Qirgʼiziston Rossiya bilan hisob-kitobni rublda amalga oshirishga oʼtdi
Xabar: Qirgʼiziston bundan buyon Rossiya bilan oʼzaro hisob-kitobni toʼligʼicha rublda amalga oshiradi. Bu haqda 20 iyulь kuni Ozodlik radiosi qirgʼiz xizmatiga iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Аmangeldiev maʼlum qildi.
“Biz toʼliq rublga oʼtdik, desak boʼlaveradi. Chunki Rossiya SWIFT tarmogʼidan uzib qoʼyilganidan soʼng oʼzaro hisob-kitoblarni boshqa valyutada amalga oshirishning imkoni qolmadi. Shuning uchun yagona muqobil valyuta Rossiya rubli boʼlib qolmoqda. Bundan tashqari Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida bojxona toʼlovlari ham rublь va qirgʼiz somida amalga oshirilmoqda”,-dedi vazir.
Unga koʼra, bundan oldin Qirgʼiziston Rossiyadan olinayotgan gaz va benzin uchun dollarda haq toʼlar edi.
Izoh: 1971 yili АQSh prezidenti Nikson Bretton-Vuds ittifoqi tugatilgani va oltin bilan dollar oʼrtasidagi bogʼliqlik bekor qilinganini eʼlon qildi. Oʼshandan boshlab oltinning pul bilan boʼlgan aloqasi uzilib, boshqa tovarlar qatori oddiy tovarga aylandi. Аmerikaning bundan koʼzlagan maqsadi dollarni dunyodagi asosiy pulga aylantirib, xalqaro moliyaviy bozor nazoratini qoʼlga kiritish edi. Shundan buyon dunyodagi barcha majburiy qogʼoz pullar АQSh dollariga bogʼlanib, davlatlar puli qadri va ayirboshlash qiymatlari dollarga qarab belgilanadigan boʼldi. Аmerika istagan vaqtda dollar kursini koʼtarish yoki tushirish orqali bu davlatlar ichki moliyaviy bozorlarini izdan chiqarish va iqtisodiy bosim oʼtkazish imkoniga ega boʼldi. Аmerika dollari neft, tabiiy gaz narxini belgilaydigan va moliyaviy toʼlovlar valyutasiga aylanib qoldi.
Аmerika oʼz milliy pul birligi – dollarni mustamlakachilik quroliga, dollar vositasida boshqa davlatlarga iqtisodiy bosim oʼtkazish, iqtisodlarini oʼynatib yuborish vositasiga aylantirib oldi. Аmerika oʼziga manfaatli boʼlgan vaqtda dollar kursini sunʼiy koʼtarish yoki pasaytirish orqali oʼz izmiga yurishni istamagan yoki raqobatchi davlatlarni dollarga bogʼliq boʼlgan neft narxini koʼtarish yoki pastlatish orqali jazolab kelmoqda. Masalan, oʼziga raqib boʼlgan SSSRni qulatishda ham uzoq yillar davomida neft narxini sunʼiy past darajada ushlab turish orqali iqtisodini vayron qilib, qulatishga muvaffaq boʼlgan edi… АQSh dollarini dunyoga hukmronlik qilishi va istagan vaqtda kursni koʼtarish yoki pastlatish orqali dunyo davlatlari iqtisodini oʼzi xohlagandek oʼynatishga muvaffaq boʼlayotganining yagona sababi – dollar barqaror valyuta oltin va kumush nizomiga asoslanmaganida.
Bugun Qirgʼiziston Rossiya bilan hisob-kitobda rublga oʼtishga kelishib olgan boʼlsada Rossiya rubli ham xuddi АQSh dollari kabi bir parcha qogʼozdan boshqa narsa emas, rubl ham oltin yoki kumushga asoslanmagan, Rossiya ham istagan vaqtda rubl kursini oʼynatishi va shu orqali hamkor davlatlar iqtisodiga taʼsir oʼtkazish imkoniga ega. Maʼlumki, Ukrainaga qarshi boshlagan bosqinchilik urushi ortidan АQSh va Gʼarb davlatlari qoʼllagan sanktsiyalar rublga keskin zarba berdi. Bir necha kun ichida Rossiya rubli dollarga nisbatan ikki barobardan ziyod qadrsizlanib ketdi. Shundan soʼng Rossiya markaziy banki rubl kursini sunʼiy ushlab turish va koʼtarishga choralarini koʼrdi. Bugungi kundagi rubl kursi haqiqiy qiymati va harib quvvatini anglatmasligi barchaga ayon. Markaziy bankning sunʼiy ushlab turishi natijasida rubl kursi hatto, Ukraina urushi boshlanishidan holatidan ham “mustahkamlandi”.
Yuqorida aytib oʼtganimizdek, xoh Аmerika boʼlsin, xoh Rossiya boʼlsin farqi yoʼq, oʼz milliy valyutasini boshqa davlatlarga bosim oʼtkazish quroliga aylantirib olgan. Bundan qutulishning va dunyoni kapitalistik zulm iskanjasi, moliyaviy krizis va qogʼoz pullar hukmronligidan xolos qilishning yagona yoʼli – Islom shariati sharʼiy pul qilib belgilagan oltin va kumush nizomiga qaytishdan iborat. Bu ikki maʼdanni muomalada yuradigan, tovarlar va mahsulotlar sotiladigan, ish haqlari belgilanadigan valyuta va pul zaxirasi qilib qoʼyishdan iborat. Bu esa faqat Islomiy Xalifalik davlatini qayta tiklash orqali amalga oshadi.
Аbdurahmon Odilov