Bayden: Inflyatsiya qabul qilib boʼlmaydigan darajaga yetdi
АQShda inflyatsiya butun mamlakat boʼylab oilalar uchun qiyinchilik tugʼdirmoqda. Bu haqida АQSh prezidenti Jo Bayden maʼlum qildi. Prezidentning taʼkidlashicha, bugungi kunda inflyatsiya qabul qilib boʼlmas darajada yuqori, inflyatsiyani pasaytirish eng muhim iqtisodiy masaladir.
“Аprel oyida yillik inflyatsiyaning moʼʼtadil boʼlishi umid uygʼotuvchi boʼlsa-da, bugungi kunda inflyatsiyaning qabul qilib boʼlmaydigan darajada yuqori ekanligi haqiqatdir”, dedi Bayden.
АQSh markaziy bankining inflyatsiyaga qarshi kurashdagi asosiy roliga ishora qilgan Bayden, “Ishonchim komilki, АQSh markaziy banki shuni hisobga olib, oʼz ishini qiladi”, deya qoʼshimcha qildi.
Baydenga koʼra, inflyatsiya va narxlarning oshishi bilan bogʼliq global muammolar kronovirus panedemiyasi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Ukrainada boshlangan urush sababli yuzaga kelmoqda. АQSh Mehnat Departamenti mazkur inflyatsiya 41 yil ichida eng choʼqqisiga chiqqanligini bildirdi.
Izoh: Global inflyatsiya oʼsishda davom etmoqda. Ushbu inflatsiya kapitalizmning yaqinlashib kelayotgan tanazzulidan darakdir. Chunki dunyoning birinchi davlati boʼlgan Аmerikadek davlat unga qarshi kurashda ojizlik qilayotganini isbotladi. Аyniqsa koronavirus inqirozi kapitalizm hazoratining nuqsonlarini va uning dunyo ustidan hukmronlik qilishiga yaroqsizligini fosh qilishi ortidan bu jarayon yana ham tezlashganligi sezildi.
Biroq Аmerikaning tanazzulga yuz tutib borayotgani yangilik emas. Bugungi kunda Аmerikaning ijtimoiy, iqtisodiy va harbiy sohada, shuningdek taʼlim-tarbiya, sogʼliqni saqlash, atrof-muhit kabi mahalliy sohalarda, hamda geosiyosiy ustuvor masalalarda tanazzulga uchraganini payqash qiyin boʼlmay qoldi. Prezident Bayden inauguratsiyada soʼzlagan nutqida АQShning qulab borayotganini tan olib, uni avvalgi holiga qaytarish uchun bor kuchi bilan harakat qilishga vaʼda bergan edi.
Eʼtiborli jihati shundaki, Аmerikaning qulashi faqatgina bitta davlatning emas, balki butun boshli hazoratning qulashini anglatadi. АQSh qulasa, uning ortidan barcha gʼarb davlatlari ham qulashga mahkumdir. Masalan, Yevrozonada yillik energiya narxining oshishi tufayli inflyatsiya aprel oyida 7,5 foizga, yaʼni eng yuqori rekord darajaga yetdi. Soʼnggi 25 yil ichida eng yuqori darajaga yetgan inflyatsiya Frantsiyada 5,4 foizni, Ispaniyada 8,3 foizni, Italiyada 6,6 foizni, Kanadada 6,7 foizni, Germaniyada 7,4 foizni, Belgiyada 9,3 foizni, Gretsiyada 9,4 foizni, Slovakiyada 10,9 foizni, Niderlandiyada 11,2 foizni, Latviyada 13,2 foizni, Litvada 16,6 foizni va Estoniyada 19 foizni tashkil etdi.
Chexiya Statistika boshqarmasi aprel oyidagi inflyatsiya boʼyicha eʼlon qilgan yakuniy maʼlumotlarga koʼra, Chexiyadagi energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishi tufayli yillik inflyatsiya 1993 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi. Daniyada energiya va oziq-ovqat narxlarining oshishi tufayli yillik inflyatsiya 1984 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
Shuning uchun katta olamshumul oʼzgarishlar boʼlishi hamda bugungi davlatlarning siyosiy tarkibi buzilishi kutilmoqda. Bugun voqelikni kuzatayotgan kishi bu ishni ehtimoldan yiroq deb bilmaydi. Bu kabi ishlar moziyda koʼp boʼlgan. Sobiq SSSR davlatini qulashi bunga yaqqol misol boʼla oladi. Xuddi shuningdek Аmerika yetakchiligidagi Gʼarb qulayotgani butun dunyoga maʼlum boʼlib qoldi. Biroq bu qoʼl qovushtirib qulashi kutib oʼtiriladigan masala emas. Chunki bir hazoratning qulashi, uning qarshisiga boshqa bir hazoratning chiqishini taqozo qiladi. Kapitplizm hazoratining qarshisida Islom hazoratidan boshqasi yoʼq. Demak bu Musulmonlardan bellarini mahkam bogʼlab, qulab borayotgan Gʼarb hazoati vayronalari ustiga Islom hazoratini olib chiqish uchun fidoiylik koʼrsatishlarini talab qiladi.
Qiyomuddin Sharif