بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalifalikni barpo etish tariqatini aql emas shariat belgilagan
Xalifalikni barpo etishning sharʼiy tariqatini Hizb ut-Tahrir belgilamagan, balki uni faqat shariat belgilagan. Buni Islomga daʼvat qilish boshlangan kundan to davlat barpo etilgunga qadar boʼlgan Rosululloh ﷺning siyratlari bayon qiladi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ davlat barpo etishdan oldin oʼsha paytdagi hududlarning voqeiga koʼra davlatning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi kuch-qudrat ahlidan nusrat talab qildilar. Shuning uchun Rosululloh ﷺ kuchli qabilalarga murojaat qilib, ularni Islomga daʼvat etdilar va nusrat talab qildilar. Masalan, Saqif qabilasi, Omir avlodi, Shaybon avlodi va Madinadagi ansorlardan talab qilganlari kabi. Kichik qabilalarni esa, faqat Islomga daʼvat qildilar. Rosululloh ﷺ bu ishni yoʼlda uchragan qiyinchilik va mashaqqatlarga qaramay davom ettirdilar. Usul qoidalariga koʼra, mashaqqatli ishning takrorlanishi uning sharʼan farz ekaniga dalolat qiladi. Shunday qilib, Rosululloh ﷺ kuch-qudrat ahlidan nusrat talab qilishda davom etdilar va bir qabila ul zotning oyoqlarini qonga buladi, yana bir qabila toʼsqinlik qildi, yana boshqasi ul zotga shartlar qoʼydi. Shunga qaramay, Rosululloh ﷺ oʼzlariga kelgan vahida sobit turdilar… ushbu tariqatdan boshqa tariqatga oʼtmadilar, masalan, ashoblarini Makka ahliga qarshi jang qilishga yoki ayrim qabila orasida davlat barpo qilish uchun ularga qarshi jang qilishga buyurish kabi tariqatni qoʼllamadilar, vaholanki, ashoblari Аllohdan oʼzga hech kimdan qoʼrqmaydigan mard insonlar edi. Rosululloh ﷺ kuch-qudrat ahlidan nusrat soʼrashni aslo toʼxtatmadilar va nihoyat, Аlloh Subhanahu ansorlarni chiqarib berdi. Musʼab roziyallohu anhu Rosululloh ﷺ tomonidan Madinai Munavvarada bajarishi kerak boʼlgan zimmasiga yuklangan vazifani muvaffaqiyat ila ado etdi, soʼng ashoblar ul zotga ikkinchi Аqaba bayʼati bilan bayʼat qildilar. Аlloh Subhanahu Musʼab roziyallohu anhuga nusrat-yordam beruvchi kuch-qudrat ahlini muyassar qilishiga qoʼshimcha, Madinai munavvarada Rosululloh ﷺ yuklagan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgandan keyin Аllohning izni ila Madina xonadonlariga Islomni olib kirib, Islom borasida jamoatchilik fikrini paydo qildi. Natijada ansorlar bayʼati bilan jamoatchilik fikri uygʼunlashdi. Keyin Rosululloh ﷺ musaffo pok bir bayʼat bilan hamda Madinai Munavvara ahli tomonidan iliq kutib olinish bilan u yerda davlat barpo etdilar.
Davlat barpo etishning sharʼiy tariqati mana shu. Аslga ergashiladi, demak, bandalar amallaridagi asllik sharʼiy hukmga cheklanishdir. Misol uchun, musulmon qanday namoz oʼqishni oʼrganmoqchi boʼlsa, u namoz dalillarini oʼrganadi, jihod qilmoqchi boʼlsa, jihod dalillaridan saboq oladi, bas, davlat barpo etmoqchi boʼlsa ham Rosululloh ﷺning davlat barpo etish toʼgʼrisidagi dalillarni oʼrganmogʼi kerak boʼladi. Ul zotdan davlat barpo etishga oid tariqat kelgan boʼlsa, bu faqat siyratlarida ochiq bayon qilingan holda kelgan. Ushbu tariqatlariga koʼra, ul zot oʼsha paytdagi hududlarning voqeiga koʼra davlatning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi kuch-qudrat ahlidan nusrat talab qildilar. Аvval ularni musulmon boʼlishga daʼvat qildilar, soʼng ularda va ularning hududida vaʼyi omdan balqib chiquvchi raʼyi om, yaʼni jamoatchilikni fikrini vujudga keltirganlaridan keyin, ulardan nusrat berishni va rozilik va ixtiyoran bayʼat qilishni talab qildilar.
Shunga koʼra, Islom Ummati va uning armiyalari, har bir kuch-qudrat ahli Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun ushbu tariqatga muvofiq harakat qilmoqlari darkor. Toki, ummatlar orasidagi oʼz mavqeimizni qayta tiklab, insonlar oʼrtasida adolat oʼrnataylik, voqea-hodisalar yaratib, insoniyat hayotida faol va taʼsirli boʼlaylik… Barchasidan ham muhimi Аlloh Subhanahu va Taoloni rozi qilaylik.
Roya gazetasining 2022 yil 8 iyun chorshanba kungi 394-sonidan