Turkmanistonda dindorlar soʻroqqa chaqirilmoqda
Xabar: Turkmanistonning Mari viloyatida Milliy xavfsizlik vazirligi dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirdi.
“Ozodlik” radiosi turkman xizmati muxbirlarining xabar berishlaricha, maxsus xizmatga uyida diniy adabiyot saqlashda gumonlanayotgan shaxslar soʻroqqa chaqirmoqda.
Radio muxbiri bilan suhbatlashgan dindorlar soʻroqda “Kim dinni targʻib qilyapti? Kimdan dars olyapsan? Kim hukumatga qarshi gapiryapti?” kabi savollarni berishganini aytishdi. Shundan soʻng ularga “Vaxobiy emasligingni isbotlash uchun aroq ich” deb buyruq berilgan. Guvohlar aroq ichmaganlar qora roʻyxatga tirkalganini aytmoqda.
Oʻtgan yilning iyulida ham Mari va Lebop viloyatlarida Milliy xavfsizlik vazirligining mahalliy boʻlimlari xodimlari dindorlarni soʻroqqa chaqirib, uylarida Qurʼondan tashqari boshqa diniy kitoblarni saqlamaslikni talab qilgani xabar berilgan edi.
Izoh: Xudosiz kommunistlar tarbiyasini olgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ham uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga qarshi kurashib kelmoqda.
2015-2016 yillarda ham hukumat buyrugʻiga binoan Doshoʻgʻiz viloyatida kuch organlari soqol qoʻygan musulmonlarga qarshi “ov” olib borgan edi. Milliy xavfsizlik boshqarmasi va yoʻl politsiyasi xodimlari soqol qoʻygan va 50 yoshga toʻlmagan musulmon erkaklarni ushlab, maxsus suhbatdan oʻtkazish ortidan, soqollarini majburan olib tashlashgan va hatto ularni aroq ichib, choʻchqa goʻshti yeyishga majburlashgan edi. Kuch organlari talabini bajarmagan eʼtiqodli musulmonlar esa hech qanday sud va tergovsiz 7-8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
2017-yilga kelib rasmiy hukumat musulmonlarga qarshi kurashini yanada kuchaytirdi. Hukumat namozxon musulmonlarga qarshi kurash doirasida namoz oʻqigan qurolli kuchlar harbiy xizmatchilar va namoz oʻqishni tashlash talabini bajarishdan bosh tortgan davlat xizmatchilari ishdan boʻshatildi. Ularga qarshi turli moddiy va jismoniy tazyiqlar oʻtkazish keng tus oldi. Harbiylar namoz oʻqishni tashlash talabini rad etgani sababli qurolli kuchlar safidan boʻshatib yuborilgan, uylarida tintuv oʻtkazilib, Qurʼon kitobi va boshqa islomiy kitoblar musodara qilindi.
2021-Farap va Chorjoʻy etraplarida 20 ga yaqin dindorlar hibsga olindi. Ularning majburan soqollari oldirildi, spirtli ichimliklar ichishga majbur qilindi, shuningdek, politsiya hibsga olinganlarga nisbatan kuch qoʻlladi. Oʻsha yilning 9 – mart kuni hukumat vakillari Marv shahridagi bosh masjidga kelib, u yerda Meʼroj kechasi sharafiga namoz oʻqishga toʻplangan musulmonlarni haydab yubordi. Oʻsha kuni viloyatning deyarli barcha tumanlaridan kelgan aholi masjidga toʻplanib, namoz oʻqishayotgan edi.
Turkmaniston hukumati nafaqat mamlakat ichkarisidagi dindorlarni nazorat ostida ushlashga harakat qilmoqda, balki mamlakat hududidan tashqarida taʼlim olayotgan, ishlayotgan yosh musulmonlar davlat nazoratidan tashqarida dinga eʼtiqod qilayotgani ham hukumatni xavotirga soladi. Kuch organlari hech qayerda ishlamayotgan va yoshlardan Turkiyada ishlagan yoki ishlamaganlari, u yerda qarindoshlari ishlayaptimi, qaysi rusumdagi telefondan foydalanishi, telefonida diniy daʼvatlar bor yoki yoʻqligi soʻralmoqda. Avval Turkiyada ishlab kelganlar birma-bir soʻroq qilingan. Turkiyada ishlab kelganlarning atrofidagilar, tanishlari surishtirilmoqda. Soqoli bor yoshlarni soqollarini olib tashlashga majburlashmoqda, shundan keyingina qoʻyib yuborishmoqda…
Xadifalik davlati qulatilib, mustamlakachi kofirlar tomonidan oʻrtalariga sunʼiy chegaralar tortilib, mayda davlatchalarga boʻlib tashlalanganidan buyon musulmonlar mana shunday xor holatga tushdilar. Musulmonlar ustiga mustamlakachilar tomonidanhokim qilib qoʻyilgan prezidentlar, shu rejimlarni himoya qilish uchun yollangan kuch organlari musulmonlarga nisbatan koʻngillariga kelgan ishlarni qilishmoqda. Ular Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi borishdan zarracha hayo qilishmayapti. Musulmonlar oʻzlarini himoya qiluvchi qalqonlari – Xalifalik davlatini barpo etmagunlariga qadar har qanday razil va tuban kimsalar Islom va uning qadriyatlari, musulmonlarga qarshi kurashda davom etaveradi. Musulmonlar esa oʻz dinlariga emin-erkin amal qilish imkonidan ham mahrum boʻlib qolaveradilar.
Sahihi Buxoriyda Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:
“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Abdurahmon Odilov