Qirgʻiziston oʻzini faqat uch turdagi zarur oziq-ovqat bilan taʼminlashga qodir
Xabar: Qirgʻiziston oʻzini faqat uch turdagi mahsulot – kartoshka, sut va sabzavotlar bilan taʼminlay oladi.
Bu haqda 7 fevral kuni parlamentning Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish qoʻmitasi yigʻilishida Qishloq xoʻjaligi vaziri Askarbek Janibekov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning aksariyati chetdan keltiriladi.
“Kerakli bugʻdoy zaxirasining 45 foizi, shakarning 50 foizi yetarli emas edi. Bundan tashqari, atigi 20% oʻsimlik yogʻi, 55% tuxum ishlab chiqaramiz. Ammo 2024 yilga borib oʻzimizni shakar va bugʻdoy bilan taʼminlashni rejalashtirganmiz”, – dedi Janibekov.
Izoh: Qirgʻiziston “uchinchi dunyo” davlatlaridan biri boʻlgani sababli BMT talablariga muvofiq agrar siyosati olib borishi kerak. 2019-yili qishloq xoʻjaligi mamlakat Yalpi ichki mahsulotining 11,7%ni tashkil etgan. Biroq, bu koʻrsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda. Masalan, 2013-yilga nisbatan 2,9%g pastlagan. Maʼlumki, boshqa sohalar kabi qishloq xoʻjaligi ham ogʻir sanoatsiz rivojlanishi mumkin emas. Buni ogʻir sanoatda yetakchi boʻlgan davlatlarning qishloq xoʻjalik sohasida ham oldinda ekanligidan koʻrishimiz mumkin. Bu davlatlar qurol-yaroq va ogʻir texnikalar ishlab chiqarish bilan birga qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan kombayn, traktor kabi zamonaviy texnikalar ham ishlab chiqaradi. Natijada bunday davlatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha oldingi safga chiqqan.
“Uchinchi dunyo” davlatlari qishloq xoʻjalagi uchun zarur boʻlgan stanok va texnikalarni ishlab chiqara olmagani sababli qishloq xoʻjaligida ham ortda qolgan. Hatto, Qirgʻiziston kabi oʻz fuqarolarini ham asosiy oziq-ovqat bilan taʼminlay olmaydigan holatda. Bundan tashqari, ogʻir sanoatga asoslangan davlatlar qishloq xoʻjaligi sohasiga yiliga milliardlab dollar subsidiyalar ajratadi. Uchinchi dunyo davlatlariga import mollari kirib turishi uchun Jahon savdo tashkiloti tomonidan subsidiyalar ajratishga cheklov qoʻyilgan va oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona toʻlovlari kamaytirilishi va cheklovlar olib tashlanishi shart. Qirgʻiziston kabi korruptsiyaga botgan hukumatlar bu talablarni ortigʻi bilan bajarishadi. Masalan, JST talablariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining stavkasi 12,2% boʻlishi kerak edi, ammo Qirgʻiziston bu stavkani 8,1%ga qadar tushirib berdi. Natijada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qilish yil sayin oʻsib bormoqda. 2020-yili Qirgʻiziston 228 534,751 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qilgan. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 50 157,751 tonnaga koʻp. Bu holat oziq-ovqat xavfsizligiga putur yetkazadi va faqat importga bogʻlanib qolishga sharoit paydo qiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tanqisligi vujudga kelganida muammoni hal qilish qiyin boʻlib, narxlar osmonga koʻtariladi. JST bunday talablarni boshqa xalqaro moliya tashkilotlari kredit yoki grantlar ajratilayotganida ham qoʻyadi. Shuningdek, mustamlakachilik siyosati sababli bugun biz Rossiya taʼsiri ostidamiz. Iqtisodiy va siyosiy qarorlarimiz Rossiyaga qaram. Rossiya oʻz hukmronligini mustahkamlash uchun turli siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi tashkilotlar orqali kishanlab olgan. Ushbu zoʻravon mustamlakachilik tufayli hatto, qoʻshni musulmon davlatlari bilan ham ochiq va erkin aloqalar oʻrnata olmaymiz. Oziq-ovqat tanqisligi yoki narxlar koʻtarilishining asl sababchisi bu ustimizda tatbiq qilinayotgan mustamlakachilik siyosati va ularga ittifoqdosh boʻlgan mahalliy amaldor va kapitalistlardir.
Turkiston