Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktoy Qirg‘istonga keldi
Xabar: Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi. Oktay 10 sentyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qirg‘iz-turk hukumatlararo komissiyasining 10-yig‘ilishida ishtirok etadi. Shu kunlarda poytaxtda qirg‘iz-turk biznes-forumi ham bo‘lib o‘tadi.
Tashrif davomida ikkitomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, bir qator hujjatlar imzolanishi va “Maorif” maktabini ochish rejalashtirilgan.
Izoh: Mintaqa davlatlarini Rossiya ta’sir doirasidan chiqishga bo‘lgan harakatlari kuchayib bormoqda. Bunga asosan Rossiyaning o‘zini “katta og‘adek” tutib, mintaqa davlatlariga iqtisodiy yordam ko‘rsatmay, to‘xtovsiz siyosiy bosim o‘tkazib kelayotgani va xalqaro siyosatda nufuzini yo‘qota boshlagani sabab bo‘lmoqda. Garchi Qirg‘izistonda Rossiyaning ta’sir doirasi o‘ta kuchli, kuch organlari Rossiya xavfsizlik xizmatlari qo‘lida bo‘lsada, qirg‘iz-tojik chegarasidagi oxirgi xodisadan so‘ng qirg‘iz hukumatini ham G‘arb (AQSh)ga bo‘lgan intilishi kuchayib bormoqda. O‘z navbatida AQSh mintaqadagi o‘z ishtirokini Turkiya orqali saqlab qolishga intilmoqda.
Qirg‘iz-tojik chegarasida sodir bo‘lgan navbatdagi qonli mojarodan keyin, 9 iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni, shuningdek, Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qilgandilar. Japrov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida bo‘lgan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakpaev: “Sadir Japarov va Rajab Erdo‘g‘on uchrashuvida harbiy-texnik hamkorlik va Qirg‘iziston Mudofaa vazirligiga grant asosida xarbiy-texnik yordam ko‘rsatish masalasi” muhokama qilinganini aytgan edi.
Shuningdek, Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi 29-30-iyun kunlari Qirg‘izistonda bo‘lgan va siyosat, madaniyat, iqtisodiyot va mudofaa sohalarida strategik aloqalarni rivojlantirishga kelishib olishgan edi. Tashrif doirasida Hulusi Akar prezident Sadir Japarov va Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliev bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat mudofaasi va harbiy-texnik hamkorlik holati hamda istiqbollari muhokama qilingandi…
Bundan tashqari, AQSh Turkiya vositasida turli xil o‘quv yurtlarini ochish orqali o‘zining saqofiy ta’sirini yoyish va G‘arbga sodiq kadrlar tayyorlash vazifasini Turkiya zimmasiga ham yuklagan. (Turkiya ichki siyosatiga muvofiq “Sebat”ning o‘rnini “Ma’orif” bosishi bilan tub ma’no o‘zgarmaydi). Mintaqada Turkiya rolini oshirishga intilishi AQSh mintaqa uchun kurashdan voz kechmaganiga dalolat qiladi.
Abdurahmon Odilov