بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Munosabatlarni normallashtirishga chaqirayotganlar Ummatdan emas, balki pastkash kimsalardir
«Kuds Arabiy» veb-sayti (hijriy 1443 yil 18 safar, milodiy 2021 yil 25 sentyabr shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Juma kuni kechqurun bir Amerika tashkiloti homiyligida Kurdiston Muxtoriyatida uyushtirilgan «Tinchlik va tiklanish» nomli konferentsiya chog‘ida 300dan ziyod iroqliklar, jumladan, qabila oqsoqollari Iroq-«Isroil» o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga chaqirishdi. Bu turdagi da’vat birinchi bor yangrashi.
Konferentsiyani qarorgohi Nьyu-Yorkda joylashgan «The Center for Peace Communications» (tinchlik aloqalari markazi) uyushtirdi. Unda «Isroil» bilan arab davlatlari o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish va fuqaroviy jamiyatlarning yaqinlashuvi masalasi ko‘rib chiqildi».
Roya:
Bu haqda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Xolid Said Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi radiosiga bunday dedi: «Yahudiy vujudi va uning ortida turgan kofir G‘arb hamda uning musulmon yurtlaridagi malay hukmdorlari o‘z arkonlarini mustahkamlashga va o‘z vujudini tabiiy vujud sifatida o‘rnatishga bekorga urinishyapti. Bugungi kunda anavi jirkanch yahudiy vujudini mudofaa qilish va qo‘riqlash ishlari mavjud malay rejimlar tomonidan yanada kuchaytirilishi ko‘zlanayotgan ekan, AQSh sobiq prezidenti Trampning yahudiy vujudi bilan musulmon yurtlaridagi rejimlar o‘rtasida munosabatlarni normallashtirishdagi sa’y-harakati yangilik emas. Balki Ummatning mustahkam devorini buzish ko‘zlangan ushbu normallashtirish urinishlari ancha eski bo‘lib, yahudiy vujudi paydo bo‘lgan paytlardayoq shakllangan… Ummat esa, yahudiy vujudi paydo bo‘lgan shu 70 yildan beri davom etayotgan bunday muvaffaqiyatsiz urinishlarning birortasiga rozi bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, bu rejimlar taslim bo‘lish, xorlik va xiyonat shartnomalarini imzolashgan. Biroq, Ummat hali ham yahudiy vujudiga muborak zaminni bosib olgan dushman, deb qarab keladi. Shuningdek, bu dushmanni yo‘q qilishni hamda Rosululloh ning Isro maskanlarini ozod etib, bosqinchilar iflosligidan tozalashni o‘zining vazifasi deb biladi».
Ustoz Said quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
«Islom Ummati imkon topdi deguncha, bu vujudni rad etishini bildirib keldi. Ummat yahudiylarga hargiz uchrashish mumkin bo‘lmagan, faqat jang maydonidagina uchrashiladigan dushman, degan e’tiborda qarab, ular bilan qilinayotgan normallashtirish aloqalarini har bir shaklini inkor etmoqda. Shuningdek, yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotganlarni – ular xoh shaxs, xoh partiya yoki tashkilot bo‘lsin – ularni aslo kechirmadi va ular bilan murosa qilmadi. Bu narsa Ummatning xiyonat va xorlik shartnomalarini imzolashdan shuncha vaqt bosh tortib kelganida yaqqol ko‘rinib turibdi. Misr rejimi Sadat davrida imzolagan Kemp-Devid shartnomasi, Iordaniya rejimi yahudiylar bilan imzolagan Vodiy Araba shartnomasi, 1993 yil Falastin Ozodlik Tashkiloti imzo chekkan mash’um Oslo shartnomasi ana shu shartnomalarning asosiylaridir. Falastin ma’muriyati, degan sharmanda rejim mana shu Oslo shartnomasi ortidan paydo bo‘lgan. Islom Ummatining keng qatlami Amirliklar, Bahrayn, Marokash va Sudan davlatlarining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish uchun imzo chekkan «Abraham» shartnomasini rad qilgan edi. Kuni kecha esa, Tokio olimpiadasida bir nechta arab va musulmonlarning egallagan pozitsiyalari Ummatning ko‘pchilik farzandlari tomonidan qattiq olqishlanganiga guvoh bo‘ldik. Ular bellashuvchi raqiblarining «isroillik» bo‘lganligi sababli xalqaro olimpiadani tark etdilar. Ammo buning muqobili o‘laroq, olimpiadada saudiyalik qizlardan birining yahudiy qiz bilan bellashuvga tushganligi Ummat tomonidan keskin qoralandi. Shuningdek, Marokashdagi Islom Ummati farzandlarining tabiiy reaktsiyalari ham ularning haqiqiy musulmon ekanliklarini ifodaladi. Gap shundaki, Marokash Adolat va Taraqqiyot partiyasi yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish shartnomasini qo‘llab-quvvatlab, bu bilan marokashlik saylovchilarning keskin reaktsiyasiga uchradi. Chunki saylovlarda o‘zining parlamentdagi ko‘plab o‘rnini yo‘qotdi.
Bu va boshqa hujjat-dalillardan ko‘rinib turibdiki, g‘arblik kofirlar yahudiy vujudini muborak zaminda g‘olib qilish va u bilan aloqalarni normallashtirish yo‘lida har qancha sa’y-harakat qilishmasin, omadsizlik va hasratdan boshqa narsaga erisholmaydilar. Ushbu sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ummat farzandlari orasidan har qancha kimsalarni to‘plashmasin, ular sariq chaqalik qadri yo‘q bo‘lgan, Ummatdan bo‘lmagan kimsalardir. Bunday ittifoqlarning barchasi Ummatning nazdida botilligicha, yahudiy vujudi esa, muborak Falastin tuprog‘idan supurib tashlanishi shart bo‘lgan dushmanligicha qoladi.
Roya gazetasining 2021 yil 6 oktyabr chorshanba kungi 359-sonidan