Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini advokatlar kengashiga ikkinchi maktubni topshirib, ularni rejim zoʼravonligiga qarshi turishga chaqirmoqda

131
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini advokatlar kengashiga ikkinchi maktubni topshirib, ularni rejim zoʼravonligiga qarshi turishga chaqirmoqda

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini advokatlar kengashiga ikkinchi maktubni topshirdi. Hizb ularga Falastin rejimining yurt ahliga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari oldidagi javobgarliklari hamda keskinlik va sabot bilan turish burchlarini eslatdi. Maktubda Hizb quyidagilarni taʼkidladi:
«Falastin rejimi paydo boʼlganidan buyon Falastin ahlini tiz choʼktirish va dushmanga yem qilib berish uchun juda ham yovuz ishlarni amalga oshirib, odamlarga tahdid qilib kelmoqda. U oʼz jinoyatlarini baʼzan qonun bilan niqoblasa, baʼzan qonunni ham zarracha eʼtiborga olmay, mustamlakachilar rejalarini bajarishni odat qilgan. Zotan, mustamlakachilar muborak zamin ahli ustidagi oʼzlarining rejalarini amalga oshirish va ularni oʼz shaxsiyalari va dinlaridan sugʼurib olish uchun mana shu rejimni paydo qilgan…».
Maktubda qoʼshimcha qilinadi:
«Keyin Falastin rejimi qonunlar chiqarish va ularni «qonun asosdagi qaror» nomi ostida oʼzboshimchalik bilan tasdiqlab olish orqali xalqni ustidan kulishga ham jurʼat qildi. U odamlarning jamgʼarmalariga daxl qilib, ijtimoiy sugʼurta qonunini qabul qilish orqali ishchilar haqlariga qarshi – ularga ega chiqish uchun – til biriktirdi. Keyin ijro qonuni, fuqarolik va tijorat protsessuallari va jinoiy protseduralari va boshqa koʼplab qonunlar ishlab chiqildi. Bu va boshqa adolatsiz, zolim qonunlar aholi tinchligiga salbiy taʼsir qilib, odamlarni oʼz haq-huquqlarini oʼz qoʼllari bilan tortib olishga majbur qilmoqda… Oqibatda tartibsizliklar kelib chiqib, mol-mulk va insonlar joniga adovat qilinmoqda…».
Hizb maktubida quyidagilarga alohida urgʼu berildi:
«Falastin ahli va ular bilan birga boʼlgan hammamiz oila va farzandlarimizni himoya qilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Shuningdek, Islom bayrogʼini oliy qilish uchun kurashda va musulmon armiyalarimizdan nusrat talab qilishda toʼxtovsiz davom etamiz…».
Maktub soʼnggida Аdvokatlar kengashiga quyidagilar taʼkidlandi:
«Biz sizni hamda Falastin ahlini, ularning barcha tashkilotlari, uyushmalari va fraktsiyalarini rejim zoʼravonligi qarshisida qoyadek mustahkam turishga daʼvat qilamiz. Shuningdek, pozitsiyani bitta qilishga, yaʼni rejimni bunday qonun va qarorlardan tiyib qoʼyishga, ularni bekor qilishga, ular uchun muzokara qilmaslikka yoki ularga soxta oʼzgartirishlar kiritmaslikka chaqiramiz. Chunki bu qonunlarning zarari Falastin ahli va masalasi uchun halokatli va vayronali boʼladi».
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.