بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kapitalizm insonlarni baxtsiz qiladi, Islom esa, ularga xotirjamlik baxsh etadi
Hizb ut-Tahrirning Britaniyadagi rasmiy vakili Yahyo Nisbat matbuot bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:
Ilmoniy kapitalizm jahon iqtisodiyotiga hukmronlik qilayotgan bugungi kunda qashshoqlik shu darajada kuchaydiki, dunyo boyligining toʻrtdan uch qismi hozir dunyo aholisining atigi oʻndan bir qismi qoʻlida qoldi. Ilmoniy kapitalizm hech bir nazoratsiz boylik ketidan quvishga targʻib qiladi. Buning achchiq-alamlarini bugun Gʻarbdagi oddiy insonlar totmoqdalar… Bugun “oʻrmon qonuni”, “eng zoʻr omon qoladi”, “haqiqat kuchda” kabi iboralar ilmoniy kapitalizm mohiyatining eng toʻgʻri tarifiga aylandi. Kapitalistik iqtisodning moʻrtligi, shuningdek, dunyo miqyosida va Britaniya kabi kapitalistik davlatlarning oʻzida ham hokimiyatning tengsiz taqsimlangani har qachongidan koʻproq fosh boʻldi. Shu bois, kelajak porloq koʻrinmayapti. Ahvol shunday davom etaversa, bu aslo norozilik qishining soʻngisi boʻlmaydi.
Darhaqiqat, Alloh Taolo Oʻzining Rosuliga hidoyatni va mufassal boshqaruv tuzumini, shuningdek, ochkoʻz elitaning istaklari unga yetib borishiga yoʻl qoʻymaydigan iqtisodiy nizomni nozil qildi. Islomdagi iqtisod nizomi Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida tatbiq qilinsa, boylik xususiy va jamoat boyligiga ajratiladi. Chunki Islom omma resurslarining xususiy kompaniyalarga sotilishiga yoʻl qoʻymaydi. Shuningdek, hukmdordan hisob soʻrash faqat ommaviy axborot vositalariga topshirib qoʻyilmaydi, chunki agar ularga topshirib qoʻyilsa, korruptsion elitaning javobgarlikka tortilmay qolishi kafolatlangan boʻladi. Zero, muammo shunchaki samarasizlikdan koʻra bir muncha murakkabdir. Bas, shunday ekan, Alloh Taoloning qullariga buyuk neʼmat ato etganini, yaʼni ularga Rosuli Muhammad alayhissalomni butun olam uchun rahmat qilib yuborganini eslash hamda ushbu qora kunlarda haqiqiy jinoyatchini toʻgʻri topib koʻrsatish vaqti keldi. Hech shubha yoʻqki, haqiqiy jinoyatchi kapitalistik mafkuradir.
Alloh Taolo bunday degan:
﴿وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى﴾
“Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, unga tang-baxtsiz hayot boʻlur, uni qiyomat kuni koʻr holda tiriltirurmiz” [Toha 124]
Roya gazetasining 2021 yil 5 yanvar chorshanba kungi 372-sonidan