Politexnika universitetida Аl-Vaʼy guruhi Oslo shartnomasiga oid tadbirlar oʼtkazdi

313
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Politexnika universitetida Аl-Vaʼy guruhi Oslo shartnomasiga oid tadbirlar oʼtkazdi

Oslo shartnomasi xotirasida Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zaminining talabalar doirasidagi Аl-Vaʼy guruhi politexnika universitetida bir necha tadbirlar uyushtirdi, jumladan:
Talabalarga «Oslo shartnomasi… boshlanish va nihoya orasida» nomli varaqa tarqatildi. Varaqada «ushbu shartnoma mohiyati nimadan iboratligi, bosqinchi vujud tan olingandan soʼng u Falastin zaminiga nimalar keltirganligi, bu tan olish evaziga bizga bir necha kilometr yer berilib, oʼsha yerga davlatcha qurishimiz mumkinligi, holbuki, bu davlatchaning hech qanday huquqi ham, hukmronligi ham boʼlmasligi, u na quruqlik, na havo va suvda nazorat oʼrnatolmasligi» haqida soʼz yuritildi.
Ushbu tadbirlar asosida Аl-Vaʼy guruhi shartnomaga oid ayrim haqiqatlarni ochiqlab oʼtdi. Jumladan, «Аynan shu Oslo shartnomasi hech qanday xarajatsiz bepul bosqinchilik keltirdi va Falastin rejimini yahudiylar mashaqqatini bartaraf etuvchi rejimga aylantirdi!», «Аynan shu Oslo shartnomasi «muqaddas xavfsizlik kelishuvi» orqali bosqinchilar bilan «chiroyli va goʼzal qoʼshnichilik mujdasi» olib keldi», «Bu Oslo shartnomasi «iqtisodiy oʼsish, vakolatlar va huquqlar» muqobilida bizga qirgʼinlar, qamoqlar va farzandlarimizning shahid boʼlishini va boshqalarni olib keldi!».
Аl-Vaʼy guruhi shuningdek, tadbir oʼtkazilgan zalda plakat va shiorlarni yopishtirib chiqdi. Ularda muborak zaminda ayni shartnomani tatbiq etishga harakat qilayotgan barcha kimsalar qoralandi.
Roya gazetasining 2022 yil 28 sentyabr chorshanba kungi 410-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.