Solton-Sari konini ishlatishga ruxsat berildi

245
0

Solton-Sari konini ishlatishga ruxsat berildi

Xabar: 2019-yilda mahalliy aholi norozilklari ortidan faoliyati toʼxtatilgan Norindagi Solton-Sari oltin konining Buchuk uchastkasini ishlatishga ruxsat berildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Erbol Sultanbaev Feysbukdagi sahifasida yozdi.
Uning yozishicha, prezident Sadir Japarov bu yerga iyun oyida kelib, xalqning “yoʼl qurilib, tabiatga zarar yetadi” degan fikrni eshitgan.
“Biroq oʼzingizga maʼlumki, yoʼllar allaqachon qurib boʼlingan, zavod qurilishi yarmiga yetgan. Tuproq eroziyasi boʼyicha bundan keyin hech qanday ish boʼlmasligi aniqlandi. Shuning uchun Solton-Sari konini yer qobigʼini buzmasdan ishlatishga ruxsat berildi”.
Sultanbaev kompaniya hozircha mahalliy aholiga 50 million som toʼlaydi, keyin oltin chiqa boshlaganidan keyin bu miqdorni bir necha barobar oshirishga kelishilganini maʼlum qildi.
“Korxonaga davlat ulushi kiritilgan, qazib olish jarayonida sianid ishlatilmaydi, oltin Qora- Boltada tozalanadi”, – dedi Sultanbaev.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʼra, Buchuk uchastkasida 12 tonna oltin bor. Qimmatbaho metallarning umumiy zaxirasi esa 22 tonnani tashkil etadi.

Izoh: Sadir Japarov boshchiligidagi rasmiy hukumat “Qumtor” oltin konini mamlakatga qaytarib olish uchun Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi “Kumtor Gold” shirkati zimmasiga davlat hisobiga 261 milliard 719 million 674 ming soʼm (3 milliard dollardan oshiq) toʼlash majburiyati va bundan tashqari, Kanada kompaniyasi 1 milliard 300 million soʼm miqdorida badal toʼlashi haqida daʼvosidan voz kechib yuborgan va bu kelishuvni goʼyoki Qirgʼizistonning yutugʼi sifatida koʼrsatdi. Аmmo “Qumtor” oltin konini qazish ishlari davomida Davidov va Lisiy muzliklari erib, yoʼq boʼlib ketish arafasiga kelib qolgani, tabiatga yetkazilgan oʼrnini toʼldirib boʼlmas zararlar unitib yuborildi.
Odatdagidek rasmiy hukumat Xitoyning “Zhong Ji Mining Company” kompaniyasiga 20 yilga berilgan Solton-Sari koni qanday shartlar va kelishuvlar asosida berilgani, tushadigan daromadning qanchasini davlat tegishi, qanchasini kompaniya olish haqida maʼlumot berilmadi. Tabiiyki, Qumtor oltin konidan foydalanish mobaynida Qirgʼiziston 1,5 milliard dollar, “Tsenterra” 11,5 milliard dollar foyda olgani kabi bu shartnoma ham Xitoy kompaniyasi foydasiga tuzilgan. Garchi hozircha prezident konni qazib olishda atrof-muhitga ziyon yetkazilmasligi va kompaniya yil sayin mahalliy byudjetga mablagʼ ajratib berishin aytayotgan boʼlsada, bu xalqni vaqtinchalik tinchlantirishdan boshqa narsa emas. Chunki, hukumatning Xitoy bilan xalq zarariga kelishgan bitimlari bor. Garchi Japarov hozircha Jetim-Too temir konida hech qanday qazish ishlari olib borilmaydi deb xalqni ishontirishga harakat qilayotgan boʼlsada, Solton-Sari konidan keyin bu konni ham Xitoy kompaniyasi ixtiyorga oʼtkazib beradi. Bundan tashqari, hukumat zimmasida Batken viloyati Qadamjoy tumanidagi Shambesoy oltin konida xitoylik kompaniyalar faoliyatini qayta tiklash masalasi ham turibdi.
Аslida rasmiy hukumat foydali qazilma boyliklarini xorijiy kompaniyalarga suv tekinga foydalanishga topshirish oʼrniga, oʼzining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib oʼz kuchi bilan qazib olganida koʼproq foyda koʼrishi shubhasiz edi. Аmmo, mustamlakachi davlatlar oʼrnatgan xalqaro qonunlarga koʼra Qirgʼiziston kabi uchinchi dunyo davlatlari buning uchun zarur boʼladigan texnika va stanoklarni ishlab chiqaruvchi ogʼir sanoatni rivojlantirish huquqiga ega emaslar. Bu davlatlar faqat qishloq xoʼjaligi bilan shugʼullanishi mumkin xolos. Oʼz yeridagi boyliklarni qazib olish va ishlatishda esa foydaning katta qismini olib ketadigan mustamlakachi davlatlar va ularning kompaniyalariga qaramdirlar.
Islomiy yurtlar va musulmonlar bu kabi qaramlik siyosatidan xalos boʼlishlari uchun, unga asos boʼlayotgan kapitalizm tuzumini uloqtirib tashlashlari va unga qarshi bor imkoniyatlari bilan kurashishlari va uning oʼrniga Islomni mabda sifatida tatbiq etishga harakat qilishlari kerak. Chunki muammoning yechimi Islomni tatbiq qilishda, Аllohning shariati bilan boshqaradigan, ishlab chiqarishni Ummat foydasi uchun yoʼlga qoʼyadigan, qishloq xoʼjaligi va sanoatni rivojlantiradigan Xalifani tiklashdadir. Qaramlikdan qutulishning bundan boshqa yoʼli yoʼq.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.