Ey Iroq ahli! Аmerika va uning rejasini bajarayotganlar dushmaningizdir, bas ularni dushman tuting!

217
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Iroq ahli! Аmerika va uning rejasini bajarayotganlar dushmaningizdir, bas ularni dushman tuting!

Bagʼdodning Sadr shahrida birlashgan juma namozi ado etildi. Muqtadiy Sadr harakatining minglab tarafdorlari oʼqigan ushbu jumada shayx Mahmud Jiyoshiy sadrchilar uchun xutba oʼqidi. Uning xutbasi oʼn punktni oʼz ichiga olgan boʼlib, ulardan asosiysi boʼlgʼusi hukumatning avvalgilariga oʼxshamasligi va tavba qilish qadamlarining birinchisi oʼz korruptsiyachilarini hech ikkilanmay javobgarlikka tortishdan iborat ekani haqida boʼldi. Jiyoshiyning taʼkidlashicha, «mudom Iroqda nazoratsiz qurollar va noqonuniy jangarilar bor ekan, kuchli hukumat tuzish mumkin emas. Shuning uchun ularning barchasi barcha fraktsiyalarning tarqatilishini eʼlon qilishga oʼzlarida jasorat topmoqlari lozim».
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Iroq matbuot boʼlimi oʼz bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:
«Hamma korruptsiyaga qarshi kurashga chaqiryapti. Аslida, ushbu guruhlarning hech istisnosiz hammasi korruptsiyachi. Korruptsiyachilarni javobgarlikka tortishga chiqarayotgan sadrchilar harakatiga 2003 yildan shu kungacha deputatlar, vazirlar, elchilar, konservatorlar aʼzo boʼlib keldi. Iroq siyosiy voqeligida guvoh boʼlayotganimiz bunday zalolatga manfaatparstlik va hokimiyatparastlik kurashi sababdir. Bunga na islohotning aloqasi bor va na iroqlik xalq azob-uqubatlari. Chunki bu iroqlik siyosatchilarning eng oxirgi tashvishlaridir…
Iroq masalasini kuzatib borayotgan kishi shularga guvoh boʼladiki, yurtdagi siyosiy boshboshdoqlik bosqinchi Аmerika istagidir… Iroqning oʼzi siyosiy qarorga ega emas… Siyosiy fraktsiyalar hukumat tuza olishmaydi… Buning uchun albatta bosqinchi Аmerika aralashishi, yechimlar taqdim etishi, bosh vazirni belgilab berib, uni olqishlashi shart… Аmerika prezidenti Baydenning harakatga kelib, Saudiyaga borishi va Kozimiy bilan uchrashib, unga maqtovlar yogʼdirishi uning Kozimiyga roziligidan va uni kelasi hukumat tepasiga oʼrnatish uchun obroʼsini tiklayotganidan dalolat beradi».
Matbuot bayonotida Iroqdagi musulmonlarga xitoban bunday deyildi:
«Ey Iroqdagi musulmonlar, bosqinchi Аmerika ham, unga ergashganlar ham, uning rejalarini bajarib, sizni shu ahvolingizga sabab boʼlmish siyosiy amaliyotida qatnashganlar ham, barchalari sizning dushmaningizdir, bas, uni oʼzingizga dushman tuting. Sizga har qancha shirin gaplarni aytishmasin, birortasiga ishonmang. Masalan, sadriylar harakati va ularning muxolafatlari Iroq rejimi bilan til biriktirishgan. Zero, biz ularning birortasidan ushbu yurt farzadlari boshdan kechirayotgan illatu muammolar va korruptsiyaning sababchi shu rasmiy rejim va uning bosqinchi tomonidan zoʼrlab tiqishtirilgan konstitutsiyasidir, degan mazmunda bayonot berganini eshitmaganmiz. Shunday ekan, kimga muolaja kerak boʼlsa albatta kasallikning oʼziga eʼtibor bersin va uning belgilari bilan chalgʼimasin…
Bas, gʼaflatdan koʼzingizni ochib, es-hushingizni yigʼmogʼingiz hamda ushbu zamona xorligini oʼzingizdan forigʼ etmoq vaqti kelmadimi?! Qutulishingiz, kuch-qudratga toʼlishingiz va holatingizni yaxshilashingiz uchun yagona yoʼl mana shu korruptsiyachi ilmoniy rasmiy rejimni ildizi bilan qoʼporib tashlab, odil siyosiy tuzumni barpo etmoqdan iboratligini anglash vaqti yetmadimi?! Ushbu odil tuzumda hokimiyat sizniki, xoʼjayinlik faqat Аllohning shariatiniki boʼladi. Аlloh Subhanahu va Taolo sizni qayta insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga va ular ustidan guvohga aylantiradi.
Roya gazetasining 2022 yil 27 iyul chorshanba kungi 401-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.