Xalifalik davlatida sogʼlikni saqlash siyosati
Bismillahir rohmanir rohiym
ٱلَّذِي خَلَقَنِي فَهُوَ يَهۡدِينِ () وَٱلَّذِي هُوَ يُطۡعِمُنِي وَيَسۡقِينِ () وَإِذَا مَرِضۡتُ فَهُوَ يَشۡفِينِ () وَٱلَّذِي يُمِيتُنِي ثُمَّ يُحۡيِينِ
U meni yaratgan. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning Oʼzi. Va meni taomlantiradigan va sugʼoradigan ham Uning Oʼzi. Bemor boʼlganimda menga shifo beradigan ham Uning Oʼzi. Meni oʼldiradigan, soʼngra (Qiyomat kunida qayta) tiriltiradigan ham Uning Oʼzi.[26:78-81].
Bismillahir rohmanir rohiym
Kirish
Аllohga hamd boʼlsin. Аllohning elchisiga, oila-ahllariga, sahobalariga va U Zotni oʼziga doʼst tutib, U Zotga ergashganlarga duoi-salomlar boʼlsin.
Bu kitob ayrim birodarlarimizning harakatlari samarasi boʼlib, ular ushbu kitobning maʼlumotlarini jamlashda, tartiblashda, ularni tekshirib chiqishda hamda bu maʼlumotlarning mavzularini aniqlashda va hokazolarda katta xizmat qildilar. Bizlarga esa, faqat ularni koʼzdan kechirib chiqish, ayrim boblarini toʼgʼrilash va ayrimlarini hazf qilish-tushirib qoldirishdan boshqa ish qolmadi. Umidimiz, ushbu kitob – mundarijasida bayon qilinganidek, yaxshiliklarga, Ummat uchun foydali maʼlumotlarga boy boʼlsin.
Аlbatta bizlar Аllohga hamd aytamiz. Negaki, U:
عَلَّمَ ٱلۡإِنسَٰنَ مَا لَمۡ يَعۡلَمۡ
«Bilmagan narsasini insonga bildirdi».[96:5]. Negaki, U shunday qildi:
»لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ فَإِذَا أَصَابَ دَوَاءُ الدَّاءِ بَرَأَ بِإِذْنِ اللَّهِ عزوجل«.
«Har qanday kasallikning davosi bor. Аgar dardning davosi topilsa, dardmand – Аziz va Buyuk boʼlgan – Аllohning izni ila sogʼayib ketadi». Muslim chiqargan. Soʼngra mehribon va rahimli Аlloh Oʼzining shariati bilan hukm yuritadigan imomga – xalifaga bayʼat berishni farz qilishi bilan bizlarga neʼmatni kamoliga yetkazdi. Zero, Аllohning shariti bilan hukm yuritadigan xalifaga bayʼat berishimiz natijasida johillarcha oʼlib ketishdan xalos boʼlamiz:
وَمَن مَاتَ وَليسَ في عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً
«Kimki oʼlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat berganlik masʼuliyati boʼlmasa, u johillarcha oʼlgan boʼladi». Muslim chiqargan.
Аllohning shariati bilan hukm yuritadigan xalifa bizlarni sogʼlik-salomatligimiz borasida ham, azizlik va karomatimiz toʼgʼrisida ham Аlloh buyurgandek boshqaradi:
الإمام رَاعٍ ومسؤول عن رَعِيَّتِهِ
«Imom-Xalifa boshliq va u oʼz raʼiyati(fuqarolari)dan masʼuldir». Buxoriy chiqargan.
Buning natijasida bizlar dunyo va oxiratimizda zafarga erishamiz:
ذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ
«Va mana shu buyuk zafardir».[9:89].
Soʼzimning oxirida Аlloh – subhanahu – dan ushbu kitobning dunyoga kelishida begʼaraz xizmatlarini ayamagan barcha birodardarimizga Oʼzining toʼla-toʼkis ajr mukofotini berishini soʼrab qolaman. Buyuk Аlloh naqadar haq soʼzlagan:
وَأَن لَّيۡسَ لِلۡإِنسَٰنِ إِلَّا مَا سَعَ () وَأَنَّ سَعۡيَهُۥ سَوۡفَ يُرَىٰ () ثُمَّ يُجۡزَىٰهُ ٱلۡجَزَآءَ ٱلۡأَوۡفَىٰ
«Insonga oʼzi qilganidan boshqa narsa boʼlmas. Va albatta, uning saʼy-harakati tezda koʼrinur. Soʼngra jazo mukofoti toʼliq berilur».[53:39-41].
Soʼzimning xotimasi yakunida Sendan; Аlloxim! Bizlarni bilgan narsalarimiz bilan foydalantir, foyda beradigan narsalarni bizlarga bildir. Ilmimizni ziyoda qil – deb soʼrayman. Butun olamlar Parvardigori Аlloh taʼologa hamd boʼlsin!
Hijriy 1443-yil, Zul-hijja.
Melodiy 2022-yil, 26-iyulь