Kuch-qudrat ahli hukmdorlardan xalos boʻlmogʻi lozim, chunki ular bizga qarshi josuslik qilishi va Afgʻonistonga hujum uyushtirishi uchun havo hududlarimizni AQShga ochib berishmoqda

272
0

Matbuot bayonoti

Kuch-qudrat ahli hukmdorlardan xalos boʻlmogʻi lozim, chunki ular bizga qarshi josuslik qilishi va Afgʻonistonga hujum uyushtirishi uchun havo hududlarimizni AQShga ochib berishmoqda

Amerikaning CNN telekanali xabariga koʻra, Bayden maʼmuriyati kongressda oʻtkazgan maxfiy brifingda Afgʻonistondagi harbiy va razvedka operatsiyalari uchun Pokiston havo hududidan foydalanishi va bu borada Islomobod bilan kelishuvga erishishga yaqin qolgani toʻgʻrisida kongressni xabardor qilgan. Pokiston tashqi ishlar vazirligining ayni xabarni “inkor etishi” aslida uni tasdiqlaydi. Chunki Qoʻshma Shtatlar ikkita dron orqali yaqinda sodir etgan hujumda oʻndan ortiq tinch aholi shahid boʻldi. Bu amaliyot Pokiston havo hududiga qarashli havo koridori orqali amalga oshirildi. Zero, AQSh uchuvchilari bizning havo hududimizni “Bulvar”, deb atashadi. AQShning Afgʻonistondagi magʻlubiyati ortidan Pokistonning siyosiy va harbiy rahbariyati Amerikaning dronlari va harbiy samolyotlari uchun Pokiston havo hududini ochib berishga qanday jurʼat qilishmoqda? Axir bu narsa Afgʻonistondagi birodarlarimizning bombardimon qilinishiga, Qoʻshma Shtatlarning Tolibon hukumatiga harbiy jihatdan bosim oʻtkazishiga hamda Balujistondagi yadroviy obʼektlarimiz ustida josuslik qilishiga imkon beradi-ku! Hech shubha yoʻqki, havo hududlarimizni AQShga ochib bergan Pokiston hukmdorlari old eshikdan chiqib ketgan Baydenga orqa eshikdan qaytib kirishiga imkon berishmoqda. Qolaversa, Alloh Subhanahu va Taolo hamda Paygʻambar ﷺning buyruqlariga qarshi chiqayotgan bu xoin hukmdorlar Hindiston bilan boʻlgan munosabatlarini tiklab berishi uchun Baydenga yolvorishib, AQShning Modini kuchaytirish va Hindistonni regional gegemonga aylantirish orqali mintaqadagi oʻz maqsadlarini amalga oshirishiga imkoniyat yaratib berishmoqda.
Ey Pokistondagi musulmonlar!
Bizdagi beqaror vaziyat harbiy zaifligimiz sababli emas. Chunki biz ilgari Rossiyani ushbu musulmon yurtdan quvib solgan boʻlsak, bugun Amerikani chiqib ketishga majbur qildik. Zaifligimiz shuningdek, iqtisodiy zaiflik sababli ham emas. Chunki islomiy yurtlar, jumladan, Afgʻoniston iqtisodiy resurslarga boy mintaqa. Zotan, Afgʻonistonni amerikaliklar “Litiy Saudiyasi”, deb atashadi. Shubhasiz, zaifligimizning sababi amerikaparast siyosiy va harbiy rahbariyatdir. Chunki ular Amerikaning magʻlubiyatini gʻalabaga aylantirishga urinib, musulmonlarning muqaddas narsalariga panja orasidan qarab kelishmoqda, bosib olingan Islom yurtlarining ozod boʻlishiga toʻsqinlik qilib, Gʻarb tomonidan Islomning hokimiyatga qaytishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ishlab chiqilgan global tizimga sadoqat koʻrsatishmoqda.
Ey Pokiston Qurolli kuchlari safidagi musulmon zobitlar!
Hozirgi bunday global tizim ostida hukmdorlarimizning Islom va musulmonlarga boʻlgan xiyonatlari kundan-kunga ortmoqda. Ular Gʻarb manfaatlariga xizmat qilish uchun Xalqaro Valyuta Fondi shartlarini va BMT qarorlarini bahona qilib keltirishmoqda. Bas, siz bunday tizimni ildizi bilan sugʻurib tashlang. Aks holda, bu xoin hukmdorlar iqtisodiy manfaatlarni taʼminlash, degan yolgʻon daʼvolar bilan strategik manfaatlarimizni qurbon qilishda davom etadilar. Hozir Alloh Subhanahu va Taolo sizga oltin fursat bergan. Siz bu fursatdan foydalanib, Xalifalikni barpo etish va ushbu bitta davlat ostida Pokiston, Afgʻoniston va Markaziy Osiyoni birlashtirish orqali global tizimni yoʻq qilish imkoniyatiga egasiz. Hozir Qoʻshma Shtatlar kasal ahvolda… sizning qarshingizda tura oladigan vaziyatda emas. Shunday ekan, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berish bilan anavi amerikaparast hukmdorlarni agʻdaring. Alloh Taolo bunday degan:
﴿قُلِ اللَّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِي الْمُلْكَ مَنْ تَشَاءُ وَتَنْزِعُ الْمُلْكَ مِمَّنْ تَشَاءُ وَتُعِزُّ مَنْ تَشَاءُ وَتُذِلُّ مَنْ تَشَاءُ بِيَدِكَ الْخَيْرُ إِنَّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ﴾
“Ayting: “Ey mulku davlat egasi boʻlgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni kuchli qilursan va istagan kishingni xor qilursan. Bor yaxshilik yolgʻiz Sening qoʻlingdadir. Albatta Sen barcha narsaga qodirsan” [Oli Imron 26]

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.