Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti “Xalifalik – ayollar qadr-qimmati, xavfsizligi va sharʼiy huquqlari garovidir” nomli xalqaro kampaniya boshlamoqda

405
0

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti “Xalifalik – ayollar qadr-qimmati, xavfsizligi va sharʼiy huquqlari garovidir” nomli xalqaro kampaniya boshlamoqda

Hijriy taqvim boʻyicha bundan 100 yildan koʻproq avval Xalifalik bekor qilinganining alamli xotirasi ushbu rajab oyiga toʻgʻri keladi. Islom bilan hukm yuritgan ushbu yetakchi davlat islomiy va boshqa yurtlarda ayollarning qadr-qimmati, xavfsizligi va sharʼiy huquqlarining posboni boʻlib kelgan. Xalifalik qulatilgach esa, demokratiya va diktatorlikdan iborat inson oʻylab topgan qonun va tuzumlar davrida mintaqadagi ayollar va butun dunyodagi muslimalar hayoti zulm, zoʻravonlik, repressiya va qashshoqlik ostida qoldi. Bu qonun va tuzumlar ularning qadr-qimmatini poymol qilib, jismoniy va moliyaviy xavfsizligini kafolatlay olmadi hamda ularning Alloh Taolo tomonidan berilgan sharʼiy huquqlarining hech biriga rioya qilmadi. Allohning shariati va nozil qilgan tuzumi kafolatlagan himoya boʻlmagani va uning soyasidan bahramand boʻlmaganlari sababli ayollar noumidlik, muvaffaqiyatsizlik va tushkunlikka duchor boʻldilar.
Butun dunyodagi mavjud millionlab muslima ayollar boshdan kechirayotgan bunday kobusdan qutulishning yagona yoʻli Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilishdir. Zero, Rosululloh ﷺ ushbu Xalifalikni musulmonlarning boshqaruvchisi va himoya qiluvchi qalqoni, deya baholaganlar. Biroq, shunga qaramay, bugungi kunda ayol, uning maqomi va huquqlariga nisbatan Islom davlatining qanday maʼno kasb etishi borasida koʻplab qoʻrqituv, shubha va savollar paydo qilingan. Bunday qoʻrqituv va shubhalar mustamlakachi Gʻarb hukumatlarining hamda uning yozuvchilari, ommaviy axborot vositalari va feministlarining Islom hukmronligi davrida ayollarga qilingan muomala toʻgʻrisida asrlar davomida qilib kelgan yolgʻonlari, adashtiruvlari va hujumlari natijasida kelib chiqqan. Bu uydirma va yolgʻonlarni birin-ketin kelayotgan mustamlakachi rahbarlar va ularning malaylari Xalifalikni agʻdarish, soʻng qayta barpo boʻlishini oldini olish uchun qasddan tarqatishdi va tarqatishmoqda. Bularni mustamlakachilik nufuzlarini saqlab qolish hamda islomiy yurtlar siyosatini nazoratda ushlab turish va boyliklarini talon-toroj etish maqsadida qilishmoqda.
Shuning uchun, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimining ayollar qanoti ushbu rajab oyida ayollarga Islom hukmronligi davrida qanday muomala qilingani toʻgʻrisidagi yolgʻonlar, adashtiruvlar va hujumlarga qarshi xalqaro kampaniya boshladi. “Xalifalik – ayollar qadr-qimmati, xavfsizligi va sharʼiy huquqlari garovidir” nomli ushbu kampaniyadan maqsad, Xalifalik davlati soyasida ayollar hayoti, yaʼni ularning huquqlari, rollari va ularga nisbatan muomala qanday boʻlishi toʻgʻrisida aniq tushuncha va tasavvur taqdim etishdir. Bular sharqshunos va mustamlakachilar berayotgan adashtiruv va xayollar asosida emas, balki Islom matnlari dalolat qilgan va moziydagi islomiy boshqaruvda isbotlangan hujjat-dalillar asosida beriladi.
Eng muhimi, biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimining ayollar qanoti aʼzolari siyosiy, iqtisodiy, adliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy kabi barcha sohadagi muammolarni ertangi Xalifalik tuzumi oʻz printsiplari, qonunlari, muassasa va strukturalari orqali amalda qanday hal qilishini sharhlab berishga harakat qilamiz. Zotan, bugungi kundagi ayollar duch kelayotgan barcha sohadagi muammolarni Gʻarbu Sharqdagi inson oʻylab topgan qonunlar va demokratik tuzumlar aslo yecha olgani yoʻq.
Ushbu muhim kampaniyani kuzatib borasiz va qoʻllab-quvvatlaysiz, degan umiddamiz. Zero, bu kampaniyadan qoʻrqituv va shubhalarga barham berish hamda ayollarning Xalifalik soyasidagi mavqeini roʻyi rost yoritib berish maqsad qilingan. Toki, bu kampaniya yordamida umidsizlikni umidga aylantirib, millionlab ayollar boshdan kechirayotgan bu kobusga barham beruvchi davlatimizni barpo qilaylik hamda Islom Ummati ayollari uchun gʻoyat nurafshon, odil, xavfsiz va sharafli kelajakni qurib beraylik.
﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur 55]

D. Nasrin Navoz
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
boʻlimi ayollar qanoti mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.