Yetakchilar uchun oʻrnak boʻladigan jasorat

423
0

Yetakchilar uchun oʻrnak boʻladigan jasorat

Hindistonda musulmonlarga nisbatan dushmanlik kundan-kunga avj olib bormoqda. Davlat mahkamasi tarafidan chiqarilgan “Oʻquvchi qizlarning maktabga rumol bilan kirishni taʼqiqlash” qarori hukumatning musulmonlarga nisbatan nafratini koʻrsatmoqda. Hindiston Bosh vaziri Modi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan hind toʻdalari muslima qizlarning maktabga rumol bilan kirishiga toʻsqinlik qilish uchun maktablar oldida posbonlik qilishmoqda.
Ammo “PES” kollejida tahsil olayotgan muslima talaba Bibi Muskan – dinida mahkam turgan musulmon oʻlim tahdidiga duchor boʻlishiga qaramay – hijobini yechmagan holda jasorat bilan maktabga kirdi. Uning bu jasur pozitsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Izoh: Butparastlikka sodiqlik ramzi boʻlgan sariq rangli sharf taqqan posbonlarning qarshiligini nazarga ilmay, shahodat barmogʻini yuqori koʻtarib, “Allohu akbar” deya jonli toʻsiqlarni yorib oʻtgan Bibi Muskan, haqiqiy jasorat timsolini nomayon qildi. Faqat musulmon boʻlganligi uchun koʻchalarda kaltaklanib oʻldirilayotgan bir yurtda Allohning farzini himoya qilib, tik turish haqiqiy jasoratdan oʻzga narsa emas. Islom dushmanlariga bosh egib, ular bilan hamkorlik qilayotgan qoʻrqoq hokimlar Bibi Muskanning zolimlar qarshisida tik turishini oʻzlari uchun oʻrnak qilib olishsa arziydi.
Bibi Muskanning bu jasorati shuni koʻrsatmoqdaki, bugungi kunda Islom Ummatining boshqa ummatlar qarshisidagi zayifligining sababi Ummat farzandlarining jasoratsizligi emas, balki Ummatning boshiga zoʻravonlik bilan oʻrnashib olgan hukmdorlarning qoʻrqoqligidir. Bu Ummat – joni evaziga boʻlsa ham – Islomiy hayotning qaytib kelishiga intilib yashamoqda, bu Ummat oʻz Islomini sevadi, u bilan oyoqqa turishni va hayotdagi oʻz oʻrnini egallashni istaydi, bu Ummat sharʼiy hukmlar soyasida farovon hayot kechirishni istaydi, bu Ummat Islom bayrogʻi ostida tinch-omon, xavfsiz yashashni istaydi, bu Ummat oʻz dini bilan aziz-u mukarram boʻlib yashashni istaydi. Ammo qirgʻinlar va vahshiyliklar qarshisida soʻzlarining hech qanday qadri boʻlmagan hukmdorlar esa, oʻzlarining quruq tanqidlari va kufrning zulmini BMT kabi kufr tashkilotlariga shikoyat qilishlari bilan kufr ahlini shijoatlantirishdan nariga oʻtmayapti. Vaholanki, hokimlar ushbu mard qizimizning mardona pozitsiyasining yarimini koʻrsata olsalar edi hamda yuzlarini Gʻarbga emas, Ummatga burib, Allohga suyansalar edi, kufr ahli Islom dinini bunchalik oson haqorat qila olmas, yerlarimizga bostirib kira olmas, qizlarimizning roʻmoliga hujum qila olmas edi. Aksincha, bu hokimlar armiyalar va xavfsizlik kuchlarini Ummatni himoya qilishga jalb qilish oʻrniga Gʻarb tobeligidan qutilish uchun harakat qilayotgan Ummatning xolis farzandlariga qarshi hujum qilmoqda. Chunki bular uchun ummatni himoya qilish emas, balki oʻzlarining kursilarini saqlab qolish muhimdir.
Bugungi kunda Islom Ummati oʻzi eʼtiqod qiladigan fikrlar, oʻlchovlar va qanoatlar bilan hukm yurituvchi jasur yetakchiga muxtoj boʻlib turibdi. Demak musulmonlar ushbu yetakchilikni vujudga keltirish uchun qattiq kirishishlari lozim. Bu ish osmondan farishtalar tushib bajarib beradigan ish emas, balki Rasululloh ﷺ oʻz hayotlarida kilib, koʻrsatib bergan ishdir. Musulmonlarning zimmasiga tushgan narsa esa, har qanday holatda ham Rasululloh ﷺning yoʻliga qaytishdir. Modomiki Rasululloh ﷺning yoʻliga qaytmas ekanlar, bu zulmatlardan aslo qutula olmaydilar. Bunday paytda Rasululloh ﷺning tutgan yoʻllari faqat va faqat Allohning hukmini ijro qiladigan Islom davlatini barpo qilish boʻlgan. Mana shu davlatning barpo boʻlishi bilangina Allohning dini qoyim boʻladi va Islomning hamma maqsadlari amalga oshadi. Ana shunda siyosiy, fikriy, iqtisodiy va harbiy jihatdan Gʻarbga boʻlgan barcha tobelik batamom yoʻq qilinadi. Sigirning qullari boʻlgan hindlar hamda maymunning avlodi boʻlgan yahudlar kabi haddidan oshganlarga haddi bildirib qoʻyiladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.