Ummatning saltanatsiz hech qanday haybati yo‘qdir

245
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ummatning saltanatsiz hech qanday haybati yo‘qdir

Ustoz Abdulloh Ali qalamiga mansub

Amerikalik jurnalist Tomas Fridman yana favqulodda bong urdi. Lekin u bu safar kapitalistik Evropa va uning xalqiga qarata bong urib, ularni agar chora ko‘rmaydigan bo‘lsalar bu qish sovuqdan o‘lib ketish mumkinligidan ogohlantirdi. U shuningdek, isitish vositalariga javobgar bo‘lgan tomonlarni energiya zaxiralariga e’tibor qaratishga va hozirgi yangi vaziyatdan foydalanib qolishga chaqirdi. Unga ko‘ra, bunday vaziyatda jahon energiya bozorida, xususan, Rossiya va Qatardan olib kelinadigan tabiiy gaz borasida tebranishlar yuzaga kelgan bo‘lib, bundan oqilona foydalanib qolish lozim.

AQShning «Nьyu-York tayms» gazetasida nashr qilingan «A Scary Energy Winter Is Coming. Don’t Blame the Greens» sarlavhali o‘z maqolasida Fridman «Blain’s Morning Porridge» (Moliyaviy byulleten) xabaridan hayron qolganini bildirdi. Xabarda moliya bozorlari bo‘yicha strateg Bill Pleyn Britaniya va Evropadagi vaziyat haqida so‘z yuritib, energiya narxlari ortayotgan bir vaziyatda «kambag‘al odamlar oldida ikki variant qolmoqda: yo qo‘llaridagi mablag‘lariga eb-ichishadi yoki sovuqdan o‘lishadi», dedi. Fridman o‘z maqolasida odamlarning bunday taqdiri haqida gapirar ekan, bu narsani odamlarni alьternativa bilan ta’minlashdan oldin toza energiyaga o‘tish majburiyatini zimmasiga olgan G‘arb hukumatlari siyosatiga bog‘ladi. U shuningdek, hukumatlarning hozirda mavjud ideal alьternativa «tabiiy gaz»ga birdaniga yopirilishlari dunyo bo‘ylab gaz narxining tabiiy o‘sishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi. Ma’lumki, jurnalist bu erda Eronning Qatar gazi eksportiga to‘sqinlik qilib, o‘zining «AQSh bilan bo‘lgan mojarosida» ayni vaziyatdan foydalanayotganiga ishora qilmoqda.

Fridmanning geosiyosiy voqelik haqidagi hamda xalqaro doiralarning o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash uchun olib borayotgan kurashlari to‘g‘risidagi kuzatuvlari g‘oyat muhim narsaga e’tiborimizni tortdi. Ya’ni, Islom Ummati o‘z yurtlarida sodir bo‘layotgan bu hodisalarga nisbatan qanday pozitsiyada turibdi?! Nega bu yahudiy kapitalist jurnalist ikki milliardni tashkil qilayotgan bir Ummat haqida miq etmayapti, axir, bu Ummat dunyodagi geografik jihatdan eng muhim erlarda yashamoqda va behisob boyliklarga ega Ummat hisoblanadi, jahon savdosining katta qismi uning erlaridan o‘tadi, er yuzidagi hech bir xalqda topilmaydigan birdamlik va kuch-qudrat omillari shu Ummatda mavjud?!

Xo‘sh, Islom Ummatini haybati yo‘q va hech kim hisoblashmaydigan ummatga aylantirgan narsa nima, axir, u moziyda, endigina oyoqqa turayotgan bir davrida butun insoniyatga haybat solib, Fors va Rumdek ikki imperiyani mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa?! Aniqrog‘i, bu Ummat nimasini yo‘qotdiki, insoniyat hazorati va hozirgi zamon taraqqiyotida faol millatlarga ergashuvchi tobe ummatga aylanib qoldi?!

Ha, Ummatning bugungi kundagi ahvolidan hamda uning qanchalar zaiflashib, dushmanlarining nazdida e’tibori yoqolganidan ajablanishga haqqimiz bor. Aslida esa, Ummatda buyuklik, ulug‘vorlik va kuch-qudrat omillari mavjud. Unda yuksak mavqega erishish uchun moddiy vositalar muhayyo. Hatto dunyoni fath qilgan bobolarimizda yo‘q imkoniyatlar hozirgi Ummatda bor. U hamon o‘z dini, Qur’oni, sunnatini mahkam ushlab kelmoqda, binobarin, unda ruhiy jihat ham mavjud. Biroq, Ummatda etishmayotgan narsalarning asosi-o‘zagi Islom davlatida gavdalanuvchi saltanatidir.

Hokimiyati tortib olingan hech bir Ummat qudratli bo‘lmagan. Har qanday Ummat albatta hokimiyat bilan haybatga ega bo‘lgan. Hokimiyat bo‘lmasa, na nomus, na jon va na mol himoya qilinadi. Bu o‘lchov Islom Ummatiga ham tegishli. Albatta u boshqa ummatlardek emas, chunki u insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatdir, ma’rufga buyuradi, munkardan qaytaradi, Allohga imon keltiradi. Shuning uchun ham u asrlab barcha ummatlar islohi uchun tuz bo‘lib keldi. Ammo bugun tuzning o‘zi buzilsa, kim uni tuzatadi?!

Islomiy Ummat holiga nazar tashlagan kishiga shu narsa aniq ko‘rinadiki, u bugungi kunda xor zaif ahvolga tushib qoldi, qoni, nomusi va molining daxlsizligi qolmadi, bular borasida na ahdga va na burchga boqilyapti. Ummat insoniyatning eng pasti sanalgan va peshonalariga xorlik bitib qo‘yilgan kimsalar qo‘li bilan, hatto sanam va sigirlarga sig‘inuvchi mushriklar tomonidan o‘ldirilmoqda. Musulmonlar qaerda, qay davlatda yashamasinlar, ahvollari mana shunday. Bir so‘z bilan aytganda, musulmonlar o‘z birodarlarining qirg‘inga, qochqinlikka va xorlikka uchrayotganini ijtimoiy tarmoqlar yoki ommaviy axborot vositalari orqali guvohi bo‘lyaptilar. Bu ayanchli manzaralarni ko‘rar ekanlar, musulmon birodarlari holiga alam va hasrat chekib, qo‘llaridan kelgancha ularga yordam berishga harakat qilmoqdalar. Lekin ular o‘zlarining bo‘linishlari va parchalanishlarining asl haqiqatidan, birodarlariga haqiqiy nusratni berolmayotganining sababidan butunlay g‘aflatdalar.

Ammo islomiy yurtlarni parchalashdan asosiy manfaatdor bo‘lgan mustamlakachi kofir bu haqiqatni yaxshi biladi. Lekin bu parchalangan yurtlarni davlat deyishga ham yaramaydi, chunki ular nafaqat insonlar manfaatini ta’minlashga, hatto o‘zini bosqinchi dushmandan himoya qilishga ham ojiz. Shunday qilib, G‘arb musulmonlar birligini bo‘lib tashladi. Vaholanki, bundan oldin Rosululloh ﷺ ularni bitta din, bitta imom va bitta bayroq ostiga birlashtirgan edi.

Ha, Islom va musulmonlarni yomon ko‘ruvchi bu mustamlakachi o‘z oyoqlari ostida tiz cho‘kayotgan xoinlarni ko‘rmaganida edi, musulmon yurtlariga kirmagan, hatto bunga jur’ati ham etmagan bo‘lardi. Zero, bu xoinlar G‘arbning millatchilik va vatanparvarlik kabi buzuq fikrlaridan sug‘orilib, odamlarning dinlarini ham, dunyolarini ham buzishdi. Kufr millatiga o‘zining buzuq qonunlarini islomiy yurtlarga hech qanday to‘siq va e’tirozsiz kiritishiga yordam berishdi va shu kofirlar manfaati uchun razil xizmatkorlar bo‘lishni o‘zlariga ravo ko‘rishdi. Va nihoyat, mustamlakachi kofir Xalifalik davlatida gavdalanuvchi hokimiyatlarini ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi, chunki hokimiyat musulmonlarning qudrati va azizlik manbai edi. Darhaqiqat, buni o‘sha paytda Britaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan lord Kerzon hamma mustamlakachidan yaxshiroq tushundi. Britan jamoatchilik kengashida deputatlardan biri uning Turkiya mustaqilligini e’tirof etganiga norozilik bildirgan paytda, «masala shuki, Turkiya mag‘lub etildi, u qayta oyoqqa turolmaydi, chunki biz uning ma’naviy qudratini – Xalifalik va Islomni yo‘q qildik», deya javob qilgan edi.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.