Qambarota-1 va Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli qurilishi qiymati maʼlum qilindi

331
0

Qambarota-1 va Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli qurilishi qiymati maʼlum qilindi

Xabar: Jogorku Kenesh deputatlari yozgi taʼtildan soʼng ish boshladi. 1 sentyabr kuni 7-chaqiriq Jogorku Keneshning yangi sessiyasi ochildi.Yigʼilishda Vazirlar mahkamasi raisi Аkilbek Japarov ishtirok etib, 120 dan ortiq qonun loyihasini koʼrib chiqish zarurligi haqida gapirdi.

“Qambarota-1 GES qurilish loyihasini boshladik. Аvvalroq, 2014 yilda texnik-iqtisodiy asoslash boʼyicha xarajat 3 milliard dollarni tashkil etgan boʼlsa, oʼshandan beri materiallar narxi sezilarli darajada oshdi. Hozir esa bizga 5-6 milliard dollar kerak. Bunday katta pullarni jamlash uchun bir qator qonun loyihalariga tuzatishlar kiritish zarur. 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʼlib oʼtadigan ShHT yigʼilishida biz Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli qurilishi boʼyicha shartnoma imzolanishini kutmoqdamiz. Prognozlarga koʼra, kelasi yilning ikkinchi yarmida texnik-iqtisodiy asoslash yakunlanadi, buning uchun 5 dan 7 milliard dollargacha mablagʼ kerak boʼladi”, – dedi Japarov.

Maʼlumki, 8 iyun kuni Jalolobod viloyatida Qambarota GES-1 qurilishi boshlandi. Loyihada balandligi 256 m boʼlgan toʼgʼon, 5,6 milliard kVt/soat quvvatga ega 1860 megavatt quvvatga ega GES va 5,4 milliard kub metr quvvatga ega suv ombori qurilishi koʼzda tutilgan. Obʼektni qurish muddati 8-10 yilni tashkil etadi, birinchi gidrostantsiyani “doimiy moliyalashtirish mavjudligi sharti bilan” 4 yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Izoh: 2012 yilda Qirgʼiziston va Rossiya hukumatlari “Qambarota-1” va toʼrtta GESdan iborat Yuqori Norin kaskadini qurish boʼyicha kelishuv imzolagan edi. Biroq, 2016 yil avgust oyida Rossiya hozirgi iqtisodiy holatida kelishuvdagi yirik loyihalarni moliyaviy jihatdan taʼminlay olmasligini tan olganidan soʼng Qirgʼiziston hukumati 31 dekabr kuni “Qambarota -1” va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va ekspluatatsiya qilish boʼyicha Rossiya bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilgan va GESlarni qurilishiga sarflangan 37 million dollarni Rossiyaga qaytarib berish lozimligini bildirgan edi.
Sadir Japarov 2021-yil 11-12 mart kunlari Toshkentga qilgan safari chogʼida “Qambaota-1” GESini hamkorlikda qurish borasida kelishuvga erishildi.

“Biz “Qambaota-1” GESini Oʼzbekiston bilan birga qurish toʼgʼrisida shartnomaga erishdik. Hozir ish boshlandi. Hudo xohlasa, “Qambarota-1” GESini uch yil ichida qurishni maqsad qildik. Bu loyiha toʼliq amalga oshadi. 30 yildan beri amalga oshmay qolib ketayotgan bu loyiha uch yilda qurib bitkaziladi”, – degan edi Sadir Japarov. Keyinchalik, Qozogʼiston prezidenti Qosim-Joʼmart Toʼqaev ham GESni hamkorlikda qurishga qiziqish bildirdi.

Temir yoʼl va Qambarota-1” GESi ham strategik ahamiyatga ega boʼlib, qaysi davlat buni oʼz qoʼliga oladigan boʼlsa birinchidan ulkan daromadga, ikkinchidan rasmiy hukumatga boʼlgan taʼsirini oshirishga muvaffaq boʼladi. Shu sababli ham mintaqa davlatlari oʼzaro birlashib bu loyihani amalga oshirishga kirishishar ekan bu loyihalarda biror mustamlakachi davlat yoki mustamlakachilar quroli boʼlgan xalqaro moliyaviy tashkilotlardan yordam olmay oʼz imkoniyatlaridan kelib chiqib barpo etishlari kerak. Аks holda “Qumtor”, “Jeruy” oltin konlari va boshqa tabiiy boyliklar kabi huzurini mustamlakachilar koʼrib, ziyoni va zarari xalq zimmasida qolaveradi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.