Voqea-hodisalar demokratiyaning nosozligini, qadriyat va ideallarining soxtaligini kundan-kunga fosh qilmoqda

174
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Voqea-hodisalar demokratiyaning nosozligini, qadriyat va ideallarining soxtaligini kundan-kunga fosh qilmoqda

Britaniyaning Oksford universiteti veb-saytida nashr qilingan maqolada aytilishicha, ishga joylashish uchun xarakteristika bilan surat topshirganda hijobli suratini topshirgani uchun ishga qabul qilinmagan muslimalar 65 foizni tashkil qilgan. Hatto ularning oʼzlari bilan bevosita uchrashilmagan ham. Ispaniya va Germaniyada ham shunga yaqin koʼrsatkich boʼlgan. Maqolada qoʼshimcha qilinishicha bu davlatlarda muslimalarning ishga olinmasligiga yagona sabab suratlar boʼlmayapti, chunki koʼpchilik ayollar ishga joylashish uchun suratsiz ham xarakteristika taqdim etganlar va ishga olinmaganlar va bunga ayollarning musulmonlarga aloqador tadbirlarga aralashganliklari sabab boʼlgan, masalan, diniy markazda yoki islomiy xayriya jamiyatida koʼngilli faoliyat olib borish kabi.
Oʼz navbatida, bunga nisbatan muhandis Bohir Solih Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi radiosi uchun yozgan izohida bunday deydi. Bu kabi voqea-hodisalar ilmoniy demokratiyaning nosozligini, qadriyat va ideallarining soxtaligini kundan-kunga fosh qilmoqda. Аslida, demokratiyaning mohiyati mana shu, qolgan qismlari ham masxarabozlik va yolgʼondan iborat. Chunki bu printsipni maʼlum insonlar oʼz manfaatlarini oʼylab va maqsadlariga erishish maqsadida oʼylab topishgan boʼlib, boshqalarga va ularning qadriyatlariga eʼtibor ham berishmagan…
Demokratiya – bu buzuq tuzum boʼlib, uni hayotdan oʼchirib tashlash uchun oʼrnini egallaydigan boshqa tuzum kelishi kerak. Uni olamdan supurib-yoʼq qilib tashlashga hamda u sababli olamga yoyilgan zulm va badbaxtlikni oʼchirishga qodir va loyiq yagona tuzum Islomdir. U rahmat va haqiqat dinidir, azob-uqubat, masxarabozlik va aldov dini emas. Yolgʼiz Islom insoniyatga insof qilib, uni zalolat, tentirash va mashaqqatdan rahmat, saodat va xotirjamlikka chiqaradi. Shuningdek, turli til, rang va irqdagi xalqlarni bitta doshqozonda toblagan ham, zimmiylik borasidagi oʼxshashi yoʼq odil ilgʼor tizimda gʼayrimusulmonlarga adolat qilgan ham Islomdir».
Muhandis Bohir izohi nihoyasida bunday dedi:
«Gʼarbning chirik sivilizatsiyasi tugashiga va butunlay yemirilishiga koʼz ochib yumguncha, balki undan ham qisqa vaqt qoldi. Zero, uning buzuqligidan hamma jirkanib, aybi hammaga fosh boʼlib boʼldi. Juda qisqa vaqt ichida Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida qayta Islom tuzumi quyoshi charaqlaydi.
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.