Germaniya AQShdan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar joriy etmaslikni soʻramoqda

168
0

Germaniya AQShdan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar joriy etmaslikni soʻramoqda

Xabar: Germaniya hukumati “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etmaslikni soʻrab AQSh Kongressiga murojaat qildi. Axios nashri xabariga koʻra, Germaniyaning AQShdagi elchixonasi 19 noyabr kuni kongressmenlarga bu toʻgʻridagi maxfiy hujjatni topshirgan.
Hujjatda aytilishicha, Germaniya hukumati Ukraina orqali gaz tranzitiga doir amaldagi shartnomaning 10 yilga uzaytirilishiga erishish boʻyicha majburiyatiga jiddiy yondashadi. Rossiyaning ushbu tranzit yoʻlidan voz kechishi bilan bogʻliq xavotirlar “Shimoliy oqim-2” muxoliflarining asosiy argumentlaridan biridir.
Shuningdek, hujjatda, agar Ukraina hududi orqali gaz tranziti saqlanib qolsa, Boltiq dengizi tubidan oʻtgan gaz quvuri unga xavf solmasligi aytilgan.
Berlin AQShning oʻz ittifoqchisi boʻlmish Germaniyaga qarshi har qanday sanktsiya joriy etishi “faqat va faqat Putinning gʻalabasi” boʻlishi hamda Germaniyaning, jumladan, Ukraina oldidagi majburiyatlarini bajarishini xavf ostiga qoʻyib, “Transatlantika birligi”ga putur yetkazishi mumkinligini taʼkidlagan.
Hujjatda Kreml “Shimoliy oqim-2”ni siyosiy maqsadlarda qoʻllay boshlagan taqdirda Germaniya Moskvaga bosim oʻtkazish uchun bir qancha vositalarni ishga solishi mumkinligi bildirilgan.

Izoh: … AQSh Rossiya gazini Yevropa va Germaniyaga Boltiq dengizi ostidan eltib beruvchi “Shimoliy oqim-2”dan voz kechishi uchun Germaniyaga bosim oʻtkazmoqda. Oʻtgan yilning oxirida, 2020 yil dekabrda Amerika ayni loyihada ishtirok etuvchi kompaniyalarga qarshi sanktsiyalar kiritib, gʻoyat mutakabbirlik bilan ulardan quvur yotqizishni toʻxtatishni talab qildi. Ayni loyihani moliyalashtirgan Germaniya fondiga jarima solishni istamoqda. Bunga Germaniya vazirlar mahkamasi bunday javob qildi: (“Germaniya va Yevropa kompaniyalariga qarshi bir tomonlama sanktsiyalar qoʻyilayotgan ekan, Germaniya hukumati fondga ham sanktsiya qoʻyilishini inkor eta olmaydi. Berlin “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi AQSh tomonidan sanktsiyalar qoʻllanishiga norozilik bildirib, buni Yevropa suverenitetini buzish, deb hisoblaydi”. Sputnik, 2021 yil 1 mart). AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Edvard Prays bunday bayonot berdi: (“Bryusselda boʻlib oʻtgan NATOga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi chogʻida AQSh davlat kotibi Blinken germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uchrashdi. Blinken Rossiyaning jamoaviy xavfsizlikka putur yetkazish harakatlariga qarshi turish uchun Qoʻshma Shtatlar oʻzining ittifoqchi va sheriklari bilan birgalikda harakat qilish majburiyatiga sodiq ekanini, shuningdek, “Shimoliy oqim-2”ga qarshiligini alohida urgʻuladi”. DPA, 2021 yil 24 mart). Amerika Tramp davrida qoʻllagan va Bayden davrida ham qoʻllashni davom ettirayotgan siyosat mana shu. Zero, u Rossiyaga iqtisodiy jihatdan zarba berishni hamda uning Yevropa bilan boʻlgan aloqalarini taranglashtirishni istamoqda. Germaniyani AQShning past sifatli gazini qimmat narxda sotib olishga majburlamoqchi boʻlyapti!
Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshtaning30 mart 2021 “AQShning Rossiya va Xitoyga nisbatan siyosati” savolga javobidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.