بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Bosib olingan musulmon yurtlarini faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina ozod etadi
Saudiyaning Hafrul Botin shahrida Pokiston bilan Saudiya oʻrtasida “koʻmilgan mina va bombalardan tozalash va ularni yoʻq qilishda hamkorlik qilish” boʻyicha qoʻshma harbiy mashgʻulot boshlangani eʼlon etilishi ortidan, Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qildi. 2021 yil 15 dekabrdagi ushbu matbuot bayonotida quyidagilar taʼkidlandi:
Bugungi kunda musulmonlar Kashmir va Falastindagi bosqinchi kuchlarga qarshi kurashda ana shunday qoʻlbola portlovchi moslamalardan foydalanib keladilar. Ilgari ulardan Afgʻonistondagi AQSh bosqinchiligiga qarshi foydalanishgan edi. Agar mazkur harbiy mashgʻulot yahudiylarning Aqsodagi bosqinchiligidan va hindularning Kashmirdagi bosqinchiligidan tozalashga xizmat qilganda edi, ushbu eʼlon nishonlash va bayram qilishga haqiqiy sabab boʻlgan boʻlar edi”.
Bayonotda yana bunday deyiladi:
Bu hukmdorlar yahudiy va hindu bosqinchilarni oshkora va yashirin tarzda qoʻllab-quvvatlayotganlari uchun ularni agʻdarish lozim. Chunki ular Paygʻambarimiz ﷺning shaʼniga hujum qilinishini oldini olishga va buning uchun musulmon armiyalarni safarbar qilishga qodir emaslar. Qoʻshma Shtatlarning “terrorizmga qarshi kurash”ida unga darhol qoʻshilishga tayyor boʻlganlar ham, yahudiy va hindularning terroridan koʻz yumganlar ham ayni shu hukmdorlardir. Aslida, islomiy qurolli kuchlarning safarbar qilinishi faqat ikkinchi roshid Xalifalik soyasidagina amalga oshadi.
Roya gazetasining 2021 yil 5 yanvar chorshanba kungi 372-sonidan