Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati
Bizlar bugun yashayotgan dor – shariatimiz bayon qilganidek, dorul kufrdir. Bizlarning bugungi hayotimiz esa, g‘ayri islomiy hayotdir. Bizlarning bugungi dorimiz va hayotimiz, shariat nuqtai nazaridan qaralganda, Alloh ta’olo Rosulini o‘sha voqe’likni o‘zgartirish uchun qavmiga va butun insoniyatga payg‘ambar etib yuborgan paytdagi Makkadagi hayotga va o‘sha dorga mutloqo o‘xshaydi. Shunday ekan, Rosululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning davrlaridagi voqe’ bugungi, 21 asr boshlaridagi musulmonlar yashayotgan voqe’dan boshqacha bo‘lgan, bugun millionlagan musulmonlar mavjud, ayrim Islom ahkomlari ham tatbiq etilmoqda, shuning uchun Rosululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning davri bilan xozirgi davrni solishtirish to‘g‘ri emas – deb umuman aytib bo‘lmaydi, bunday deyishga mutloqo asos yo‘q. Negaki, o‘zgartirish lozim bo‘lgan, o‘zgartirish talab etilgan o‘rin shaxslar yoki ayrim ahkomlar emas, balki dor, jamiyat va hayotdir. Darhaqiqat, Makkadagi sahobalar buni yaxshi tushinib etganlar. Vaholanki, u payt Makkada ham musulmonlar mavjud edi. Habbob ibn Aratdan rivoyat qilinadi;
شَكَوْنَا إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ متَوَسِّدٌ بُرْدَةً لَهُ في ظلِّ الْكَعْبَةِ، فَقُلْنَا: أَلَا تَسْتَنْصِرُ لَنَا أَلَا تَدْعُو لَنَا؟ فَقَالَ: «قَدْ كَانَ مَنْ قَبْلَكُمْ يُؤْخَذُ الرَّجُلُ فَيُحْفَرُ لَهُ فِي الْأَرْضِ، فَيُجْعَلُ فِيهَا، ثُمَّ يُؤْتَى بِالْمِنْشَارِ فَيُوضَعُ عَلَى رَأْسِهِ فَيُجْعَلُ نِصْفَينِ، وَيُمْشَطُ بِأَمْشَاطِ الْحَدِيدِ مَا دُونَ لَحْمِهِ وَعَظْمِهِ، مَا يَصُدُّهُ ذَلِكَ عَنْ دِينِهِ، وَاللهِ لَيُتِمَّنَّ اللهُ هَذَا الْأَمْرَ حَتَّى يَسِيرَ الرَّاكِبُ مِنْ صَنْعَاءَ إِلَى حَضْرَمَوْتَ لَا يَخَافُ إِلَّا اللهَ وَالذِّئْبَ عَلَى غَنَمِهِ، وَلَكِنَّكُمْ تَسْتَعْجِلُونَ»
“Bizlar Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga shikoyat qilib keldik. U zot Ka’baning soyasida choponlarini boshlariga yostiq qilib yotardilar. – Bizlar uchun nusrat so‘ramaysizmi, bizlar uchun duo qilmaysizmi, yo Rasulalloh, – dedik.
Shunda u zot marhamat qildilar;
-“Darhaqiqat, sizlardan oldingilar erga(tikkasidan) ko‘milib, boshidan arra tortilar va ikkiga bo‘lib yuborilar edi. Ayrimlari esa, temir taroqlar bilan badanlari taralib suyaklaridan go‘shtlari ajratilib olinardi. Shunda ham bu azoblar ularni o‘z dinlaridan qaytara olmasdi. Allohga qasamki, albatta bu ish tamomiga etadi. Xatto yo‘lovchi San’odan Hazramavtga sayr qilarkan u Allohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmaydi, podasini bo‘ri eb ketishidan boshqa hech narsadan qo‘rqmaydi. Lekin sizlar shoshilib ketayapsizlar”. Buxoriy, Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar. Hadisi sharifdan ma’lum bo‘lishicha, sahobalar nusratning kelishiga hamda o‘zlari yashayotgan qo‘rqinchli hayotni o‘zgartirilishiga oshiqib ketganlar. Holbuki, ular musulmon edilar. Nozil bo‘layotgan vahiyga qattiq amal qilardilar. Shunday bo‘lsada, Rosululloh – sallollohu alayhi va sallam – ularga; “Allohga qasamki, albatta bu ish tamomiga etadi”, – deb, qattiq ta’kidlaganlar. “Bu ish”, degani hayotning barcha ishlarida Islom etakchilik qiladigan tinch osuda hayotdir. Shuningdek, bu osuda hayot musulmon Allohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmaydigan hamda podasini bo‘ri eb ketishidan boshqa hech narsadan qo‘rqmaydigan tinchlik xotirjamlikni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Demak, ayrim qurayshliklarning Islomga kirganliklaridan keyin Makkada yuzaga kelgan voqe’ hamda Mus’ab ibn Umayr – roziyalLohu anhu – hijratdan oldin Madinaga borib, u erda ansoriylarning soni bir necha barobar ziyoda bo‘lgandan keyingi Madinadagi voqe’ – Islom miqyosida, dor va hayot jihatidan – ayni bugungi musulmonlar yashayotgan voqe’ga o‘xshaydi. Musulmonlarning adadi va ayrim Islom ahkomlarini tatbiq etilishi haqidagi statistika ma’lumotlaridagina farq bo‘lishi mumkin.
Makon, inson, fikrlar, tuyg‘ular va tuzumlardan iborat butkul tarkibiy qismi bilan ushbu voqe’ to‘la idrok etilgandan keyin hamda ushbu voqe’ni Dorul Islomga, islomiy hayotiga va islomiy jamiyatiga aylantirish vojib ekanligini anglab etilganlaridan keyin ushbu o‘zgartirish yo‘lida yurgan kishilar Robbul alamin chizib bergan va ayni Rosululloh – sallolohu alayhi vasallam – dastlabki Islom davlatini hamda 13 asrdan ko‘proq vaqt davom etgan Islomiy hayotni vujudga keltirishlari uchun yo‘l tutgan tariqatni topib, mana shu tariqat asosida yurishlari uchun ushbu tag‘yir(o‘zgartirish ishi) uchun lozim bo‘lgan shar’iy ahkomlar haqida izlanishlari vojib bo‘ladi. Tabiiyki, bundan maqsad bir qancha vaqtlardan buyon to‘xtab qolgan Islom hayotini qaytadan boshlashdir.
Bugungi kunda Islom hayotini qaytadan boshlashga harakat qilayotganlar shuni yaxshi bilsinlarki, insonlardan o‘z hayotlari mobaynida to Qiyomat kunigacha Islomni mahkam ushlashni talab qilgan Alloh ta’olo dorul kufrni, Islom davlatini tiklash orqali Dorul islomga aylantirishning ham shar’iy tariqatini belgilab bergan. Chunki, bu tariqat Islom hayotini qayta boshlash yo‘lida harakat qilayotganlarning hayotlarida uchraydigan har bir holatni muolaja qiladi, Holbuki, Islom mo‘’minlarning hayotlarida uchraydigan har bir muammoga echim bergan. Alloh ta’olo aytadi;
وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ
“ Va Biz sizga Kitobni – Qur’onni xar bir narsani bayon qilib beruvchi, hidoyatga chorlovchi, rahmat va musulmonlar uchun jannatdan bashorat beruvchi etib nozil qildik” [Nahl surasi. 89].
Alloh ta’olo yana boshqa oyatlarda marhamat qiladi;
وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا
“Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sizlarga nimani olib kelgan bo‘lsa, bas uni olinglar, sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, bas sizlar undan qaytinglar”. [Hashr surasi. 7].
Oyati karimadagi ما(nima) lafzi umumlikni ifodalaydigan lafzlardan bo‘lib, Rosululloh – sallollohu alayhi vasallam – vahiy orqali olib kelgan barcha narsani, shu jumladan fikrat va tariqatni ham o‘z ichiga oladi. Alloh ta’olo aytadi;
لَّقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ
“Darhaqiqat, sizlar uchun Rosulullohda Alloh va oxirat kunini umid qiluvchi kishilar uchun chiroyli namuna bordir”.[Ahzob surasi 21]. Alloh ta’olo o‘z Rasuliga xitoban aytadi;
قُلْ هَٰذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي
“Ayting ey habibim! Allohga ongli ravishda, bilib turib men va menga ergashgan kishilar da’vat qilishlaridagi yo‘lim shudir”. Ya’ni, bu Islomga da’vat qilishdagi mening yo‘limdir va to Qiyomatgacha menga ergashganlarning, mening hidoyatim bilan to‘g‘ri yo‘l tutatiganlarning yo‘lidir. Yana ham tushinarliroq bo‘lishi uchun:
خطَّ رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّمَ خطًّا بيدِه ثم قال : هذا سبيلُ اللهِ مستقيمًا، وخطَّ خطوطًا عن يمينِه وشمالِه، ثم قال : هذه السبلُ ليس منها سبيلٌ إلا عليه شيطانٌ يدعو إليه، ثم قرأ : وَأَنَّ هَٰذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
“Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – muborak qo‘llari bilan bir chiziq chizdilar. So‘ng; “Bu Allohning to‘g‘ri yo‘lidir”, – dedilar. So‘ng o‘ng tarafiga, chap tarafiga chiziqlar chizdilar va; “Bu yo‘llardan qaysi biriga qarasangiz uning ustida bir shayton o‘tirib olgan bo‘ladi hamda bu shayton shu yo‘lga da’vat qilayotgan bo‘ladi”, – dedilar. So‘ngra mana shu oyati karimani qiroat qildilar; “Albatta mana bu mening to‘g‘ri yo‘lim, sirotul mustaqiymdir. Bas, bu yo‘lga ergashinglar. Boshqa yo‘llarga ergashmanglar. Unda sizlarni Allohning sirotul mustaqiymidan adashtirib, tarqaq qilish yuboradi. Alloh sizlarga mana shuni vasiyat qiladi. Shoyat sizlar Allohdan taqvo qilsanglar”.[An’om surasi. 153]. Ahmad, Dorumiy va ibn Mojja rivoyati. Alloh ta’olo o‘z Rasulini mana bunday deya shaytonning yo‘llaridan ogohlantirdi;
وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ
“Siz ularni ogohlantiringki, ular Alloh nozil qilgan narsalarning ayrimlaridan bo‘lsa ham sizni fitnalab(Allohning hukmidan to‘sib-, boshqa narsaga burib) qo‘ymasinlar”. [Moida surasi. 49]. Shuningdek, Alloh ta’lo musulmonlarni ham mana bunday deya Alloh va Rasulining amriga xilof chiqishlaridan ogohlantirdi;
فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
“ Allohning amriga xilof chiqadiganlarni ularga biror fitna musibat bo‘lib kelishidan yoki ularni alamli azob musibatlab qo‘yishidan ogoh eting”. [Nur surasi. 63].
Ushbu va bundan boshqa nasslar, shuningdek sahih siyrati nabaviyya Islom hayotini qayta boshlash uchun shar’iy tariqat bilan cheklanishimizni bizlarga vojib qiladigan dalillardir. Bizlar bu tariqatdan soch tolasicha ham chetlana olmaymiz. Sharoitlar xar xilligini, zulmga duch kelib qolishni bahona qila olmaymiz. Umumxalq manfa’ati yoki zamon bilan xamnafas yurish lozimligini ro‘kach qilib ushbu shar’iy tariqatdan qilchalik ham chetlana olmaymiz. Chunki, ushbu tariqatni xamma narsani bilguvchi, bugungi sharoitni ham va barcha asrlardagi sharoitlarni ham bilguvchi Alloh ta’olo farz qilgandir.
Islomiy hayot, degani xar qanday holatlarda Islom ahkomlariga bo‘ysunadigan insoniy hayot demakdir. Islom aqidasiga e’tiqod qiladigan, narsalar va ish xarakatlar xaqida islomiy fikrlaydigan, ro‘paralaridan chiqayotgan holatlar tomon islomiy tuyg‘ulari xarakatlantiradigan, hayotlarining xamma soxalarida Islomni tatbiq etadigan shaxslardan tashkil topgan jamiyat – islomiy hayotda umr suradigan islomiy jamiyatdir. Mana shunday jamiyatni, mana shunday hayotni vujudga keltirish musulmonlarga vojibdir. Bunga shar’iy dalillar dalolat qiladi. Alloh a’lol marhamat qiladi;
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ
“Yo‘q! Robbingizga qasamki, ular o‘zlarining oralarida chiqqan kelishmovchiliklarida ham sizni hakam qilmagunlaricha aslo mo‘’min bo‘la olmaydilar”. [Niso surasi. 65]. Alloh ta’olo yana aytadi;
فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ
“Agar biror narsada talshagib tortishib qolsangiz, bas uni Allohga va rasuliga qaytaringiz”. [Niso surasi. 59]. Yana shunga o‘xshagan bir necha oyatlar mavjuddir. Sunnatdagi dalillarga kelsak, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar;
من أحدث في أمرنا هذا ما ليس منه فهو رد
“Kim bizning bu ishimizdan-dinimizdan bo‘lmagan narsani yangilik qilib olib kirsa, u marduddir – rad etilgandir. Buxoriy va Muslim rivoyati.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam yana marhamat qiladilar;
من مات وليس في عنقه بيعة مات ميتة جاهلية
“Kim o‘lsa va uning bo‘ynida bay’ati bo‘lmasa, bas u johiliyatda o‘lgan bo‘ladi”. Muslim rivoyati.
Shuning uchun musulmonlarning nizomlari, fikrlari va tuyg‘uylari islomiy bo‘lishi vojib bo‘ladi.
(Islomiy hayotni kayta boshlashning shar’iy tariqati kitobidan). (davomi bor).