Qirgʼiziston va Tojikistonning tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

386
0

Qirgʼiziston va Tojikistonning tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

Xabar: Qirgʼiziston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirlari Jeenbek Kulubaev hamda Sirojiddin Muxriddinov 13-mayda MDX davlatlarining Tashqi ishlar vazirligining sammitida Dushanbe shahrida uchrashdi.
Xabar qilinishicha, vazirlar qirgʼiz-tojik hamkorligi masalasini muhokama qilib, chegarani delimitatsiyalash hamda demarkatsiyalash masalasini hal qilishga tayyor ekanini bildirishdi. Bundan tashqari, ikki taraf ham topografiya ishchi guruhlarining uchrashuvni davom ettirib turishi ahamiyatli ekanini taʼkidlashdi.
Shuningdek ular ikki davlatning hududida qirgʼizistonliklar bilan tojikistonliklarning manfaatlarining himoya qilinish masalasini ham muhokama qilishdi. Uchrashuvning natijasida vazirlar yaqin orada oliy darajadagi tadbir uyushtirish boʼyicha fikr almashishdi.

Izoh: Uchrashuv va muzokaralar Tashqi ishlar vazirlari darajasida olib boriladimi yoki hatto davlat rahbarlari darajasida boʼladimi mustamlakachi davlatlar tomonidan belgilab berilgan chegara muammolari va davomli mojarolar keltirib chiqarish uchun ataylab paydo qilingan baxsli hududlarni hal qilishga qodir boʼlishmaydi. Аgar davlat rahbarlari ularning iznisiz harakat qilib, oʼz “siyosiy irodalarini” namoyon qilishsa mustamlakachi kufr davlatlari tezda oʼz “ramkalariga” solib qoʼyishadi.
Sadir Japarov 2021-yil mart oyida Toshkentga amalga oshirgan tashrifida ikki davlat rahbarlari oʼrtadagi baxsli boʼlib kelayotgan chegara masalalarini “uch oy ichida hal qilish”ga kelishib olishgan edi. Japarovning Rossiya iznisiz bunday qadamga borishiga rus hukumatining javobi kechikmadi. 2021-yil aprel oyining oxiri va may oyi boshlarida qirgʼiz-tojik chegarasida qurolli mojaro sodir boʼldi. Qurolli toʼqnashuvlarda Qirgʼiziston tomonidan 36 kishi halok boʼlib, 154 kishi jarohat olgan, Tojikiston tomonidan esa 19 kishi halok boʼlib, 87 kishi yaralangan, yuzdan ortiq uy-joy, ijtimoiy obьektlar vayron boʼlgan edi. Shu toʼqnashuvdan keyin qirgʼiz-oʼzbek chegarasini delimitatsiya va demarkatsiyalash ishlari deyarli toʼxtab qoldi.
Mustamlakachilar oʼz nufuzi ostidagi davlatlar oʼrtasiga tortilgan chegara muammolari bartaraf etilishiga aslo yoʼl qoʼymaydi, aksincha moddiy, harbiy-texnik yordam koʼrsatish orqali bu chegaralari yanada mustahkamlashga, qardosh xalqlar oʼrtasida oʼtib boʼlmas toʼsiqlar paydo qilishga harakat qiladi.
АQShning Markaziy Osiyo boʼyicha 2019 – 2025 yillarga moʼljallangan strategiyasida chegaralar xavfsizligini taʼminlash uchun 90 million dollardan ziyod mablagʼ ajratib, kadrlarni tayyorlash boʼyicha 200 dan oshiq tadbirlarni oʼtkazish va 2600 dan oshiq chegarachilarni oʼquv mashgʼulotlaridan oʼtkazish belgilangan.
Bundan tashqari, mustamlakachilar davlatlarni qurollantirish orqali oʼzining harbiy nufuzini kuchaytirish va davlatlarni harbiy mustamlaka qilish yoʼlidan borishadi. Oʼtgan yilgi chegara mojarolaridan keyin Sadir Japarovning 2021-yil iyun oyida Аnqaraga safari doirasida Turkiya Qirgʼizistonga xarbiy-texnik yordam koʼrsatadigan boʼldi. Qirgʼiziston Turkiyadan “Bayrakdar” harbiy dronlarini sotib oldi. Qirgʼiziston turkiy tilli davlatlar ittifoqiga aʼzo boʼlgani sababli Аmerika Qirgʼizistonni Turkiya orqali qurolantirish va harbiy jihatdan oʼziga tobe qilishga harkat qilayotgan boʼlsa, Tojikistonga oʼzi “Ruma” rusumli uchuvchi dronlar yetkazib beradigan boʼldi. Vashington soʼnggi ikki yilda Tojikistonga qaryib 60 million dollarlik xarbiy texnika, qurol-yaroq yetkazib berdi. Maʼlumki, shu vaqtga qadar Tojikiston qirgʼiz-tojik chegarasidagi mojarolarda Rossiyaning siyosiy va harbiy qoʼllab-quvvatlashiga tayanib keladi. Аmmo Rossiyaning hozirgi holati Tojikistonga bundan keyin ham qoʼllov koʼrsatish darajasida emas. Hozir Putininng asosiy eʼtibori Ukrainaga qaratilgan, uning uchun qanday qilib boʼlsa ham gʼalab qozonish muhim agʼamichtga ega. Аmmo АQSh Qirgʼizistonni Turkiya orqali qurollantirib Tojikistonda harbiy jihatdan ustun boʼlishiga yoʼl qoʼymaydi. Shu sababli АQSh Tojikistonni ham qurollantirib borish orqali ikki davlat oʼrtasida harbiy balans paydo qilish va oʼziga qaramlikni kuchaytirib bormoqda…
Demak, bu mastamlakachilar – u xoh Rossiya boʼlsin, xoh Аmerika – Oʼrta Osiyodagi respublikalar oʼrtasida chegara chiziqlari va muammolari yoʼq boʼlishiga aslo yoʼl qoʼymaydi. Аgar biz, chindan ham oʼrtalarimizda sunʼiy chegaralar yoʼq boʼlishini, hech qanday toʼsiq va muammolarsiz erkin bordi-kelishni istasak, avvalo mustamlakachi kofirlar bizlarni boʼlib tashlab boshqarish uchun singdirgan sassiq va tuban millatchilik va vatanparvarlik fikrlarini tark qilib, musulmonlar aka-ukadirlar fikrini qabul qilishimiz zarur. Soʼngra oʼrtalarimizga sunʼiy chegaralar chizib bergan mustamlakachi kofirlar va ularning mahalliy malay hokimiyatlarini uloqtirib tashlashimiz zarur. Bu ish Xalifalik davlatini barpo qilish bilangina amalga oshadi. Shunday ekan, biz musulmonlar bizlarni ikki dunyo saodatiga eltuvchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishimiz shart.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.