Togʻut firʼavnlarni hamda namrudlar va ularning gumashtalarini yetishtirib chiqaradigan botqoqlik

252
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Togʻut firʼavnlarni hamda namrudlar va ularning gumashtalarini yetishtirib chiqaradigan botqoqlik

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi oʻz saytida Ustoz Ahmad Hoji Muhammad qalamiga mansub “Togʻutlar paydo boʻladigan botqoq” sarlavhali maqola nashr qildi. Maqolada bunday soʻzlar kelgan:
“Togʻutning tugʻyoni harchand kuchli boʻlsa ham, undan amr oladigan va amrini oʻrnida bajo keltiradigan askarlari va gumashtalari boʻlishi lozim. Ular togʻutga kerak, togʻut ham ularga kerak. Hatto bu askaru gumashtalar togʻutsiz yashay olmaydigan botqoqqa oʻxshaydi… Botqoqdagilarning har biri togʻut hisoblanib, ular togʻut qilayotgan barcha zulm va jinoyatlar gunohiga sherikdirlar. Axir, biz takabburlik va zulmni rahbarlarda ham, uning gumashtalarida ham barobar ekanini koʻrdik-ku?! Ularning fikrlash va ishonchda bir-birlariga hamkorliklarini, bu esa ularni firʼavnga munosib merosxoʻr boʻlgan, balki undan ham oʻtkazib bajaradigan uning askarlaridan biriga aylantirganini, guvohi boʻldik-ku?! Bularning barchasi bunday degan Muntaqim Jabbor zotning odil jazosiga loyiq:
﴿فَأَخَذْنَاهُ وَجُنُودَهُ فَنَبَذْنَاهُمْ فِي الْيَمِّ فَانظُرْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الظَّالِمِينَ﴾
“Biz uni va lashkarlarini ushladik-da, dengizga tashladik. Endi siz u zolim kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻring” [Qasos 40]
Bas, bu rahbarlar, amaldorlar, askarlar va gumashtalarning oqibati mana shu. Ular shunday bir zanjirni tashkil qiladiki, undagi zulm tizimida eng past darajani egallagan kimsa oʻz jinoyatlarini davom ettirish va Alloh Azza va Jallani gʻazablantirishda eng yuqori darajalarga erishmoqchi boʻladi. Biroq, ular eng yuqori va oliy boʻlgan zot buyuk Alloh ekanini, U bandalaridan ustun gʻolib boʻlib, hikmat sohibi va har ishdan xabardor ekanini mutlaqo unutishgan.

Roya gazetasining 2021 yil 17 noyabr chorshanba kungi 365-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.