G‘arbning masxaralash san’ati uning soxta va tuban madaniyatini fosh qilmoqda

260
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arbning masxaralash san’ati uning soxta va tuban madaniyatini fosh qilmoqda

Ommaviy axborot vositalarida Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺni tahqirlaganlarning eng yomoni Lars Vilksning ikki qo‘riqchi politsiya xodimi bilan avtohalokatda o‘lgani haqida xabar tarqatilgani barchaga ma’lum. Buning ortidan bir necha shved siyosatchilari va partiya etakchilari Lars Vilksga hurmat bajo keltirishdi hamda Islom va uning ramzlarini masxaralashda davom etishga chaqiruvchi ovozlar paydo bo‘ldi.

Bu xususda, Hizb ut-Tahrirning Shvetsiyadagi matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Na axloqni va na hurmatni biladigan bunday shaxslar masxaralashni san’at, deb hisoblashadi. Buning esa, so‘z erkinligiga aloqasi yo‘q, balki buni tahqirlash erkinligi, deyish mumkin…».

«G‘arb – musulmonlar o‘zlarining suyukli Payg‘ambarlari ﷺ haqorat qilinishiga ko‘nikma hosil qilishlari kerak, chunki so‘z erkinligining asosiy tabiati mana shu, deb hisoblaydi. Biroq, so‘z erkinligi musulmonlarni bostirish, ularni masxara qilish hamda islomiy ramz va muqaddasotlarni tahqirlashda qo‘llanadigan siyosiy vositadan boshqa narsa emas. U erkinlik emas, masxaralashning eng iflos turi, bundan boshqa narsa emas…».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Siyosatchilar Islomni nishonga olish maqsadida o‘zlarining shaxsiy qadriyatlarini er bilan yakson etib, bu bilan butun G‘arbning zaiflashib qolganligini va deyarli yiqilish arafasida turganligini ochib qo‘yishdi. Bundan G‘arb qadriyatlari faqat yolg‘onligi, undan manfaat talab qilgan paytdagina foydalanish mumkinligi ayon bo‘lmoqda. Hozir butun olam alьternativaga muhtoj. Ya’ni xalqlarga hurmat-e’tibor beradigan hamda ularni qutblanish yoki o‘z qadriyatlaridan voz kechishga undamasdan, fitna qilmasdan hayotlarini xavfsizlik bilan ta’minlaydigan tuzumga muhtoj. Olam bunga faqat Islomiy Xalifalik bilangina erishishi mumkin.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.