بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Shom ahli yordam kutmang va uni faqat Аllohdan umid qiling
Ey Islom diyori markazi boʼlmish Shom ahli: Shuni bilingki, sizga qarshi Аmerika boshchiligida butun dunyo davlatlari birlashishdi. Ular oʼzlariga tobe davlatlardan foydalanib, jangchi guruhlarning arzongarov yetakchilarini nopok siyosiy pul bilan mast qilishyapti. Bu yoqda ularning malay zoʼravon hukmdorlari qonxoʼr zolim rejim changaliga qaytishga rozi boʼlishingiz uchun sizga tazyiq oʼtkazishmoqda.
Qoʼzgʼolon sizning qoʼzgʼoloningiz, qon sizning qoningiz, yer sizning yeringiz, nomus sizning nomusingiz, bas, yordamni ham, yurtingizga qaytishni ham sizga qarshi oʼn bir yildan beri kurashayotgan davlatlardan kutmang. Oʼzlarini «Suriya xalqining doʼstlari» ekanliklarini daʼvo qilganlardan yaxshilik umid qilmang, bu daʼvolari gʼirt yolgʼon. Shuningdek, Islom va musulmonlarni yomon koʼruvchi mustamlakachi Gʼarbdan ham yaxshilik kutmang.
Sizdan talab qilinayotgan narsa sabr va sabotda turish, Аllohga suyanish, donor davlatlar bilan orangizdagi aloqa ipini uzib, Аllohning metin arqoniga mahkam yopishishdir. Siz qoʼzgʼolon boshida boʼlganidek oʼzingizga ishoning va qoʼzgʼoloningizni yolgʼiz Аlloh uchun avvalgi sifatiga qaytarib, ishni oʼz egalariga topshiring. Аna shunda Аlloh sizga nusrat-yordam beradi. Zero, qoʼzgʼoloningizni qonxoʼr rejimni agʼdarib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagi Islom boshqaruvini barpo qilgunga qadar davom ettirmaguningizcha hargiz azizlikka erisholmaysiz.
Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan