Pokistonning sobiq hukmdorlari Amerikaning yollangan quroli bo‘lgan bo‘lsalar, bugungi hukmdorlar uning tayyor ulovidirlar

320
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokistonning sobiq hukmdorlari Amerikaning yollangan quroli bo‘lgan bo‘lsalar, bugungi hukmdorlar uning tayyor ulovidirlar

Pokiston bosh vaziri Imron Xon CNN kanaliga bergan intervьyusida AQShning terrorizmga qarshi kurashida «Biz misoli yollangan qurol edik», deya shikoyat qildi.

Bu xususdan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Bajva-Imron hukumati AQSh kuchlarining Qobuldan qochishlarini qulaylashtirib, uning Islomga qarshi kurashish uchun mintaqaviy infratuzilmani qurish va mustahkamlashiga yordam berdi. Bugun Bayden o‘z yurti ichkarisida siyosiy inqirozga yuz tutmoqda, Pokiston esa, shunday qulay imkoniyatdan foydalanib, og‘ir ahvolda qolgan Qo‘shma Shtatlarni mintaqadan toabad chiqarib tashlashi hamda Afg‘oniston va O‘rta Osiyo bilan bitta davlatda birlashmog‘i darkor. Biroq, Pokiston hukmdorlari Tolibonni mustamlakachi xalqaro tizimga itoat qilishga majburlash uchun mintaqa davlatlarining razvedka rahbarlari bilan uchrashmoqda».

Bayonotda yana bunday qo‘shimcha qilindi: «Bu xoin hukumat yaralangan Baydenning jang maydonida erisholmagan g‘alabasini muzokaralar stolida qo‘lga kiritishiga zo‘r berib yordam berishmoqda».

Ey Pokiston qurolli kuchlari!

Pokiston hukmdorlarining bunday xiyonatlariga chek qo‘yib, Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni qayta boshlang. Chunki Xalifalikni barpo etish farzi Alloh Subhanahuning farzlari ichida eng buyugidir. Bas, shunday bo‘lgach, kuch-qudratingizni Islomni butun olamda hukmron etishga sarflang. Orangizda ushbu farzni bajarish sari otilib chiqib, dunyo va oxirat yutug‘ini qo‘lga kiritadigan baxtli insonlar bormi?!

Roya gazetasining 2021 yil 6 oktyabr chorshanba kungi 359-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.