AQSh Prezidenti demokratiyani mustahkamlash uchun virtual sammit oʻtkazdi
AQSh Prezidenti Jo Bayden Oq uyda demokratiyaga bagʻishlangan birinchi sammitni oʻtkazdi. Videokonferentsiya shaklida oʻtgan sammitda Bayden global evrilishlar haqida ogohlantirib, 100dan ortiq davlatlar rahbarlarini demokratik institutlarni rivojlantirish yoʻlida hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. “Associated Press” agentligining yozishicha, Bayden demokratiyani mustahkamlash uchun saʼy-harakatlarni ikki baravar oshirish zarurati allaqchon yetilganini taʼkidlagan. Ayni paytda u AQShning oʻzi ham demokratik institutlar va anʼanalar borasida muammolarga duch kelayotganiga ishora qildi.
“Bu shoshilinch masala. Maʼlumotlarga qaraganda voqelik biz istamagan yoʻnalishda rivojlanmoqda”, dedi Bayden sammit ochilishida soʻzlagan nutqida.
AQSh prezidenti dunyoda demokratiya uchun xavotirli tendentsiyalar mavjudligini urgʻular ekan, mavjud tendentsiyalar asosan “yanglish” tomonga boshlayotganligini va hozirda demokratiya himoyachilarga juda muhtoj boʻlib qolganligini taʼkidladi.
Demokratik qadriyatlarni himoya qilish uchun ikki karra koʻproq kuch sarflash zarurligini urgʻulagan Bayden butun dunyoda demokratik institutlar zaiflashgani yuzasidan tashvish bildirib, davlatlar rahbarlarini demokratiyani oʻrnatish mumkinligini koʻrsatish uchun “qoʻlni qoʻlga berishga” chaqirdi. Unga koʻra, bugungi kun ayni hal qiluvchi palladir.
Izoh: Bayden ushbu tashabbusi bilan kundan kunga qulab borayotgan tuzumini birozga boʻlsa ham umrini uzaytirishga urinmoqda. Chunki ichki siyosatda “boshqaruv xalqniki”, deya oʻz xalqini aldab boshqarishda, tashqi siyosatda esa “sizga hurriyat olib keldik”, deya oʻziga tobe davlatlarning itoatini kuchaytirib, boyliklarini talon taroj qilishda demokratiya asosiy tayanch vazifasini bajaradi. Yaʼni demokratiyani mustahkamlash kapitalizmni, mustamlakani, hukmronlikni mustahkamlash demakdir.
Bugungi kunda demokratiyaning tanazzulga yuz tutgani sir boʻlmay qoldi. Gʻarb davlatlari va ularning Islom olamidagi malaylarining “ozodlik”, “inson huqulari”, “qonun ustivorligi, “ayollar huquqi”, “erkin saylovlar”, “terrorizmga qarshi kurash” shiori ostida olib borayotgan nayranglari foyda bermayapti. Hatto Gʻarb xalqlarining oʻzlari ham demokratiyadan voz kechmoqda. Koʻplab Gʻarb mufakkirlari demokratik gʻoyalarning muvaffaqiyatsizligi va abgorligi haqida bashorat beradigan boʻlib qolishdi. Kuni kecha AQSh davlat kotibining xavfsizlik, demokratiya va inson huquqlari boʻyicha yordamchisi Yezra Zea, “Biz, shubhasiz, demokratiya uchun muhim lahzasi turibmiz”, deya, dunyoning demokratik davlatlari “yangi tahdidlardan kelib chiqayotgan va tobora ortib borayotgan muammolarga duch kelayotganligini va deyarli butun dunyodagi mamlakatlar turli darajada demokratik chekinishni boshdan kechirganligini bildirdi. Bu esa Gʻarb yetakchilarini tashvishga solishi tabiiy hol. Chunki ular demokratiyaning qarshisida Islom hazorati turganligini koʻrib turibdi. Bu hol hammadan ham koʻproq Gʻarb siyosatchilarini bezovta qilmoqda. Shuning uchun ular talvasaga tushib, haqiqatni nohaq qilib koʻrsatishga jon jahdi bilan harakat qilishyapti.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish joizki, demokratiya oʻzining haqiqiy maʼnosiga koʻra tatbiq etish imkonsiz boʻlgan xayoliy mafkuradir. Yaʼni Demokratiyaga berilgan taʼrifga koʻra, xalq oʻzini oʻzi boshqarishi va oʻz hayotini tartibga solish uchun zarur boʻlgan qonunlarni oʻzi chiqarishi hamda koʻpchilik nima desa shu boʻlishi kerak. Bu qanday boʻlishi mumkin?! Bitta davlatda millionlab aholisi bir joyga toʻplanib, “koʻpchiligimiz mana buni xohlaymiz”, deb qonun chiqarib qoʻyishi imkonsiz albatta. Demak xalq qonun chiqarish huquqidan voz kechib, oʻz oʻrnini deputatlar kengashidan iborat parlamentga boʻshatib berishga majbur. Endi uning roli faqat oʻsha deputatlarni saylash boʻlib qoladi xolos. Qonunlarni esa, hatto parlamentning oʻzi emas, u tomonidan belgilangan qonunchilik hayʼati chiqaradi. Mana shundan koʻrinib turibidiki, qonunlarni halqning koʻpchiligi emas, balki kam sonli bir toʻda kapitalistlar chiqaradi va hech qachon xalqdan qabul qilishi yoki qimasligi haqida soʻramaydi. Xalqning chiqarilayotgan qonunlarga hech qanday aloqasi ham, xabari ham boʻlmaydi. Shuning uchun Gʻarb olamida yangi qonunlarga qarshi xalq gʻalayoni deyarli har kuni kuzatiladi. Demak, demokratiya bu “koʻpchilik xalqning boshqaruvi” emas, balki ozchilik kapitalistlarning butun xalq ustidan hukmronlik qilishidir, yaʼni koʻzboʻyamachilikning oʻzginasidir.
Qiyomuddin Sharif