بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hijriy 1443, milodiy 2022 yilda Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati qulatilganining alamli xotirasi sababli xalqaro tadbirlar boshladi
Hijriy 1443 yil (milodiy 2022 yil) rajab oyida Hizb ut-Tahrir dunyoning oʻzi faoliyat qilayotgan har bir mamlakatda keng koʻlamda qator ommaviy tadbirlar boshladi. Ushbu tadbirlar hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 martda jinoyatchilar tomonidan Islom davlati qulatilgani va islomiy boshqaruv tuzumi, Xalifalik bekor qilinganining alamli xotirasi sababli oʻtkaziladi.
Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi aʼzolari ushbu sahifa orqali barcha tadbirlarni – Alloh Subhanahuning izni ila – yoritib boramiz va Undan Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilishini tezlatishni soʻraymiz. Bu Alloh Azza va Jallaga hargiz mushkul emas. Imom Ahmad oʻzining “Musnad”ida ushbuni rivoyat qilgan:
“تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً عَاضّاً، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ ثُمَّ سَكَتَ”
“Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha paygʻambarlik davom etadi. Soʻng Alloh xohlagan paytda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng raiyatiga zulm va adolatsizliklar yetadigan podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi. Keyin Paygʻambar ﷺ sukutga choʻmdilar”.
Quyidagi manzil orqali tadbirlarni kuzatib borib, afzalliklaridan xabardor boʻlishingiz mumkin:
https://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/79762.html
Roya gazetasining 2022 yil 9 fevral chorshanba kungi 377-sonidan