Islom va uning oʻlchovlarini kurashdan chetlatish siyosiy jihatdan oʻz joniga qasd qilishdir

256
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Islom va uning oʻlchovlarini kurashdan chetlatish siyosiy jihatdan oʻz joniga qasd qilishdir

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati tomonidan chop etiladigan “Tahrir” haftalik gazetasi oʻzining bosh maqolasida Tunis qoʻzgʻoloni yetib kelgan krizislarga bagʻishlandi. Maqolada muallif ustoz Muhammadnosir Shuvayxa bunday deydi:
“Toʻgʻri, qoʻzgʻolonda qoʻrquv devori agʻdarilib, zolim repressiv kuchlar rekord vaqt ichida qulab tushdi. Lekin, eng asosiy narsa hanuz amalga oshmadi. Buning sabablari:
Birinchidan: ilonning boshi yanchilmadi, yaʼni Britaniya bizning yurtlarimizni oʻz hukmronligi ostida ushlab turish uchun hanuz fitna siyosatini olib bormoqda. Frantsiya u bilan raqobatlashib, kurashyapti. Amerikaliklar esa, yurtimizda nufuzlarini yoyish uchun qulay fursat topishdi. Hozir ular eski mustamlakachilar-inglizlarning oʻljalariga sherik boʻlishga urinishyapti.
Ikkinchidan: Tunis malay va zaif hukmdorlarga mahkumligicha qolmoqda. Bu hukmdorlar Gʻarbga oshiq boʻlishda davom etishyapti. Shunday ekan, mustaqillik va ozodlik mazmunini qayoqdan ham anglashsin?!
Uchinchidan: eng asosiysi ham shu, aslida. Qoʻzgʻolonchilar halokatli xatoga yoʻl qoʻyishdi. Yaʼni “demokratik boshqaruv”, degan xoʻrakni yutib, unga ilinishdi, Islom va uning ahkomlarini chetlatuvchi saylovlar ketidan saylovlarga shoʻmgʻishdi… Qoʻzgʻolonchi kuchlar kirib qolgan bunday tupikdan chiqishning yagona yoʻli kurash mohiyatini anglab yetishdir. Ular shuni bilishlari lozimki, yechim aslo parlamentda emas, chunki parlamentdagi birinchi bosiladigan qadam rejimning oʻzi oʻylab topgan konstitutsiyani hurmat qilib qasam ichishdan iborat. Bas, qanday qilib biz dushman bilan xusumatlashib, bir vaqtning oʻzida, unga murojaat qilamiz?! Islom va uning oʻlchovlarini kurashdan chetlatish siyosiy jihatdan oʻz joniga qasd qilishdir. Shundoq ham, Gʻarb oʻlim toʻshagida yotibdi… hamma ayb-nuqsonlari allaqachon fosh boʻldi. Islom esa, Gʻarb va uning fikrlarini kurashga chaqirmoqda, uning shariatni tatbiq qilish yoʻlida oʻlimga tayyor turgan Ummati bor”.
Ustoz Shuvayxa quyidagilarni xulosa qildi:
“Siyosiy kuchlar bu kurashda aslo zafar qozonolmaydi. Chunki zafar qozonish uchun bu siyosiy kuchlar albatta Ummat tanidan boʻlishi hamda qoʻzgʻolon ilmoniy tuzumni ildizi bilan qoʻporib tashlab, Ummatni mustamlaka botqogʻidan qutqaradigan islomiy qoʻzgʻolon boʻlishi shart. Ushbu vazifani bajarishga esa, Ummatga Islom bilan haqiqiy yetakchilik qiluvchi yetakchigina qodirdir”.
Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.