بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
SEDAW konventsiyasi Islomga qarshi kurashdir
Uning askarlari Gʼarbga itoatgoʼy malay hukmdorlardir
Inson huquqlarining Аrab xartiyasi boʼyicha oʼtkazilgan seminarda Sudan tashqi ishlar vaziri Аli Sodiq CEDAW konventsiyasini ratifikatsiya qilish boʼyicha saʼy-harakatlar davom etayotganini taʼkidladi. U «Sudan milliy qonunlarni oʼzi ishtirok etayotgan xalqaro va mintaqaviy shartnomalar bilan uygʼunlashtirish yoʼlida katta saʼy-harakatlar qilmoqda», dedi.
Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ayollar notigʼi matbuot bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:
«Bu CEDAW shunchalik xavfliki, uni tashviqotchilari har qancha soxta shiorlar bilan yaxshi qilib koʼrsatishga urinishmasin, bu konventsiya insonning sogʼlom tabiatida butunlay toʼntarish yasaydi hamda Islom va uning ayolga nisbatan qarashiga mutlaqo ziddir. Sudan hukumatining bu konventsiyani tatbiq qilishga bunchalik qatʼiy harakat qilayotganidan uning Gʼarb davlatlariga naqadar tobeligi va musulmonlarni dinlaridan begonalashtirish urinishiga juda sodiqligi koʼrinib turibdi. Chunki bu konventsiyadan musulmonlar miyasiga, ayniqsa, ijtimoiy sohada sharʼiy ahkomlarga zid narsalar bilan dunyoviylikni oʼrnatish koʼzlangan».
Bayonot soʼnggida musulmonlarga xitoban bunday deyiladi:
«CEDAW konventsiyasining har bir bandi Islomga ochiq urushdir. U muslima ayollarni buzishga va Islom ahkomlaridan voz kechgan ayollarga aylantirishga qaratilgan boʼlib, erkak bilan ayol oʼrtasidagi farqqa qarshi chiqishga va mutlaq tenglikni oʼrnatishga chaqiradi. Mana shulardan siz musulmonlar CEDAW konventsiyasi va uning oqibatlarini anglab yetdingiz. Endi siz uchun unga qarshi turib, kurashish farz boʼldi. Shuningdek, diningiz ahkomlarini mahkam ushlab, Gʼarbning anavi malay hukmdorlaringiz tatbiq qilayotgan va hayotingizni buzayotgan rejalarini barbod etishingiz ham sizga farzdir. Shuni unutmangki, Islom shariatisiz kuch-qudrat va oliylikka aslo yetilmaydi. Qachon Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati ushbu shariatni tatbiq etsa, Gʼarb sivilizatsiyasi buzgan barcha narsalar oʼnglanadi va Аlloh insonlarni yaratgan tabiat albatta qayta toʼgʼrilanadi».
Roya gazetasining 2022 yil 31 avgust chorshanba kungi 406-sonidan