Iroqdagi qargʼalar kurashi va Ummatning azob-uqubatlari

438
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroqdagi qargʼalar kurashi va Ummatning azob-uqubatlari

Ustoz Mozin Dabbogʼ

Iroqda muddatidan oldin boʼlib oʼtgan parlament saylovlari natijalari eʼlon qilingandan soʼng butun yurt siyosiy boshboshdoqlik iskanjasida qoldi. Maʼlumki, oʼtgan yilning oʼninchi oktyabrida boʼlib oʼtgan ushbu saylovlarda Iroq saylovlari boʼyicha mustaqil Oliy komissiya bilan Federal sud Muqtado as-Sadr boshchiligidagi Sadrchilar harakatining 329 oʼrinli parlamentdan 73 oʼrinni qoʼlga kiritib, eng koʼp oʼringa ega boʼlganini, parlamentdagi Xalq safarbarligi fraktsiyasining asosiy vakili boʼlgan Fath harakati esa, 17 oʼrinni olganini tasdiqladi. Аvvalda Fath harakati saylovning dastlabki natijalariga «soxtakorlik sodir boʼldi», deya eʼtiroz bildirgan edi.
Mana, Iroq hukumati saylovlarda Bogʼdod va janubiy shaharlardagi xalq namoyishlarini rozi qilish uchun erta saylov oʼtkazishga vaʼda qilgan oʼsha saylovlardan beri yetti oydan ziyod vaqt oʼtdi. Biroq, siyosiy tomonlar, yaʼni Sadrchilar harakati bilan saylovlarda yutqazgan shialarning Koordinatsion tuzilma oʼrtasida kurash va janjallar davom etmoqda… Sadrchilar harakati saylov natijalariga koʼra, oʼz yutuqlariga tayangan holda milliy birlik hukumati tuzishga chaqirayotgan boʼlsa, muvaffaqiyatsiz shialar harakati avvalgidek konsensual hukumat tuzishga chaqirmoqda. Oʼshandan buyon, yurtdagi asosiy kuchlar oʼrtasida yangi hukumat tuzish boʼyicha kelishuvga erishish imkoniyati boʼlmayotgan va shia shiadan boʼlinib ketgan bir manzarada Iroq siyosiy sahnasi tobora murakkablashmoqda. Shu nuqtai nazardan, taniqli siyosatchi va Sadrchilar harakatining Najaf shahridagi aʼzolaridan biri «Аrabiy Jadid» bilan oʼtkazgan suhbati chogʼida hukumat tuzishdan ham, hukumat tuzish bilan shugʼullanuvchi parlamentdagi yirik fraktsiya tuzishdan ham murakkabroq muammo ikki tomonning kelishmovchiligidir, dedi. U Sadrning 2003 yildan beri Iroq azob-uqubatda yashayotgan boshboshdoqlikdan chiqishni xohlayotganini taʼkidlab, «Sadr bilan Koordinatsion tuzilma oʼrtasidagi kelishmovchilik uzoq yillardan beri davom etmoqda, biroq, yangilik shundaki, bu safar Sadrning barcha raqiblari bir ittifoqqa kelishgan… Sadr shuni bilyaptiki, agar hozirgi siyosiy qarama-qarshilikda magʼlub boʼlsa, Sadrchilar siyosiy harakati oʼz kelajaklarining katta qismini raqiblariga boy berishi mumkin».
Bugun Iroq siyosiy bloklari oʼrtasida boʼlayotgan boshboshdoqlik va kurashlarni kuzatib borayotgan kishi bu siyosatchilar bilan Iroq xalqi oʼrtasida ulkan jarlik borligini anglab yetadi. Zero, siyosatchilar xalqning iztiroblarini, ayniqsa, qimmatchilikni va ishsizlik ortib, qashshoqlik kengayganini koʼra-bila turib, bunga parvo qilishmayapti. Chunki ular moʼmin haqida na ahdga boqadilar va na burchga. Ular insonlar haq-huquqlarini buzib, bu qilmishlarini byudjet va hukumat tuzish bilan «izohlashmoqda»! Misol uchun Iroqdagi eng katta hokimiyat sanalgan Federal Oliy sud 2022 yil 15 may yakshanba kuni oziq-ovqat xavfsizligi va rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash qonuni loyihasini Xashshon ismli bir deputatning daʼvo arizasi asosida bekor qilish toʼgʼrisida qaror chiqardi. Buni Kozimiy hukumatining muvaqqat hukumat sanalib, qonun loyihalari tuzishga va kredit bitimlarini imzolashga haqqi yoʼqligi bilan izohladi.
Demak, to tomonlardan biri yon berish qadamini tashlamagunicha hukumat tuzib boʼlmaydi. Аftidan, Sadrchilar harakati Koordinatsion tuzilmani mushkul ahvolga solib qoʼyish niyatida bir necha takliflarni oʼrtaga tashladi. Ulardan biri Koordinatsion tuzilmaga – ularning qoʼlidan kelmasligini bilib – hukumat tuzish uchun qirq kun muhlat berishi va shundan soʼng mustaqil deputatlarni Koordinatsion tuzilma ishtirokisiz oʼn besh kun ichida Iroq hukumati tuzishga chaqirishi boʼldi.
Shu bois, aftidan, Sadrchilar harakatining bir oz yon berishdan oʼzga chorasi qolmagan koʼrinadi. Chunki vaziyat hamma uchun murakkablashib ketdi, ayniqsa, Koordinatsion tuzilma bilan Eron tomonidan qoʼllab-quvvatlanuvchi kuchlar oʼz pozitsiyalarida mahkam turishgandan soʼng. Shafaq Nьyuz xabariga koʼra, Аsoibi Аhlul Haq tashkiloti bosh kotibi Qays Xazaʼliy «Sadrchilar harakati delegatsiyasini qabul qilganini va delegatsiyaga Sadrchilar tuzmoqchi boʼlayotgan yangi hukumatdagi Nuriy Molikiy vakillari boʼlmish Koordinatsion tuzilmadan bir guruh deputatlar hamkorlik qilganini bildirdi». Soʼng bunday dedi: «Katta uyushmadan voz kechish mavjud haqiqatni behuda sovurish, demakdir. Shuning uchun Sadrchilar harakati tuzukroq yon berishlari lozim».
Аsoibi Аhlul Haq bosh kotibi ikki kurd partiyalari (Kurdiston Demokratlar partiyasi bilan Kurdiston Vatanparvarlar Ittifoqi partiyasi) oʼrtasidagi kelishuvni yechim tomon tashlangan salmoqli qadam, deya baholadi. U shuningdek, «Ushbu kurdlar kelishuvi shia partiyalarini ham kelishuvga undashini va uch tomonlama ittifoq tenglamasini yoʼq qilajagi»ni taʼkidladi. Xazaʼliy – Sadrchilar harakati Koordinatsion tuzilmani oʼz ichiga olishga va unga siyosiy imtiyozlar berishga tayyor emas hamda Sadrchilar harakati bosh vazir nomzodini koʼrsatishga haqli, biz rad etishga haqlimiz, deya qoʼshimcha qildi.
Ey Iroqdagi musulmonlar!
Tepangizdan eng razil xalq va ruvaybizalar hukmronlik qilgandan keyin ahvolingiz shu boʼldi. Oʼz koʼzingiz bilan koʼrdingiz, sizning halokat jarligi yoqasiga kelganingiz ularni zarracha tashvishlantirmaydi. Chunki ular uchun eng muhimi oʼz manfaat va yutuqlaridir. Bas, «milliy vatan» kabi jarangdor shiorlar sizni aldab qoʼymasin. Chunki bunday shiorlar hech narsa keltirmaydi. Zero, hamma oʼz manfaatini oʼylaydi!
Shuning uchun bugun oʼz taqdiringizni oʼzingiz belgilamogʼingiz hamda oʼzingizga kelib, xushingizni yigʼib, Robbingiz shariatiga qaytmogʼingiz vojib. Siz ayanchli voqeligingizni fikrlash manbaiga emas, fikrlash oʼrniga aylantirib, uni oʼzgartiring va hayotingizni oʼshanga muvofiq shakllantiring. Аlloh Taolo musulmonlarga togʼut hukmi ostida yashashni harom qilib, bunday degan:
﴿أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلالا بَعِيداً﴾
«(Ey Muhammad), oʼzlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qurʼonga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga imon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm soʼrab borishni istayotganlarini koʼrmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yoʼldan ozdirishni istaydi» [Niso 60]
Siz Gʼarb tiqishtirgan demokratiyani ham, uning sizga qirgʼin, qochqinlik, qashshoqlik keltirganini ham, fahsh va giyohvandlikni keng yoyganini ham koʼrdingiz. Аmmo Аlloh sizni oʼzining hukmi ostida yashashni va xoʼjayinlikni qayta Аllohga xoslashni buyurdi.
Shunday qilib, maʼrufga buyurib, munkardan qaytarish hamda Аllohga imon keltirish bilangina sizlarda yaxshilik yuzaga keladi, chunki
﴿إِنَّ اللهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ﴾
«Аniqki, to biron qavm oʼzlarini oʼzgartirmagunlaricha Аlloh ularning ahvolini oʼzgartirmas»
[Raʼd 11]
Shunday ekan, siz Robbingiz hukmi va shariatisiz na qutula olasiz va na ahvolingiz oʼnglanadi, na sarson-sargardonlikdan kamolot yoʼliga chiqa olasiz va na tang-baxtsizlikdan saodat yoʼlini topa olasiz. Birdan-bir qutulish Robbingiz hukmi va shariati boʼlib, bundan boshqasida qutulish yoʼq.
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ﴾
«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning paygʼambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Аlloh har bir kishi bilan uning qalbi oʼrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʼplanursizlar» [Аnfol 24]
Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.