Ey Shom ahli! Sabotingiz qarshisida dushmaningiz deyarli quladi, shunday ekan, yoʼlingizni oxiriga yetkazishda sustkashlik qilmang

267
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Shom ahli! Sabotingiz qarshisida dushmaningiz deyarli quladi, shunday ekan, yoʼlingizni oxiriga yetkazishda sustkashlik qilmang

Аmerika iqtisodiy, siyosiy, harbiy, axborot va boshqa sohalarda yirik imkoniyatga ega boʼlishiga hamda barcha mahalliy malaylarini ishga solishiga qaramay, Shom qoʼzgʼolonini butunlay yoʼq qilishga muvaffaq boʼlolmadi va hamon buning uddasidan chiqolmayapti. Hatto jinoyatkor rejimga biror alьternativa topishga ham, Shom ahlini ishontira oladigan va shu orqali Damashqdagi malay rejimini saqlab qoladigan biror yechimni zoʼrlab oʼtkazishga ham qodir boʼlolmadi. Nega, chunki insonlar ongi konferentsiyalaru u yerdagi til biriktiruvlarni anglaydigan darajada yuksakdir. Shom ahli ushbu onglari badalini jonlari bilan hamda tanalari chor atrofga sochilib ketgan farzandlari bilan toʼladilar.
Bu esa Аmerikani yoqib yuborilgan kartaga, yaʼni qonxoʼr va jinoyatchi rejimga mahkam yopishib olishga majbur qildi. Аmerika qonxoʼr rejimni qayta tiklash uchun uni baʼzi qadamlarni tashlashga va sahna oʼyinlarini oʼynashga undadi. Bir necha kun avval togʼutning amnistiya eʼlon qilishi ana shu sahna oʼyinlaridan biridir. BMT oʼzining maxsus vakili Geyr Pedersen orqali ayni amnistiyani koʼklarga koʼtarib maqtadi. Bu haqda Sharqul Аvsat gazetasiga bunday deyildi: «Kecha yakshanba kuni BMTning Suriyadagi maxsus vakili Geyr Pedersen prezidentlik departamenti tomonidan umumiy afv chiqarilganini olqishladi. Terrorizmda ayblanib qamalgan minglab suriyalik ayni amnistiyaga binoan ozod etilishi kerak!».
Аmerika shuningdek, baʼzi jinoyatkor hukmdorlarni bu rejimni ziyorat qilishga undab, uning Аrab davlatlari Ligasiga va xalqaro oʼrniga qaytarishga zamin tayyorlamoqda… Bu bilan esa, oʼzining Shom qoʼzgʼoloniga nisbatan naqadar ojizona muomala qilayotganini ochib qoʼymoqda. Аmerikaning bunday ojizligi siz shomlik ahlimiz uchun bir taʼkid va bashoratdir. Dushmaningiz sizni yengishidan deyarli umidsizlikka tushgani sabot va qatʼiyatingiz oldida magʼlub boʼlganidan darakdir. Bas, shunday ekan, sizdan yoʼlingizni davom ettirishgina talab qilinmoqda. Buning uchun qoʼlingizni oʼz ahlini hargiz aldamaydigan yetakchi boʼlmish Hizb ut-Tahrir qoʼliga bering. Zero, Hizb sizni ogohlantirgan har bir narsasi oʼz tasdiqini topdi va u Ummat va uning fidokorliklari oldida javobgarlik, sabot, onglilik va xolislik pozitsiyasida turib kelmoqda. U Qoʼzgʼolon va Ummatga ziyon yetkazuvchi har bir hodisaning voqeligini yoritib berdi, dardga tashxis qoʼyib, muolajasini bayon qildi. Ummat xaloskorlik loyihasini taqdim etayotgan, yoʼlini yoritib koʼrsatib, amaliy qadamlarini chizib berayotgan insonlar bilan birgalikda qadam tashlamoq vaqti keldi. Bu esa, qonxoʼr rejimni agʼdarishga va uning xarobalari uzra roshid Xalifalikning barpo etilishiga kafil qadamlardir. Ushbu yoʼlda bu dunyo azizligi va oxirat neʼmati bor, insha Аlloh. Bu Аllohga hargiz mushkul emas.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.