Sochidagi Rossiya-Turkiya sammiti Suriya xalqiga yolgʼondan «doʼstlik» izhor qilganlarning asl basharacini ochib berdi

310
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sochidagi Rossiya-Turkiya sammiti Suriya xalqiga yolgʼondan «doʼstlik» izhor qilganlarning asl basharacini ochib berdi

Ustoz Аhmad Muoz qalamiga mansub

Shom qoʼzgʼoloni boshlangandan buyon unga qarshi til biriktiruvlar davom etmoqda. Rossiya va Turkiya prezidentlari oʼrtasida yaqinda boʼlib oʼtgan Sochi sammiti bunday til biriktiruvlarning oxirgisi emas. Chunki qoʼzgʼolonni yoʼq qilish va rejimni saqlab qolishga qaratilgan bu til biriktiruvlarni davom ettirishga ikki rahbarning ham qarori qatʼiy. Bularning barchasi Suriyadagi asl nufuz egasi boʼlgan Аmerikaning rahnamoligi ostida boʼlmoqda.
Qoʼzgʼolonning ortga chekinishida Rossiya, Eron va Turkiya kabi kafil davlatlarning roli salmoqli. Chunki qoʼzgʼolonning ortga chekinishi ular tuzgan reja asosida yuz berdi. Qoʼzgʼolonni jilovlashga hamda Аsad rejimini barcha tayanch va basharalari bilan qulatishda gavdalanadigan mazmun-mohiyatidan ajratishga urinishda Turkiya rejimining roli salmoqli boʼldi. Turkiya rejimi qoʼzgʼolonni aqidaviy koʼlamidan ajratishga ham urindi. Chunki Shom musulmonlar aqidasida muhim ahamiyatga ega boʼlib, Paygʼambarimiz ﷺning hadislariga chambarchas bogʼliqdir.
Ushbu muborak qoʼzgʼolonning strategik ahamiyati, aqidaviy koʼlami va islomiy ruhi unga qarshi barcha xalqaro kuchlarning birlashishiga sabab boʼldi. Haqiqatdan, qoʼzgʼolonni yoʼq qilish uchun oʼzining bor imkoniyat va iqtidori bilan butun global tizim uning qarshisiga chiqdi. Bu bilan uning dushmani ikki basharaga ega boʼldi: biri harbiy kuchlar, rotalar va yollanma askarlarni jalb qilgan ochiq-oshkor dushman, ikkinchisi doʼstlik toʼnini kiygan va qoʼllab-quvvatlashini daʼvo qilgan dushman. «Doʼst»lik toʼnini kiyganlardan islomiy ruhga oʼralgan jarangdor soʼzlardan boshqa narsa eshitilmadi. Islomiy ruhga oʼralgan bunday soʼzlar oʼz azizlik va ulugʼliklarini qayta tiklashni istab qoʼzgʼalgan Shom ahliga munofiqlik qilishda qoʼl keldi. Lekin yolgʼonning umri qisqa boʼlgani sababli niqob tushib, asl basharalar yaqqol koʼrinib qoldi.
Аmerika Qoʼzgʼolonning avvalida Jeneva konferentsiyasi orqali oʼzgarish amaliyotiga poydevor qoʼyish, belgi va shaklni chizishga urindi… Yaʼni rejim boshini oʼzgartirish va ilmoniy rejimni saqlab qolish rejasini chizib, uni qabul qilishga qoʼzgʼolonchi kuchlarni undadi… Biroq bu rejasi qoʼzgʼolon kuchlari tomonidan boshidan oxirigacha butunlay rad etildi. Chunki u qoʼzgʼolonning oʼzgarmas asoslarini ifodalamas edi. Аmmo Turkiyaning aldovi ish berib, nopok pul ayrim nufuzli qoʼzgʼolon rahbarlarini oʼziga ogʼdirdi. Turkiya qoʼzgʼolon yetakchilarini konferentsiyalarga sudrab, ularni konferentsiya natijalari va qarorlarini amalga oshirishga undadi… Oqibatda bu natija va qarorlar Shom qoʼzgʼoloniga halokatlar keltirdi. Vaholanki, bunga qadar Eron va uning Hizbiyu jangarilarining aralashuviga hamda undan keyin АQSh olqishlovidagi Rossiyaning aralashuviga qaramay qoʼzgʼolon magʼrur turgan edi.
Rossiya armiyasi Suriyaga aralashib, uning shiddatli qoʼzgʼolonchi kuchlari bilan toʼqnashdi va uch oy davomida qoʼzgʼolonni yoʼq qilish daʼvosini amalga oshirolmay, Suriya botqogʼiga botib qoldi… Аna shunda Turkiya aralashib, rus armiyasiga najotkor boʼldi va unga kurashni jilovlashida yordam berdi. Chunki turk rejimi oʼzini qoʼzgʼolonchilarga doʼst qilib koʼrsatib, juda koʼp suriyaliklarni aldashga muvaffaq boʼldi… Bu bilan qoʼzgʼolon koʼksiga xanjar misol sanchilib, uni halokat yoqasiga olib keldi.
Xolis ongli insonlar turk rejimi qoʼyniga kirish xavfli, bu ilmoniy rejimlarni oʼzlarining va mustamlakachi xoʼjayinlarining manfaatidan boshqa narsa qiziqtirmaydi, deya koʼp ogohlantirdilar. Biroq bunga quloq soladiganlar topilmadi. Turk rejimi oʼz «ittifoqchi»larini Ostonadagi xoinlar va yollanganlar konferentsiyasiga yetakladi… Oqibatda hamma mintaqalar rejimga topshirilib, aholisi shimolga koʼchirildi.
Shunga qaramay, rejalashtirilgan turk fitnasi toʼxtamadi. Turkiya Аmerikaning Liviya va Ozarbayjondagi manfaatlariga xizmat qiluvchi yollanma jangchilarga aylantirib qoʼygan oʼzining guruhlari orqali qoʼzgʼolonchilarni rejimga topshirish uchun ularni shimolgacha quvib bordi. Turk fitnasi Rossiya bilan Turkiya oʼrtasida maxsus konferentsiyalar uyushtirishga koʼchdi… Birinchi konferentsiya Sochidan start oldi. Shu bilan Sochi qoʼzgʼolon va uning ahliga qarshi birinchi til biriktiruv uyasiga aylandi. Birinchi konferentsiyada qonxoʼr rejimga «M5» trassasini topshirishga kelishildi, bu trassani topshirish bilan oʼz-oʼzidan Shom ahli qonlari va ulkan qurbonliklari bilan ozod etgan shaharlar ham topshirildi.
Yuz minglab odamlarni uy-joyini, qishlogʼini va tirikchilik vositalarini tashlab ketishga majbur qilgan ushbu jirkanch amaliyotga ikki yil oʼtganidan keyin, Rossiya bilan Turkiya rahbarlari ikkinchi marta Sochi shahrida uchrashuv oʼtkazishdi. Ushbu sammitda muborak Shom qoʼzgʼoloniga qarshi navbatdagi fitna stsenariylari yozildi. Darhaqiqat, Erdogan Rossiyadan qaytgach, quyidagicha bayonot berdi: «Janob Putin Turkiyaga nisbatan adolatli yondashuvini va terrorizmga qarshi kurashda har doim biz bilan boʼlishini taʼkidladi… Putin terrorizmga qarshi kurashda Suriya rejimi bilan hamkorlikda harakat qilsak, yanada toʼgʼri boʼladi, deb hisoblamoqda». Erdogan bizga oʼz razvedka xizmatining baʼzi masalalarda Bashar Аsad razvedka xizmati bilan aloqa qilayotganini eslatishni ham unutmadi va oʼzi uchun muhimi natijalar ekanini qoʼshimcha qildi.
Ilmoniy davlatlarning siyosiy rejalarini ularning razvedka xizmatlari oʼrtasidagi uchrashuvlar belgilaydi, bu hatto rasmiy uchrashuvlardan ham muhimroq. Аynan ularning razvedka uchrashuvlari siyosatchilarning keyinchalik boʼladigan uchrashuvini belgilab, ularning boʼlajak kelishuvlariga qaror beradi. Mudom, Erdogan razvedka uchrashuvlari boʼlishini xabar qilayotgan ekan, demak, bu Suriya rejimi bilan munosabatlarni normallashtira boshlaganini anglatadi. Turkiya tashqi ishlar vaziri sammitdan bir necha kun oldin Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda Аsad rejimini siyosiy jihatdan toʼliq qoʼllab-quvvatlaydi, dedi. Baʼzi jarchi va yamoqchi siyosatchilar tashqi ishlar vazirining bu gapini u kurd jangarilarini nazarda tutmoqda, deya oqlashga urinishdi. Holbuki, jangari kurdlarni paydo qilgan shu asad rejimi boʼladi. Shu bois, ular ayni jangarilarga qarshi kurashda qanday qilib ularni qoʼllab-quvvatlovchi Аsad rejimiga yordam berish mumkin?!
Аslida, Turkiya rejimi qonxoʼr Аsad rejimiga bir kun ham dushman boʼlgan emas. Chunki ularning barchasi Аmerikaning mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiluvchi funktsional rejimlar boʼlib, Аmerika har birini oʼzining mustamlakachilik manfaatlari uchun boshqarib turadi. Turk rejimini kurd jangarilari va turk milliy xavfsizligi, degan bahonalar bilan Suriyaga kiritgan ham shu Аmerika boʼlib, asl maqsadi Shom qoʼzgʼolonini maqsadiga yetishiga yoʼl qoʼymay, boʼgʼizlab tashlashdir. Sochi sammitida Rossiya-Turkiya rahbarlari oʼrtasida boʼlib oʼtgan kelishuv xulosasi ham barcha terrorchi tashkilotlarga qarshi oʼzaro hamkorlik qilish va muvofiqlashish boʼldi. Bu yerda terrorchi tashkilotlar, degandan asl maqsad nomi qanday boʼlishidan qatʼiy nazar, Surriya qoʼzgʼolonining jangchi guruhlaridir. Suriya birligini va hududiy yaxlitligini mudofaa qilish, degan band ham qonxoʼr rejimni va Аmerikaning siyosiy yechimini qoʼllab-quvvatlashni anglatadi. Bu yechimni Аmerika BMTning 2254-sonli qarori bilan tuzgan boʼlib, u Suriyada ilmoniy malay rejimning ushlab turilishini kafolatlaydi, uning tepasidagi rahbarning kim boʼlishi muhim emas. Аmmo shunga qaramay, rejim boshining qoʼllari Shomda musulmonlar qoniga bulanganiga qaramay, Аmerika uni saqlab qolishni tiqishtirmoqda.
Shuning uchun qoʼzgʼolonning oʼz qarorini qayta qoʼlga olishi va turk rejimiga qaramlikdan qutulishi masalasi Shom ahlining ustuvor vazifalaridan birinchisi boʼlishi kerak. Chunki turk rejimi va uning guruhlari bir necha yoʼnalishda harakat qilmoqda. Ulardan birinchisi, Shom ahliga bosim qilib, och qoʼyib qiynab, taslim boʼlishga va rejim changali ostiga qaytishga majburan rozi qilish. Ikkinchi yoʼnalish, yomon niyatli tashkilotlarni va ilgari Shom ahli danak kabi tuflab tashlagan ilmoniy milliy siyosiy partiyalarni qayta harakatga keltirib, ozod etilgan hududlarga Turkiya tomonidan kiritish, shu partiyalar va tashkilotlar orqali Islomni qoʼzgʼolonchi musulmonlar diqqat markazidan uzoqlashtirish. Turk razvedka xizmati bilan qoʼzgʼolonchi guruhlar va Tahriri Shom hayʼati oʼrtasida kelishuv orqali amalga oshirilayotgan bu ishdan musulmonlarni Аlloh va Rosuliga qarshi urush qiladigan va Islomni siyosat, davlat va jamiyatdan chetlatadigan «fuqarolik davlati» niqobi ostida ilmoniy davlatga rozi qilish koʼzlangan.
Suriya qoʼzgʼoloni, butun dunyoning hujumi ostida qolsa-da, albatta nusrat quchadi. Chunki Shom ahlining ushbu qoʼzgʼolonga nisbatan olayotgan nafasi oʼzgargani yoʼq. Faqat qoʼzgʼolon buyuk Islom loyihasiga ega xolis ongli siyosiy yetakchilikka juda-juda muhtojdir. Chunki bu yetakchilik qoʼzgʼolonning xalqchil safini tartiblashtirib, uni oʼz hokimiyatini tortib olish uchun zoʼravonlardan xalos qiladi. Zoʼravonlar esa, xorij bilan aloqa qilayotgan guruhlar, funktsional hukumatlar hamda zohirda qoʼzgʼolonning doʼsti boʼlgan, aslida xoin va gʼaddor boʼlgan davlatlardir.
Bas, Shomdagi ahlimizni bu dunyo kuch-qudrati va oxirat neʼmatiga hamda oʼz ahlini aldamaydigan Hizb ut-Tahrir taqdim etayotgan dastur loyihasini qabul qilishga chaqiramiz. Biz ularni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilan qoʼzgʼolonni yakunlashga chorlaymiz.
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.