بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hindiston Assam shtatidagi musulmonlarni quvib chiqarishni kuchaytirdi
Hindistonning Assam shtatidagi musulmonlar istiqomat qiluvchi Darrang tumanidan 1200 oilaning ko‘chirilishi hodisasiga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi raisi doktor Nasrin Navoz xonim bunday dedi:
«Assam shtatida musulmonlarni fuqarolik va yashash huquqlaridan mahrum etish, aholi ustidan zo‘ravonlik siyosati olib borib, masjidlarni buzish va uy-joylarni yoqish hamda ularni asrlab oilalari bilan yashab kelgan erlardan quvib chiqarish, bularning barchasi Mьyanmadagi rohinga musulmonlariga qarshi qilingan etnik tozalash siyosatini aks ettirmoqda. Shuncha jinoyatlarga qaramay, haligacha birorta ham davlat bunga aralashgani yo‘q. Ayniqsa, musulmon mamlakatlar Assam musulmonlarini rohinga aka-uka va opa-singillari bilan bir xil taqdirdan qutqarish uchun harakat qilishmadi. Musulmonlarning hukmdorlari ko‘rsatgan bor-yo‘q munosabat ayni dahshatli jinoyatlarni quruq qoralab qo‘yish bo‘ldi, xolos. Bir vaqtning o‘zida, bu malaylar Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko‘radigan va Kashmir musulmonlariga qarshi vahshiyona jinoyatlar sodir etayotgan ana shu hindu rejimi bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni saqlab kelishmoqda…
Mudom Islom va musulmonlar manfaatini sidqidildan himoya qiluvchi davlat bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati yo‘q ekan, u erdagi musulmonlarni hech kim himoya qilmaydi. Haqiqatdan, bir necha asr Islom boshqaruvi soyasida yashagan Hindiston xalqlari Xalifalik davlatining adolat, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlaganligini voqeda guvoh bo‘lganlar va ko‘pchiligi Islomni qabul qilganlar. O‘shalarning nabiralari 1924 yilda Xalifalik davlatining ag‘darilishiga qarshi oldingi safda turib kurashdilar. Zero, Xalifalikning ag‘darilish oqibati Hindistonga va butun olamga zulmatdan o‘zga narsa olib kelmadi. Hech shubha yo‘qki, mudom ushbu buyuk davlatimiz qayta barpo etilmas ekan, Hindiston, Mьyanma, Sharqiy Turkiston va boshqa yurtlarimiz bir kun ham xavfsizlik, tinchlik, farovonlik va baxt-saodat ne’matini totolmaydilar».
Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan