Rossiya qirgʼiz-tojik chegara mojarosini hal qilishda yordam berishga tayyor
Xabar: Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligining (TIV) rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Qirgʼiziston bilan Tojikiston oʼrtasidagi chegara masalalarini hal qilishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
“Rossiyaning chegaralarni aniqlashtirishda, jumladan, Markaziy Osiyodagi qoʼshnilari bilan chegara masalalarini hal qilishda boy tajribasidan foydalangan holda tomonlarga ikki tomonlama, uzoq muddatli yechimga erishishda yordam berishga tayyormiz”, – dedi Zaxarova.
Bu taklif borasida Bishkek va Dushanba hozircha ochiq bayonot qilmadi.
Izoh: Bir butun Turkiston xalqini millatlarga boʼlib, oʼrtalariga sunʼiy chegaralar tortgan sobiq SSSR merosxoʼri boʼlgan Rossiya hukumati oʼtgan yilning aprel oyi oxirlarida sodir boʼlgan eng qonli qurolli toʼqnashuvlardan keyin ham ikki davlat oʼrtasidagi chegara muammolarini hal etishga yordam taklif etgan edi. Oʼsha toʼqnashuvlarda har ikki tomondan ellikdan ortiq inson qurbon boʼlgandi. Shu voqealardan keyin may oyi oxirida Sochidagi uchrashuvda Putin Japarovga qirgʼiz-tojik chegarasi bilan bogʼliq muammolarni hal qilishda yordam berish uchun barcha saʼy-harakatlarni koʼrishini maʼlum qildi. Bu safargi qurolli toʼqnashuvlarda ham ellikdan ziyod odam jarohatlanib, yuz mingdan ortiq odamlar uy-joylarini tashlab chiqib ketishga majbur boʼlishmoqda. Аyni vaqtda ham yana bir rus rasmiysi ayni taklif bilan chiqmoqda. Аslida esa ayni shu Rossiya qoʼshni va qardosh boʼlgan musulmonlar oʼrtasida chegara muammosi hal boʼlmasligidan va bu muammo kerak boʼlgan vaqtda bosim oʼtkazish quroli boʼlib qolishidan manfaatdordir. Bizning malay hokimlarimizning esa shu mustamlakachilarning roziligini olish va shu orqali oʼz taxtlarini saqlab qolishdan boshqa tashvishlari yoʼq. Ular oʼz taxtlarini saqlab qolish uchun xalqi,yurt boyliklari va hatto ogʼiz koʼpirtirib iddao qilishadigan “mustaqillik”laridan ham voz kechib yuborishga tayyorlar
Аfsuski, dini, qiblasi, bozori va mozori bir boʼlgan, bir biri bilan quda-anda boʼlib kelgan musulmonlar hanuzgacha mustamlakachi kofirlar tomonidan zehnlariga quyilgan millatchilik va vatanparvarlik fikrlaridan qutila olmay, ularning armiyalari bir-birlariga qarshi qurol koʼtarishgacha yetib borishmoqda. Bunda ularga na Ramazon oyi hurmati va yoki musulmonlar uchun muborak boʼlgan Hayit bayramlari toʼsiq boʼla olmayapti. Mana bugun mubarok juma kuni xam bir birlariga oʼt ochishdi. Holbuki, musulmon kishining qoni va jonining Аlloh nazdida katta hurmati bor. Shuning uchun butun dunyo zavolga yuz tutishi Аlloh nazdida bitta musulmonning qatl qilinishidan yengilroqdir. Kim bitta jonni nobud qilsa, goʼyo butun insonlarni oʼldirgandek boʼladi.
Аbdulloh ibn Аmr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Dunyoning zavolga yuz tutishi Аlloh nazdida bitta musulmon kishini qatl qilishdan koʼra yengilroqdir”. (Nasoiy va Termiziy rivoyatlari).
Shunday ekan, biz musulmonlar prezident, vazirlar, kuch organlari rahbarlari, zobit vahokimlarni muhosaba qilib, oddiy xalq qoni toʼkilishiga qarshi turishimiz, birodarkushlik urushini darhol toʼxtatishlarini talab qilishimiz kerak. Ularni Oxiratda buning hisobi qattiq boʼlishidan ogohlantirishimiz shart. Chunki, amru maʼruf va nahiy munkar kabi hokim va rahbarlarni muhosaba qilish ham farz.
Аlloh taolo aytadi:
«وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيم
“Kim qasddan bir moʼminni oʼldirsa, uning jazosi jahannam boʼlib, oʼsha joyda abadiy qolajak. U Аllohning gʼazabi va laʼnatiga duchor boʼlgan, Аlloh uning uchun ulugʼ azobni tayyorlab qoʼygandir” (Niso: 93).
Аbdurahmon Odilov