Livan janubidagi falastinlik qochqinlar jamlogʻidagi mudhish voqealar

299
0

Matbuot bayonoti
Livan janubidagi falastinlik qochqinlar jamlogʻidagi mudhish voqealar

Abu Dovudning “Sunan”ida rivoyat qilingan hadisda Rosululloh ﷺ marhamat qiladilar:
“إنَّ السَّعِيدَ لَمَنْ جُنِّبَ الْفِتَنَ، إنَّ السعيدَ لَمَنْ جُنِّبَ الْفِتَنَ، إنَّ السعيدَ لَمَنْ جُنِّبَ الْفِتَنَ، ولَمَن ابتُلِيَ فَصَبَرَ؛ فَوَاهًا”
“Baxtli kishi fitnadan saqlangan kishidir, baxtli kishi fitnadan saqlangan kishidir, baxtli kishi fitnadan saqlangan kishidir va albatta sinovga uchrab sabr qilgan kishidir, voh”. “Voh”dan murod sinovga sabr qilgan kishi naqadar yaxshidir, degan maʼnoda.
Burji Shimoliy jamlogʻida avval portlash, soʻng janozadagilarga oʻq uzish kabi ketma-ket mudhish hodisalar yuz berdi, hodisada begunoh insonlar halok boʻldi! Bitta motam bir necha jamloqlardan koʻplab insonlarning motamiga aylandi… Ular hali oʻn gulidan bir guli ochilmagan yosh yigitlar edi. Shu nuqtai nazardan, yaʼni dinimiz hukm qilgan jihatdan kelib chiqib, biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati aʼzolari barchani fitnadan saqlanishga va sabr libosiga burkanishga daʼvat qilamiz.
Goʻyo Livandagi Falastin ahliga endi bir-birlari bilan qirpichoq boʻlish yetmayotgandek! Shundoq ham ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sogʻliqni saqlash va turmush tarzi kabi barcha sohalarda taʼriflashga til, yozishga qalam ojizlik qiluvchi surunkali krizislardan boshlari chiqmayotgandi. Zotan, bu balolarni Livandagi Falastin ahli ham, Livan ahli ham barobar tortmoqdalar.
Toʻgʻri, har tarafda koʻpayib ketgan koʻchalardagi qurolli koʻrinishlarga jiddiy qarshilik koʻrsatish kerak boʻlsa-da, biroq oʻzlarini Livandagi Falastin xalqining yetakchisi sifatida koʻrsatgan masʼul shaxslarni nizolarni bartaraf etish uchun birlashishga va har qanday gijgijlovchi bayonotlardan tiyilishga chaqiramiz. Ayniqsa, ularning insoniy haq-huquqlariga qarshi irqchilik toʻlqini avj olgan bir paytda, zudlik bilan yigʻilish uyushtirib, dushmanning ushbu hodisadan Livandagi Falastin ahliga qarshi foydalanishini oldini olishga chaqiramiz.
Fitnali gaplarni tashishdan ogohlantiramiz, fitnaga sabab boʻluvchi ortiqcha-bemaʼni gaplardan tiyilishga chaqiramiz, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar fitna tarqatish minbariga aylangan bir vaqtda, biz Paygʻambarimiz ﷺning ushbu soʻzlarini eslatamiz:
“كَفَى بالمَرْءِ كَذِباً أَنْ يُحَدِّثَ بِكُلِّ مَا سَمِعَ”
“Kishi eshitgan har gapini gapiraverishi yolgʻonchi boʻlishi uchun kifoya qiladi”. (Imom Muslim oʻz “Sahih”ida rivoyat qilgan).
Bu kunlarning dolzarb masalasi fitnadan saqlanmoq va musibatga sabr qilmoqdir. Jarohatlar uchun tishni-tishga qoʻyib, shariat mantiqidan, aqlirasolar hikmatidan kelib chiqib ish tutmoq lozim. Shu musibatlarda shunday boʻlinmasa-qachon boʻlinadi, axir?!
Haq nimayu botil nima ekani ayon boʻlishi uchun biz albatta Rosululloh ﷺning fitna vaqtlarida bizga buyurgan buyruqlariga amal qilishimiz kerak. Imom Buxoriyning “Sahih”ida rivoyat qilgan hadisda ul zot bunday deydilar:
“سَتَكُونُ فِتَنٌ القاعِدُ فيها خَيْرٌ مِنَ القائِمِ، والقائِمُ فيها خَيْرٌ مِنَ الماشِي، والماشِي فيها خَيْرٌ مِنَ السَّاعِي، ومَن يُشْرِفْ لها تَسْتَشْرِفْهُ، ومَن وجَدَ مَلْجَأً أوْ مَعاذاً فَلْيَعُذْ بهِ”
“Fitnali kunlar keladi… Unda oʻtirgan kishi turgan kishidan, turgan kishi yurgan kishidan, yurgan kishi yugurgan kishidan yaxshi boʻladi. Kim fitnada qatnashsa halok boʻladi, kim undan yashirin joy yoki panoh topsa, albatta oʻsha yerga berkinsin”.
Biz ushbu ahlimizga oʻz taʼziyalarimizni bildiramiz, jarohatlangan birodarlarimiz uchun Alloh Subhanahudan shifoi ojil tilab, barchalarini musibatga uchragan va sabr qilgan zotlarga beradigan ajr bilan mukofotlashini soʻraymiz. Ularga Alloh Azza va Jallaning salavot, rahmat va hidoyati boʻlsin.
﴿وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ * الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ * أُوْلَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّـهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ﴾
“Biror musibat kelganda: “Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz”, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana oʻshalarga Robbilari tomonidan salavot (magʻfirat) va rahmat bordur. Ana oʻshalar haq yoʻlni topguvchilardir” [Baqara 55-157]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.