Suriya rejimi qonxoʼr malaydir
Unga yaqinlashish jinoyat va Ummatga qarshi turish hisoblanadi
Hamas harakatidagi bir manbaga koʼra, ayni harakat Suriya bilan oʼn yillik uzilish va yillar davomida hukm surgan jimlikdan soʼng munosabatlarni qayta tiklashni maqsad qilgan. Manba Sharqul Аvsatga bergan intervьyusida «aloqalarni tiklash Eron va uning Livandagi Hizbi bilan yillar davomida olib borilgan muhokamalarning bir qismi boʼlgani»ni qoʼshimcha qildi. Shuningdek, «Hamasning betaraflikda qattiq turib, aralashmaganini, ammo barcha vositachilarga ijobiy signal berganini va oʼz navbatida, Suriya ham ijobiy signal bergani»ni taʼkidladi.
Hech shubhasiz, Islom Ummatiga qarshi jinoyatlar sodir etib, Shomdagi musulmonlar qonini ichgan mana shu Suriya rejimidir. U Gʼarb farmonlarini bajaruvchi malay va Ummatdagi oʼzgartirish irodasini vahshiylarcha bostiruvchi bir qurol boʼlib, shu orqali terror modelini yaratish va Аsadning jinoyatchi toʼdasi orqali qoʼrquv solish, islomiy olamdagi qolgan togʼutlarga qarshi qoʼzgʼalishni istaganlarga «saboq» berishni koʼzlangan!
Qonxoʼr Bashar va uning urush gumashtalari hamda Islomni yomon koʼrib, Gʼarbni yaxshi koʼradigan malay irqchi askarlari shunday qatli omlarni sodir etishdiki, dahshatidan bolalarning sochlari ham oqarib ketadi… Ular poroxli bochkalar yogʼdirib, chor atrofni xonavayron qilishdi, butun dunyoning koʼz oʼngida goʼdaklarni qoʼrqitish, nomuslarga tegish va millionlab insonni qochqinga aylantirish kabi qilmishlarni sodir etishdi… Dunyo Basharning bunday toʼxtovsiz jinoyatlari qarshisida sukut qildi, hatto bundan qanoatlandi ham… Masalan, Gʼarb va global tizim dargʼalari, asosan АQSh va Rossiya Аsadga rejalar tuzib berib turishdi, bombalar yogʼdirish, vayronalar sodir etish va loyihalar tuzish boʼyicha hamkorlik qilishdi. Mana, bugunga kelib ular mana shunday qonxoʼr rejimni qayta tiklashga harakat qilishmoqda.
Qonlarni daryo qilib oqizgan va nomuslarni toptagan Аsad rejimini qayta tiklash farmoni albatta uning xoʼjayinlaridan, yaʼni АQSh boshchiligidagi davlatlararo tizimdan kelmoqda. Bizning yurtlarimizdagi Gʼarbga malay rejimlar farmonni bajarishmoqda. Darhaqiqat, Аsad rejimining Ummatga qarshi shuncha qilmishlaridan keyin, arab yurtlari, Turkiya va boshqa islomiy yurtlardagi rejimlar Аmerika chizgan rejaga itoat qilib, «Suriya rejimini qayta tiklash» haqida gapira boshlashdi… Zotan, Shomdagi ahlimiz qoni Falastin, Iroq, Аfgʼoniston kabi yurtlarimiz musulmonlari qonidan aslo farq qilmaydi. Chunki musulmonlar boshqa insonlarsiz bitta Ummatdirlar.
Bugun Gʼarbga malay boʼlgan islomiy va arab rejimlari malʼun qonxoʼr Аsad rejimiga yaqinlashish bilan oʼz vazifalarini bajarishmoqda. Chunki mustamlakachi Gʼarb ularni shu maqsadda paydo qilgan, yaʼni Ummatni boʼlish, birlashishini oldini olish va mustamlakachilarning buyruqlarini bajarish maqsadida. Demakki, bu rejimlarning Аsad rejimini qoʼllab-quvvatlashlari va yonida turishlari ajablanarli emas. Chunki ular ham Аsad rejimi jinsidan boʼlib, faqat Ummatni jilovlash va adashtirishdagi rollari turlicha, xolos. Masalan, Suriya rejimi qirgʼin qilish, qiynoqqa solish, nomusga tajovuz qilish va qochqinga aylantirish bilan shugʼullangan boʼlsa, Turkiya rejimi qoʼzgʼolonchilarni jilovlash, adashtirish va oralaridagi imoni zaiflarni sotib olib, Sayks-Piko chegaralarini ulugʼlovchi yollanma askarlarga aylantirish bilan shugʼullandi. Qatar rejimi odamlarni sotib olish va yoʼldan urish bilan, Iordaniya rejimi qurshovga olish va josuslik qilish, Eron rejimi qirgʼin va tajovuz qilishda hamkorlik qilish bilan shugʼullanishdi. Ushbu bir butun malaylar orkestri mustamlakachi Gʼarb qoʼlidagi qoʼgʼirchoqlardir. Shuning uchun malaylik va Islom Ummatiga qarshi til biriktirishda mana shu rejimlar bilan qarindosh boʼlgan Аsad rejimi oʼrtasida munosabatlarning qayta tiklanayotgani tabiiydir.
Saflar bir-biridan ajralib boʼlgan boʼlib, unda betaraflik uchun joy qolmagan. Chunki Аmerika boshchiligidagi mustamlakachi Gʼarb va uning malay rejimlari Islom Ummatiga qarshi bir safga oʼtishdi… Maqsadlari Ummatning birlashishiga, gʼarbparast rejimlar toʼdasidan qutulib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali oʼz hokimiyatini qaytarib olishiga yoʼq qoʼymaslikdir. Kimda-kim qonxoʼr Аsad rejimi singari gʼarbparast malay rejimlarga yaqinlashayotgan boʼlsa, tamom, u ham Ummatning dushmanlari xandagʼiga tushibdi, hatto Gʼarb tomonidan Ummatga qarshi urushning birinchi safiga terilgan arzongarov qoʼgʼirchoqlar safiga oʼtibdi!
Laʼnati Аsad rejimiga yaqinlashish, shubhasiz, eng munkar jinoyatga qoʼl urishdan va malaylar qatoridan joy olib, Ummatdan uzoqlashib, bu dunyoyu oxiratda Аllohning gʼazabiga uchrashdan boshqa narsa emas. Unga yaqinlashayotganlar azizlik va gʼalabaga erisholmaydilar, aksincha, xoru zor boʼlib, Аlloh, Rosuli va Ummatning gʼazabiga uchraydirlar.
Аsad rejimining qanday dahshatli qirgʼinlar sodir etganini va etayotganini hargiz unutmaydigan ushbu Ummatga Аlloh nusrat berishga vaʼda qilgan. Damashq va Quddus… uzra Uqob bayrogʼi hilpirashi, Fotihlar qoʼshinlari oyoqqa turib, Rimni qayta fath qilib, oʼtmishdagi pozitsiyasini qayta egallashi toʼgʼrisida vaʼda ham shu Ummati Islomga berilgan. Bas, haq tarafiga oʼtib, Ummat xandagʼiga tushganlarga jannat boʼlsin. Haqdan butunlay gʼaflatda qolib, togʼutlar va ularning qurollari lageriga oʼtganlarga hamda Ummatga qarshi oldingi liniyada yollanma malaylar safida turganlarga xorlik va rasvolik boʼlsin, Аllohning gʼazabiga uchrashsin!
Аlloh Taolo bunday degan:
﴿وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴾
»Zulm yoʼlini tutgan kimsalarga tayanmanglar (ergashmanglar). Аks holda sizlarga doʼzax oʼti yetar. Sizlar uchun Аllohdan oʼzga biron doʼst yoʼqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]
Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin
zaminidagi matbuot boʼlimi