Rossiya Qirgʻizistonning til boʻyicha yangi qonun loyihasidan xavotirda

355
0

Rossiya Qirgʻizistonning til boʻyicha yangi qonun loyihasidan xavotirda

 Xabar: Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchisi Nikolay Udovichenko elchilikning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga “Qirgʻizistonning davlat tili haqidagi” qonun loyihasiga oid vaziyatga izoh berdi.

 Uning aytishicha, Rossiya vaziyatni kuzatib turibdi va u yerda loyihaning hozirgi turida qabul qilinishi “Konstitutsiyada rasmiy til qatori qabul qilingan rus tilining foydalanish hududi qisqaradi degan xavotirlar” bor.

 “Mamlakatda qadrli dunyo klassigi Chingiz Aytmatovni rus tilining Qirgʻizistondagi insonparvarlik missiyasi haqida aytganlarini yodga olish ortiqcha boʻlmasa kerak. Muvaffaqiyatlardan shunchalik oson bosh tortishning nima hojati bor?” – deb yozdi Udovichenko.

 Izoh: Rossiyaga ishlash yoki vaqtinchalik yashash maqsadida borgan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirishlari shart. Rus hukumati qabul qilgan bu qarorga qarshi mintaqaning biror davlat rahbari yoki rasmiylari eʼtiroz bildirishmadi. Aksincha borgan davlat tili va qonunchiligini bilan mehnat migrantlari u yerda oʻz oʻrni va ishini topib ketishi oson boʻlishini aytib, maʼqullab ham chiqishdi. Shu bilan birga Oʻrta Osiyo respublikalardan birida tugʻilib, butun umr shu yerda yashab, shu yerning nonini yeb oʻtgan ruslar mahalliy tilni, tarixini bilmasliklari oddiy hol hisoblanadi. Ularga qarshi hech kim eʼtiroz bildira olmaydi. Agar rusiyzabonlarga nisbatan biror ish yoki harakat sodir boʻladigan boʻlsa, darhol rus hukumati va elchixonalari harakatga kelib kamsonli xalqlar huquqlari paymol etilayotgani toʻgʻrisida bong ura boshlashadi. Mahalliy prezident va amaldorlar esa rus tili millatlararo muloqot tili ekanligini roʻkach qilib, hatto davlat ishlarini ham rus tilida olib borishadi. Mana shularning oʻzi ham mintaqada kim “katta ogʻa” ekanligini koʻrsatib turipti.

 Qirgʻiziston sobiq Sovetlar ittifoqi mustamlakalari ichida Rossiyaning saqofiy taʼsiri ostidagi davlatlarning oldingi safida turadi. Qirgʻiz hukumati oʻtgan davr mobaynida Rossiyaning saqofiy mustamlakasidan xalos boʻlish yoʻlida biror qadam ham tashlamadi. Aksincha boshqa qoʻshni respublikalardan farqli ravishda rus tiliga ramiy til maqomini berdi. Maʼlumki, alifbo va til mustamlakachi davlat saqofatining yoyishda muhim rol oʻynaydi. Masalan, sotsialistik tuzum kelgach Markaziy Osiyo musulmonlar ming yildan oshiq vaqt mobaynida foydalanib kelgan arab alifbosini bekor qilib, oʻz saqofatini kirill alifbosi orqali yoyishni boshladi. Bu orqali bosqinchi rus hukumati “bir oʻq bilan ikki quyonni ovladi”. Birinchidan arab alifbosini bekor qilish orqali mintaqa musulmonlarini ming yillar davomida oʻrganib, oʻzlashtirib kelgan Islom saqofati, Islom tarixidan uzib tashlagan boʻlsa, ikkinchidan, mahalliy aholi orasida “savodsizlikni” tugatish bahonasi bilan xudosiz kommunistik mafkurani targʻib qildi.

 Bugungi kunda kapitalistik tuzum vakillari boʻlgan Gʻarb davlatlari lotin alfibosidan foydalanishadi. Shu sababli, ular uchun har bir mamlakat mazkur alifbodan foydalanishi ahamiyatli. Ular bu maqsadlariga yetish uchun “turkiy tilli xalqlar birligi”ni bahona qilishadi. Shuningdek, taʼlim sohasiga grantlar ajratish orqali oʻz taʼsirini kengaytirib boradi. Masalan, Yevropa Ittifoqi Qirgʻiziston taʼlim sohasiga 37,5 million yevro ajratdi. Tabiiyki, ajratilgan bu mablagʻ bilan oʻsib kelayotgan yosh avlodga gʻarbcha dunyoqarashni singdirish ham birga kirib keladi. Agar YeIning bu maqsadi amalga oshadigan boʻlsa yaqin kelajakda Yevropacha qadriyatlar, jumladan “bir jinsli nikoh” oddiy hol boʻlib qoladi.

 AQSh va Gʻarb davlatlari qoʻllagan sanktsiyalar va Putinning mustabid siyosati natijasida Rossiya jarlik tomon qulab boryapti. U oʻzi bilan barcha saqofiy, harbiy, siyosiy va iqtisodiy mustamlakalarini qoʻshib tortib ketishi mumkin. Mustamlakaning bu toʻrtala turi ham, avval saqofiy mustamlaka oʻrnatish ortidan kirib boradi. Shuningdek, bu mustamlakalarning barchasidan qutulishda ham, mustamlakachining saqofiy taʼsiri ostidan chiqib olish asosiy va muhim oʻrinni egallaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.