Marokash qiroli yahudiy vujudiga sodiqligini yana bir bor isbotladi

234
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Marokash qiroli yahudiy vujudiga sodiqligini yana bir bor isbotladi

Al-Jazira veb-saytida (hijriy 1443 yil 25 rabiussoniy, milodiy 2021 yil 30 noyabr seshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi: (Ayrim soʻzlarga oʻzgartish kiritilgan).
“Marokash qiroli Muhammad VI oʻz mamlakati falastinliklar bilan yahudiy vujudi oʻrtasidagi muzokaralarni qayta boshlash uchun shart-sharoitlarni taʼminlash yoʻlida barcha tomonlar oldida “tutgan oʻzining yuksak oʻrni va munosabatlari”dan foydalanishini taʼkidladi. Holbuki, yahudiylar mudofaa vaziri Beni Gantsning oʻtgan hafta Ribotga kelib, munosabatlarni normallashtirishiga qarshi kecha Marokash shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi”.
Qirol Muhammad VI “BMTga qarashli Falastin Xalqining ajralmas huquqlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻmita” raisiga bayonnoma yozdi. Bayonnomada xalqaro hamjamiyatni “oʻzaro ishonch asoslarini yaratish hamda tinchlik jarayoniga toʻsqinlik qiladigan amaliyotlardan voz kechish borasida har ikki tomonga ham (Falastin va Isroilga ham) yordamlashish”ga chaqirdi. Bayonnoma “Falastin xalqi ila xalqaro birdamlik kuni” munosabati bilan Marokash axborot agentligi tomonidan chop etildi”.
Roya:
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi aʼzosi doktor Musʼab Abu Arqub Muhammad VIning ayni Bayonnomasiga izoh berdi. Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi radiosi uchun yozilgan ushbu izohda bunday deyiladi:
“Marokash qiroli bu bayonnomasida yahudiy vujudi bilan muborak zamin ahliga bir xil munosabatda boʻlib, Rosululloh ﷺning Isro maskani boʻlmish muborak zaminni bosib olgan yahudiylar bilan ushbu zamin ahlini tenglashtiryapti. Vaholanki, Falastin ahli muborak zaminni bosib olgan mana shu yahudiylar tomonidan yillar davomida oʻldirilib, yurtlaridan surgun qilib kelindi… hamon bu azob-uqubatlardan boshi chiqmayapti”.
Doktor Abu Arqub soʻzini davom ettiradi:
“Qirol Muhammad oʻzining ushbu bayonnomasi orqali Ummat dushmani boʻlmish bosqinchi yahudiylar bilan muborak zamin ahlini tenglashtirar ekan, bu bilan oʻzini boshqa gʻarbparast yuvindixoʻr rejim hukmdorlar qatori allaqachon mana shu najas yahudiylar safiga oʻtib olganini koʻrsatib qoʻydi. Bu qirol va anavi hukmdorlarning aytishicha, yahudiy vujudi Falastin masalasidagi ikkinchi tarafmish, ikki taraf ham bir-birlarini tushunishlari va “tinchlik jarayoni”, degan narsa orqali Falastinni boʻlib olishlari kerak emish. Holbuki, “tinchlik jarayoni” xoinona ikki davlat yechimiga asoslangan. Bu ikki davlat yechimi shundan iboratki, muborak zaminning aksar qismi yahudiy vujudiga beriladi, buning muqobilida falastinliklarga mustaqil boʻlmagan hamda vazifasi yahudiylarni mudofaa qilishdan va ularning muborak zamin ahlidan oʻch olishlariga yordam berishdan iborat boʻlgan kichik bir davlatcha qurib beriladi.
Shubhasiz, qirolning bu soʻzlarining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi koʻtarilgan Marokash ahliga hech qanday mansublik yeri yoʻq, balki uning oʻzining, qolaversa, mustamlakachi xoʻjayinlari rejalarini hech uyalmay bajarayotgan oʻziga oʻxshagan malaylarga mansub. Nahotki, qirol yoki prezident Rosululloh ﷺning Isro maskanlari boʻlmish muborak zaminni bosib olgan va Ummatning dushmanlari hisoblangan yahudiylar bilan Falastin ahli va muqaddas dargohlari oʻrtasini teng koʻrsa, bu aqlga sigʻadimi?! Musulmon yurtlarini bosib olgan mustamlakachilar tomonga butkul oʻtib olgan bunday qirolu prezidentlarga nahotki sukut qilinsa?!”.
Doktor Abu Arqub matbuot izohini quyidagi soʻzlar bilan tamomladi:
Islom Ummatining ochiqchasiga Gʻarbga malaylik qilayotgan, Ummat dushmanlari tarafiga oʻtib olib, xoinlik kelishuvlari orqali yahudiy vujudini tinch hayot va kuch-qudrat manbalari bilan taʼminlayotgan hamda ularga muborak Falastin zaminini topshirib qoʻygan xoin hukmdorlarni ildizi bilan qoʻporib tashlash vaqti keldi. Ummat qoʻshinlari va armiya qoʻmondonlari uchun ham oʻz Islomlari va Ummatlari tarafiga oʻtib, darhol harakatga kelish hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Ummatni mustamlakachilarning malay hukmdorlaridan qutqarish vaqti keldi. Zero, Xalifalik Rosululloh ﷺning Isro maskanini va butun muborak zaminni ozod etish uchun armiyalarni safarbar etadi. Ana shunda bosqinchi yahudiy vujudiga yakun yasalib, shu darajada kulini koʻkka sovuradiki, hatto hukmdorlar, qirollar va xoinlardan iborat unga achinib yigʻlaydigan yetimlari ham qolmaydi.
Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.