Yevropa Ittifoqi Qirg’iziston ta’lim sohasiga 32 million yevro ajratadi

241
0
Yevropa Ittifoqi Qirg’iziston ta’lim sohasiga 32 million yevro ajratadi
Xabar: 6-aprel kuni Qirg’iziston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida moliyaviy kelishuv imzolandi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuvga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Ta’lim va fan vazirligiga 32 million yevro miqdorida evazsiz yordam beradi. Uning 27 million yevrosi davlat byudjetini qo’llab-quvvatlash uchun va 5 million yevro qo’shimcha yordam tariqasida beriladi.
Yevropa Ittifoqining yordami Barqaror rivojlanishning 4 va 5- maqsadlariga muvofiq inklyuziv va adolatli, sifatli ta’limga alohida e’tibor qaratgan holda ta’lim sohasini isloh qilishni davom ettirishga yordam berishga qaratilgan.
Shu kunlarda, Yevropa Ittifoqining Sharqiy va Markaziy Osiyo bo’yicha boshqaruvchi direktor o’rinbosari Lyuk Devin Qirg’izistonda bo’lib turibdi. Devin Yevropa Ittifoqi va Qirg’iziston o’rtasida hamkorlik bo’yicha qo’mita yig’ilishida, mamlakat yuqori mansabdor shaxslari bilan uchrashuvda ishtirok etishini ma’lum qilgan.
2014-2020-yillar mobaynida Yevropa Ittifoqi Qirg’izistonga jami 263 million yevrolik yordam ko’rsatgan.
Izoh: Ta’lim – saqofat tarqatishning ajralmas qismi bo’lib, ta’lim orqali shaxsning aqidasi, tushunchalari va dunyoqarashi shakllantiriladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, xudosiz kommunistlar ham o’z aqidalarini tarqatishda ta’limga jiddiy e’tibor qaratgan. Ular Darvin nazariyasini ta’limning asosi qildi va butun boshli avlodni xudoga ishonmaydigan ateistlar qilib tarbiyalab yetishtirdi.
SSSR hayot maydonidan mabda va tuzum sifatida yo’q bo’lgach, uning o’rnini G’arb davlatlari o’z aqida va tushunchalari bilan to’ldirishga o’tishdi. G’arb davlatlari ham o’z saqofatlarini yoyishda ta’lim sohasiga jiddiy e’tibor qaratib kelishmoqda. Bu maqsadda G’arb davlatlari, jumladan, YeI bizning mintaqa davlatlari ta’lim sohasiga katta miqdorda mablag’ ajratib kelmoqda. Chunki, ta’lim sohasiga grantlar ajratish orqali o’z ta’sirini kengaytirib boradi.
Yevropa Ittifoqi 2019 yili Markaziy Osiyo bo’yicha yangi strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasida qaror qabul qilgan edi. Mazkur strategiya doirasida YeI mintaqa davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, investitsion, barqaror rivojlanish, iqlim o’zgarishi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalari hamda ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilgan edi.
Ayni mana shu strategiya doirasida 2019-yili Yevropa Ittifoqi va Qirg’iziston hukumati o’rtasida ta’lim sohasini qo’llab-quvvalash uchun 35,7 million yevrolik shartnoma imzolandi va bir qancha transhlar orqali bu mablag’ yetkazib berildi. Bugunga kelib YeI Qirg’iziston bilan yana 32 million yevrolik kelishuv imzoladi. Kelishuvda Yevropa Ittifoqining yordami Barqaror rivojlanishning 4 va 5- maqsadlariga sarflanishi belgilab qo’yildi. Barqaror rivojlanishning 4 va 5 maqsadlari nimalardan iborat?
Barqaror rivojlanishning 4-maqsadi – har tomonlama, adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun ta’lim olish imkoniyatini yaratish;
5-maqsad; Gender tenglikka erishish, barcha ayollar va qizlar imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Demak, YeI ajratgan mablag’ o’sib kelayotgan yosh avlodga o’z aqidasi va dunyoqarashini singdirish uchun sarflanadi. Agar YeIning bu maqsadi amalga oshadigan bo’lsa yaqin kelajakda Yevropacha “qadriyatlar”, jumladan “bir jinsli nikoh” oddiy hol bo’lib qoladi, bundan Alloh saqlasin.
Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.