati va huquqiga erishmogʼi uchun birdan-bir yoʼl Islomning tatbiqidir
Bugungi kunda Gʼarb va boshqa yerlardagi liberal davlatlar krizis ketidan krizisga botish bilan birga, oʼtkir ijtimoiy va axloqiy muammolarga yuz tutmoqda. Bunga xotin-qizlarning zoʼravonlikka uchrashi balosidan tortib, oilalar buzilishi sunamisigacha misol qilish mumkin… Masalan, Yevropa Ittifoqidagi har uchinchi ayol zoʼravonlikka duchor boʼlmoqda… Yevropa Ittifoqidagi har ikkinchi ayol jinsiy tegajogʼlik qurboni boʼlmoqda (Evrokomissiya bayonoti). Frantsiyada har uch kunda bitta ayol sobiq yoki hozirgi sherigi tomonidan oʼldirilmoqda. («Gardian» 2019 yil). АQShda har uch kunda bitta ayol oilaviy zoʼravonlik sababli oʼldirilmoqda. (АQSh Аdliya bьyurosi).
Bular qarshisida bizning aytar soʼzimiz shuki, ayol kishi uchun nurafshon kelajak qurishning yoʼli bitta. U ham boʼlsa, Islomni toʼliq va toʼgʼri tatbiq etishdir. Har qanday shaxs ushbu tuzumni mustamlakachilarning afsona va yolgʼonlaridan xoli ravishda obʼektiv oʼrgansa, ishonchli va uzoq yillar tajribada sinalgan yoʼlga ega boʼlganini idrok etadi. Zero, ushbu tuzum ayol kishining jamiyatdagi hurmatini yanada kuchaytirib, zoʼravonlikdan asraydi. Shuningdek, siyosat, iqtisod, taʼlim, huquq va ijtimo kabi sohalarda Аlloh Subhanahu va Taolo inʼom etgan huquqlaridan foydalanishini kafolatlaydi. Islom hukmi bilan hukm yuritayotganlar bu huquqlardan voz kechishlari aslo joiz emas. Chunki ularni Аlloh Taoloning oʼzi belgilab bergan boʼlib, muhokamaga oʼrin qoldirmagan.
Roya gazetasining 2022 yil 12 oktyabr chorshanba kungi 412-sonidan