Matbuot bayonoti
Iqtisodiy rivojlanishni musulmon yurtlaridagi moʻl-koʻl boyliklardan oqilona foydalangan holda, yolgʻiz Xalifalikkina taʼminlaydi
2021 yilning noyabr oyida Pokiston va Xalqaro Valyuta Fondi sudxoʻrlik kreditlari boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu bilan Pokiston Xalqaro Valyuta Fondi shartlarini bajaradigan boʻldi. Bu shartlar kichik byudjet orqali soliqlarni 350 milliard rupiga oshirish, har bir litr neftga oyiga 4 rupi qoʻshish, rivojlanish byudjetini 200 milliard rupiga qisqartirish va Xalqaro Valyuta Fondiga Pokiston davlat bankini nazorat qilishni topshirish kabi shartlardan iborat boʻldi. Ilgari hukumat elektr narxini oshirgan edi, 2022 yil bahor kelishi bilan yana oshirishi kutilmoqda. Pokistondagi musulmonlarni ezib yuborayotgan bunday iqtisodiy mashaqqat bosh vazir Imron Xon tomonidan amalga oshirilyapti. Zero, u hokimiyatga ilk kelgan paytda “biz oyoqqa turib olishimiz kerak, qarz olish mustaqillik va ulugʻlikdan voz kechish, demakdir, bir kun kelib kredit olishda davom etganimizdan qattiq afsuslanamiz”, degan edi.
Shunga qaramay, Imron Xon bugun Xalqaro Valyuta Fondiga tilanchilik qilishga majburligini aytyapti. Holbuki, aslida u tilanchilikni oʻzi tanlagan, bunga aslo majbur emas. Bu Xalqaro Valyuta Fondining Pokiston uchun yigirma ikkinchi dasturi hisoblanadi. Bas, avvalgi yigirma bittasi Pokistonga nima qildi-yu, bu yigirma ikkinchisi nima qila olardi?! Rupini dollarga bogʻlash rejimning qasddan oʻz ixtiyori bilan qilgan ishidir. Buning oʻrniga Islom buyurganidek oltin va kumushga bogʻlashi mumkin edi. Biroq qasddan qilingan ushbu tanlov byudjet taqchilligini taʼminladi, oqibatda Xalqaro Valyuta Fondi ostonasiga tiz choʻkish boshlandi. Uning qoʻygan shartlari sababli Pokiston oʻz-oʻzini taʼminlash, import oʻrnini toʻldirish va yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqish siyosatini qoʻllay olmadi. Xalqaro Valyuta Fondi iqtisodiyotimiz ustidan sudxoʻrlikdan tushgan qarzlarning toʻlanishini taʼminlash uchun hukmronlik qilmoqda. Iqtisodiy chora-tadbirlar va siyosatlar orqali iqtisodiy ahvolimizni yaxshilash uchun emas.
Darhaqiqat AQSh iqtisodiy tuzumi islomiy yurtlarni turli davlatlarga boʻlib tashladi. Qatar gazi, Hijoz nefti, afgʻon konlari, Pokiston qishloq xoʻjaligi va yadroviy energiyasi, hamma-hammasini bir-biridan ajratib yubordi. Ummatning millatchi davlatlarga boʻlib tashlanishi bizning nafaqat siyosiy va harbiy qudratimizni parchaladi, balki barchamizni iqtisodiy jihatdan zaif, Gʻarbga qaram qilib qoʻydi. Buning muqobili oʻlaroq, Qoʻshma Shtatlarni oladigan boʻlsak, agar uni ellikdan ortiq davlatchaga boʻlib tashlansa, uning ham qudrati parchalanib ketadi. Masalan, AQSh texnologiya markazi Kaliforniyaning Silikon vodiysida joylashgan boʻlib, energiya bilan oʻzini-oʻzi taʼminlay olmaydi. Moliyaviy poytaxti Nьyu-York, barcha neftь va gaz resurslari makoni Texas, barcha qishloq xoʻjalik, koʻmir va kon resurslari markaziy gʻarbiy shtatlarda joylashgan. Amerikaning yirik qudrat qilgan narsa mana shu viloyatlarning birligidir. Bas, nega Bajva-Imron hukumatini ham Xalifalik barpo etib, musulmon yurtlarini Islom asosida birlashtirmaydi, bundan nima toʻsadi?!
Ey Pokiston Qurolli kuchlari!
Bu ilmoniy tuzumdan biror yechim topish mumkin emasligi ochiq koʻrinib turibdi. Buni avvalgiyu hozirgi oʻyinchilar tajribadan oʻtkazishdi. Muammo faqatgina hozirgi rejimning iqtisodiy mustaqillikdan Amerika manfaati uchun voz kechganligida emas. Balki Kashmirni Modiga topshirib yuborganligi ham bir muammo. Zero, buning oqibatida Pokistonning milliy xavfsizligi navbatdagi xavfli choʻqqiga yetib keldi. Soʻnggi yillarda mudofaa byudjeti yalpi ichki mahsulotga mutanosib ravishda doimiy ravishda kamayib bormoqda. Bu amerikacha iqtisodiyotdan qanday qilib yaxshilik kutish mumkin, axir, mana shu iqtisod afgʻonistonlik mujohidlarni tilanchilik qilishga majbur qilayotgan boʻlsa?! Bas, xoh parlament boshqaruvi, xoh prezidentlik, xoh aralash boshqaruv boʻlsin, bunday kapitalistik demokratik boshqaruvdan qoʻlingizni torting. Balki Amerika iqtisodiy tuzumidan voz kechib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga qoʻlingizni bering. Ushbu Xalifalikkina Ummatning yirik boyliklarini birlashtiradi va tez orada buyuk Islom dini bilan buyuk qudratga aylanadi.
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot boʻlimi