بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi, u bilan himoyalaniladi
Yuzlab faollar va hindu rohiblarining oʻz tarafdorlarini “Buyuk Hindiston” qurish uchun musulmonlarni qirgʻin qilishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilishlari ortidan Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Boshlarida ish egalari boʻlmagan musulmonlarning azob-uqubatlari tinmayotgani shunga dalolat qilmoqdaki, Xalifalik davlati mavjud emas ekan, Ummat haqiqiy adolat, xavfsizlik va mudofaani aslo topmaydi…
Musulmonlar shuni yaxshi biladilarki, bugungi hukmdorlar xoinlardan iborat boʻlib, ular musulmonlarni oʻzlarida aks ettirmaydilar. Bu hukmdorlar musulmonlarning manfaatiga xizmat qilmagan va ulardan hech qanday yaxshilik chiqmaydi. Ular boshqa din va eʼtiqod vakillariga zulm qilingan vaqtda gʻimillab qolishadi-yu, biroq, musulmonlar zulm va azob-uqubatga uchragan vaqtda sukutni lozim koʻrishadi”.
Matbuot bayonoti soʻnggida Ummatga quyidagicha murojaat qilindi:
“Ey aziz Ummat! Biz senga boshingga tushayotgan bu ogʻir alam va mashaqqatlarga haqiqiy yetakchimiz-xalifaning yoʻqligi sabab ekanini eslatamiz. Agar bitta xalifamiz boʻlsa edi, bu kabi qonunbuzarliklarga hargiz yoʻl qoʻymasdi. Shu bois, musibatimiz yechimini habibimiz Muhammad ﷺning
“وَإِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ”
“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, degan soʻzlaridan topamiz. Shuning uchun Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qilishning naqadar shartligini anglab yet.
Roya gazetasining 2021 yil 5 yanvar chorshanba kungi 372-sonidan