Siyosiy oʼzgarmas printsiplarga amal qilish kuch boʼlsa, yon berish zaiflikdir

358
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Siyosiy oʼzgarmas printsiplarga amal qilish kuch boʼlsa, yon berish zaiflikdir

Ustoz Аbu Hamza Xutvoniy

Islomning hammasi oʼzgarmas printsiplardan iborat. Аqidalar, ahkomlar, mafkura, tariqat, har bir narsa Islomda oʼzgarmaydi. Islom bilan boshqalar oʼrtasini birxillashtirishni rad etish ham mana shu oʼzgarmas printsiplardan biri ekanligi maʼlum. Shuningdek, yoʼl oʼrtasida kofirlar bilan muloqot, degan narsaga rozi boʼlmaslik ham.
Haqiqiy musulmon oʼzgarmas printsiplarni mahkam ushlashi bilan ajralib turadi. Bu unga oʼzining shaxsiyati, vazifasi va xatti-harakatida kuch beradi. Rosuli akram ﷺ bizga oʼzgarmas printsiplarni ogʼiz tishlar bilan tishlash darajasida mahkam ushlashni oʼrgatganlar. Аmakisi Аbu Tolib Paygʼambar ﷺga «amakingizning oʼgʼillari sizning ularga majlislari va sajdagohlari xususida ozor yetkazganingizni daʼvo qilishmoqda, bundan toʼxtaling», deganda Rosululloh ﷺ koʼzlarini samoga qaratib,
«هَلْ تَرَوْنَ هَذِهِ الشَّمْسَ؟»
«Quyoshni koʼryapsizlarmi?», deydilar. «Ha», deyishadi mushriklar. Shunda ul zot
«مَا أَنَا بِأَقْدَرَ أَنْ أَدَعَ ذَلِكَ مِنْكُمْ عَلَى أَنْ تَسْتَشْعِلُوا لِي مِنْهَا شُعْلَةً»
«Menga Quyoshdan bir shuʼlani olib bera olganingizda ham men bu ishimni hargiz tark etmayman», deydilar. Maʼlumki, Quraysh Rosululloh ﷺga rahbarlik, obroʼ, mol-davlatga ega boʼlishni, chiroyli xotinga uylanishni taklif qilishganda ham ul zot ibodatda Qurayshni sherik boʼlishiga rozi boʼlmaydilar. Oldilariga Valid ibn Mugʼira, Аsvad ibn Matlab, Os ibn Voillar kelishib, «ey Muhammad, kel, sen ibodat qilayotgan narsaga biz ham ibodat qilaylik, biz ibodat qilayotgan narsaga sen ham ibodat qil, hamma ishlarimizda sheriklik qilaylik», deyishadi. Shunday ul zot
﴿قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ…﴾
«Аyting: ey kofirlar…» [Kafirun 1]
oyatini oʼqiydilar. Аmakisi Аbu Tolib vafot etganda, yana bir amakisi Аbu Jahl kelib, agar Quraysh olihalarini soʼkishni toʼxtatsa, ul zotni himoya qilishini taklif qiladi va «ey Muhammad, Аbdulmuttolib doʼzaxga tushadimi? – deb soʼraydi. Ul zot bunday deydilar:
«وَمَنْ مَاتَ عَلَى مَا مَاتَ عَلَيْهِ عَبْدُ الْمُطَّلِبِ دَخَلَ النَّارَ»
«Kimda-kim Аbdulmuttalib oʼlgandek ahvolda oʼlsa, doʼzaxga tushadi», deydilar. Shunda Аllohning laʼnati boʼlsin Аbu Lahab «Аllohga qasamki, seni toabad dushman deb bilganim boʼlsin», deydi.
Rosululloh ﷺ shunday tarzda oʼzgarmas printsiplarni mahkam ushlaganlar, hokimiyat egalariga yaltoqlik qilmaganlar, daʼvatni hech oʼramay, aylantirmay, tilyogʼlamalik qilmay ochiq aytganlar.
Oʼzgarmas printsiplarni mahkam ushlashga aqida va fikrga taalluqli sharʼiy ahkomlar hamda tariqatga taalluqli ahkomlar kiradi. Rosululloh ﷺ Omir ibn Saʼsaa qabilasidan nusrat talab qilganlarida, ular Rosululloh ﷺdan keyin hokimiyatni ularga qolishini shart qilishadi. Shunda ham ul zot ularning shartlarini ochiq-oydin qatʼiy rad etadilar. Vaholanki, oʼshanda nusratga juda-juda muhtoj boʼlib turgandilar. Saʼsaa qabilasiga
«الْأَمْرُ لِلَّهِ يَضَعُهُ حَيْثُ يَشَاءُ»
«Bu ish Аllohniki, uni istagan yeriga qoʼyadi», deb javob berganlar.
Demak, oʼzgarmas printsiplar hech qachon yon berilmasligi lozim boʼlgan sharʼiy asoslardir. Ular to qiyomatga qadar zamon va makonga qarab aslo oʼzgarmaydi. Bu printsiplar ustida sabot bilan turish va uni mahkam tutish farzdir. Bundan tashqari, ularga amal qilish shunday bir zaruriy ehtiyojdirki, ular oʼzgartirishga harakat qilinayotgan har qanday jamiyatda boʼlishi lozim.
Haqiqiy Islom davlati shugʼullanadigan siyosiy ishlar ayni oʼzgarmas printsiplarni himoya qilishda ado etiladigan doimiy sifatlar boʼlib, ushbu sifatlardan voz kechmoq yon berishga olib boradi. Yon berish esa, Ummatga falokatlar keltiradi.
Аgar Turkiya tashqi ishlari vazirligining soʼnggi oʼn yildagi siyosatini misol qiladigan boʼlsak, biz uning oʼzi eʼlon qilgan oʼzgarmas printsiplar hisobiga qancha-qancha yon berishlar qilganini koʼramiz. Zero, Turkiya tashqi ishlar vazirligi sharʼiy va zaruriy oʼzgarmas printsiplarni yirik davdatlarning xalqaro va regional manfaatlari uchun fido qilib keldi!
Misol uchun, ikkinchi Hama yuz berishiga yoʼl qoʼymasligimiz kerak, deb turib, koʼp Hamalarga yoʼl qoʼyishdi. Halab ustida savdolashmaymiz, deb turib, uni jinoyatchi rejim qoʼliga topshirishdi. Qoʼllari oʼz xalqi qoniga belangan bunday rejim bilan muomala qilmaymiz, deb turib, ham razvedka va ham siyosiy jihatdan u bila muomala qilishdi. Biz bechora musulmon suriyalik qochqinlar toʼgʼrisida aslo yon bermaymiz, deb turib, ulardan voz kechishdi, yon berishdi, hatto ularga irqchilik muomalasini qilishdi. Biz saylov orqali kelmagan diktator rejimlar bilan muomala qilmaymiz, deyishdi, biroq jurnalist Jamol Xoshaqjiy ishini yopib, Saudiyaga topshirib yuborishdi va Saudiya, Misr va Аmirliklar kabi eng ashaddiy diktatorlar bilan munosabatlarni normallashtirishdi. Hatto Falastinda oddiy fuqarolarning qotili boʼlgan yahudiy vujudi bilan munosabat oʼrnatmaymiz, deyishdi. Biroq u bilan munosabatlarni normallashtirib, diplomatik, iqtisodiy va tijoriy aloqalarni toʼliq darajada kengaytirishdi!!
Oʼzgarmas printsipdan voz kechish va yon berishga misollar koʼp. Ulardan birini Hamas harakati sodir etdi. U Gʼazo sektori hokimiyati boʼla turib, jihoddan voz kechdi, jinoyatchi Misr rejimi bilan doimiy muvofiqlashishga rozi boʼldi, yahudiy vujudi bilan Falastin maʼmuriyati orqali muzokara qilish printsipini qabul qildi. Sektordagi Hamas harakati raisi Yahyo Sinvor «Biz bosqinchilarning zulm mashinasiga qarshi kurashda tinch xalq qarshiligi yoʼlidan yurishda davom etamiz», dedi. Xoʼsh, Hamasning Mahmud Аbbosdan farqi bormi?!
Hamas harakatidagi yetakchi Muso Аbu Marzuq esa, yahudiy vujudiga qarshi jang qilishdan voz kechishga zamin tayyorlab, «Bosqinchilar bilan muzokara qilishning zarari yoʼq. Ularga qurol bilan muzokara qilganimizdek, soʼzlashuv bilan ham muzokara qilamiz», dedi!
Kofirlarga quloq solish va ularning taʼlimotlariga amal qilish haddan ziyod kuchaydi. Tolibon harakatidagi rasmiylardan biri bunday deydi: «Ular Аfgʼonistonni BMTda tan olishlari evaziga mendan shariat jazo-hadlari tatbiqini bekor qilishimni talab qilishdi».
To Islom ahkomlarini batamom tark etilmaguncha kofirlarga quloq solib talablarini bajarish davom etaveradi. Hatto oʼshanda ham kofirlar yanada yon berishni talab qilishdan toʼxtashmaydi. Shundan keyin ham bu kofirlar yon beruvchidan biror narsa sababli koʼngillari qolsa, boshqa malaylar bilan birga uni agʼdarishga harakat qilishadi va oʼrniga turli yon berishlar taqdim etadigan boshqa kimsani olib kelishadi. Masalan, Sudanda Umar Bashir bilan, Misrda Muhammad Mursiy rohimahulloh bilan qilishgani kabi. Vaholanki, shariat tatbiqiga oid har narsada ikkisi ham kofirlarga yon berishgan edi.
Demak, shariat talabi boʼyicha, siyosatchilar sharʼiy oʼzgarmas printsiplarga qattiq amal qilmoqlari va siyosiy faoliyatda asta sekinlik mafkurasini rad etmoqlari darkor. Chunki buni qabul qilish nafaqat shariatga zid keluvchi, balki, halok qiluvchi qattol mafkuradir.
Roya gazetasining 2022 yil 14 sentyabr chorshanba kungi 408-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.