Iordaniya xavfsizlik sudi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga adolatsiz hukmlarni chiqarish bilan Аllohning yoʼliga toʼsqinlik qilishda davom etmoqda

359
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniya xavfsizlik sudi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga adolatsiz hukmlarni chiqarish bilan Аllohning yoʼliga toʼsqinlik qilishda davom etmoqda

Chorshanba kuni Iordaniya xavfsizlik sudi Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan ikki nafariga adolatsiz hukm chiqarish bilan oʼzining Islomni va unga daʼvat qiluvchilarni yomon koʼrishini yana bir bor isbotladi. Sud 10 kundan beri hibsda saqlanayotgan doktor Solim Jarodatni mavjud hokimiyatga qarshi chiqish ayblovi bilan 3 yil qamoqqa hukm qildi. Shuningdek, oʼtgan yilning boshidan beri qamoqda saqlanayotgan Ibrohim Gʼarobliyni ham Hizb ut-Tahrirga aʼzo boʼlish ayblovi bilan ikki yil qamoqqa hukm qildi. Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʼlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Iordaniya rejimi chiqargan bu hukmlar Аmerikaga taqdim etayotgan navbatdagi hisobotlaridan hamda «mamlakat xavfsizligini saqlash» bahonasi bilan haq ovozlarni oʼchirishga qaratilgan navbatdagi urinishidan boshqa narsa emas! Vaholanki, bu mamlakat yahudiylar, inglizlar, amerikaliklar va ularning josuslari uchun tomorqaga aylanib boʼlgan, mamlakat boyliklari va fuqarolar mol-mulklari korruptsiyachi rahbarlar tomonidan talanmoqda!».
Bayonot qoralashni quyidagicha davom ettirdi:
«Nahotki Iordaniya rejimi Islomga va uni tatbiq qilishga boʼlgan daʼvatni hokimiyat xavfsizligiga tahdid, qamash va jazolashga loyiq ish, deb bilsa?! Gʼarbga qaram, oʼz qonuniyligida unga tayanuvchi va oʼrgimchak toʼridan ham zaif bunday abgor, omadsiz rejim qurib ketsin!! U oʼziga Ummatdan ham, mamlakat ahlidan ham hech qanday tayanchga ega emasligini, rasvoligi va sharmandaligidan barcha zada boʼlayotganini anglamoqda».
Matbuot bayonoti soʼnggida bunday deyildi:
«Biz malomatchining malomatidan ham, zolimning zulmidan ham qoʼrqmay haqni baralla aytishda davom etishga Аlloh Taologa va Ummatga ahd-paymon beramiz. Rosululloh ﷺ va sahobalarning kofirlar kufridan va zolimlar zulmidan butun insoniyatni qutqarish uchun daʼvatni oʼz yelkalarida koʼtarib chiqib, uni insonlarga yetkazish yoʼlida koʼplab azob-uqubatlarga uchraganliklari hamisha yodimizda».
Roya gazetasining 2022 yil 8 iyun chorshanba kungi 394-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.