Pokistondagi siyosiy va harbiy rahbarlar qonun va konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bilan hokimiyatga chirmashib yopishib olishmoqda

242
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokistondagi siyosiy va harbiy rahbarlar qonun va konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bilan hokimiyatga chirmashib yopishib olishmoqda

Imron Xon general-leytenant Fayz Hamidni Pokiston razvedka rahbarligidan bo‘shatib, tahdid qilishi ortidan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, bunday dedi:

«Pokistondagi siyosiy va harbiy rahbarlar qonun va konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bilan hokimiyatga chirmashib yopishib olishmoqda. Ular hokimiyat va noqonuniy boyliklar ustidagi o‘zlarining shaxsiy ambitsiyalarini qondirishda qonundan foydalanishyapti. Aslida esa, Islomda insonlar ustidan hukm yuritish Alloh Subhanahuga ibodat va itoat qilish hisoblanadi. Chunki odamlarni yolg‘iz Islom shariati bilan boshqarish vojibdir».

Bayonotda Pokistondagi musulmonlarga bunday murojaat qilindi:

«Demokratiya faqatgina o‘zini va mustamlakachi xo‘jayinlarini o‘ylaydigan va bundan boshqa tashvishlari yo‘q rahbarlarni etishtirib chiqaradi. Bas, bunday tuzumga qarshi chiqib, Islom boshqaruvi bo‘lmish Xalifalikni barpo etish uchun Alloh yo‘lida harakat qilish vaqti keldi».

Bayonot so‘nggida Pokiston qurolli kuchlariga bunday murojaat yo‘llandi:

«Anavi rahbarlarga o‘z shaxsiy ambitsiyalarini qondirish uchun sizning kuch-qudratingizdan foydalanmoqchi bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymang. Boylik orttirishga harakat qilayotgan bunday korruptsiyachi rahbarlardan voz keching va xalqingizni azob-uqubatlardan, baxtsizliklardan ozod eting. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat bering.

Roya gazetasining 2021 yil 3 noyabr chorshanba kungi 363-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.