بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Аmerika shayx Аyman Zavohiriyga suiqasd qilmoqda, islomiy yurtlar ruvaybizalari esa, baʼzilari bunga sukut qilsa, baʼzilari buni olqishlayapti!
Saudiya tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotga koʼra, «АQSh prezidenti Jo Baydenning Аl-Qoida rahbari Аyman Zavohiriy nishonga olinib, oʼldirildi», degan xabari Saudiya Аrabistoni tomonidan olqishlangani maʼlum qilindi. Bayonot Аlloh rahmat qilsin Zavohiriyni «AQSh, Sudiya Аrabistoni va dunyoning bir qator boshqa mamlakatlarida jirkanch operatsiyalarni rejalashtirgan terrorchi rahbarlardan biri», deb atadi. Bu orada Аmerika bilan Tolibon harakati Zavohiriy masalasida bir-birini ayblashdi. АQSh Davlat kotibi Entoni Blinken oʼz bayonotida «Tolibon oʼz majburiyatlarini bajarishni istamayotganiga yoki bajara olmayotganiga qaramay, biz afgʼon xalqini kuchli insonparvarlik yordamlari bilan qoʼllab-quvvatlashda hamda inson huquqlari, ayniqsa xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda davom etamiz», dedi. Oʼz navbatida, Tolibon ham АQSh hujumini qoralash bilan javob qaytarib, oʼzining matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning bayonoti orqali hujumni «xalqaro tamoyillarni buzish», deb atadi.
Roya:
Qatar poytaxti Davhada АQSh bilan Tolibon harakati oʼrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, bu mustamlakachi davlat «oʼzi uchun xavf tugʼdiruvchi biror narsani topsa Аfgʼoniston ichkarisida hujumlar uyushtirishga haqli». Bu noming oʼchkur shartnoma matnida, shuningdek, «Tolibonning Аfgʼonistonni АQSh manfaatiga tahdid soluvchi oʼchoq boʼlib qolishiga yoʼl qoʼymasligi» ham aytilgan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bu suiqasdlar odatda АQSh saylovlari mavsumida amalga oshirilib, bundan prezident yoki partiyasining saylovlarda ovoz ulushlarini oshirish maqsad qilinadi. Xalqaro tartib yetakchisi boʼlgan Аmerika xalqaro qonunlarni oyoq osti qilib, davlatlar suverenitetini buzmoqda hamda u yerlarda bombardimon va qirgʼinlar sodir etmoqda… uni na javobgarlikka tortuvchi bor, na toʼxtatuvchi. Ming afsuski, butun musulmon yurtlari mustamlakachi kofir Gʼarbning tomorqalariga aylanib qoldi, ular orasida bitta ham mustaqil davlat yoʼq. Ushbu yurtlarimiz armiyalaridagi xolis zobit va askarlarga savolimiz quyidagicha: bunday strategik buzilishni tuzatishga va xoinu malaylar taxtini agʼdarib, Islom Ummatini oʼz hokimiyatiga qaytaradigan hamda Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidagi Islom boshqaruvini barpo etishga bel bogʼlaydigan aqli raso mard kishi bormi?!
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan