Falastin masalasi islomiy yurtlar hukmdorlariga uzoqdan ham yaqindan ham daxldor emas

211
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin masalasi islomiy yurtlar hukmdorlariga uzoqdan ham yaqindan ham daxldor emas

Bosqinchi yahudiylar delegatsiyasining Sudan poytaxti Xartumga kelishi, misrlik zobitlarning bosqinchi yahudiylarni ziyorat qilishi, bundan oldin liviyalik felьdmarshal Xalifa Haftar samolyotining Telь-Avivga qoʻnishi… shu kabi voqealarni Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi quyidagicha izohladi:
“Bosqinchi yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtiruvchi rejimlar oʻrtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik darajasi mintaqadagi AQSh malaylarining qanday hamkorlik qilayotganlarini koʻrsatadi. Ha, bu yuvindixoʻr hukmdorlar yahudiylarni oʻzlariga qiblagoh qilib olib, xalqlarni bostirish va qoʻzgʻolonlarini boʻgʻizlashda ulardan yordam soʻrashmoqda. Ular Gʻarbga xizmat qilib, uning suverenlikni tortib oluvchi va boyliklarni talab ketuvchi mustamlakachilik siyosatlarini ijro etish evaziga oʻzlarining likillab qolgan taxtlarini saqlab qolishyapti!”.
Matbuot izohida yana qoʻshimcha qilindi:
“Ketma-ket kelayotgan ushbu xabarlardan ayon boʻlmoqdaki, hukmdorlarning eng oliy gʻoyalari taxtlarini va mustabid rejimlarini saqlab qolish boʻlib, Falastin masalasi ularga uzoqdan ham, yaqindan ham daxldor emas. Balki, bu masala bugungi kunda bosqinchi yahudiylardan xavfsizlik va harbiy sohada yordam olish uchun savdo vositasiga aylanib qoldi!
Falastin masalasi, shubhasiz, Ummatning boshqa masalalari kabi zoye ketgan masaladir. Bu zoye ketish hukmdorlar yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotgan va Amerika yetovidagi Gʻarbga malaylik qilayotgan bir paytda boʻldi. Musulmon xalqlarning va Falastin masalasining yechimi mana shu rejimlarni agʻdarib, hokimiyatni xolis va ongli yetakchilar qoʻliga topshirilmaguncha amalga oshmaydi. Ushbu xolis va ongli yetakchilar Roshid Xalifalikni barpo etadilar, Xalifalik Islomni tatbiq qilib, Gʻarb va uning taʼsiriga chek qoʻyadi, Ummatni birlashtirib, yahudiy bosqinchilarini ildizi bilan qoʻporib tashlaydi va muborak zaminni ularning yovuzligidan ozod etadi”.

Roya gazetasining 2022 yil 26 yanvar chorshanba kungi 375-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.