AQShning “favqulodda g‘alaba”si

671
0

AQShning “favqulodda g‘alaba”si

Amerika xalqiga bayonot bergan prezident Jo Bayden o‘z bayonotida 20 yillik jangdan so‘ng AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan mag‘lub bo‘lib chiqib ketishini “favqulodda g‘alaba” deya baholadi. 20 yil davomida harbiy mashg‘ulotdan o‘tkazilgan va zamonaviy harbiy uskunalar bilan ta’minlangan 300 mingdan ortiq Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari, Tolibonga qarshi kurashda AQShning umidlarini puchga chiqargani haqida gapirgan Bayden so‘zlarini shunday davom ettirdi:

“Men bu urushni tugatishga qaror qildim. Bu qaror Amerika uchun eng to‘g‘ri va eng yaxshi qaror ekaniga shubha qilmayman”, “Endi bu urushni tugatish vaqti keldi. Yangi dunyoda yashayapmiz. Terrorizm tahdidi butun dunyoga tarqaldi. Bu erda mening mas’uliyatim 2001 yil tahdidlariga qarshi emas, balki 2021 va undan keyingi tahdidlarga qarshi AQShni himoya qilishdir. U erda (Afg‘onistonda) minglab askarlar borligi bilan AQShning xavfsizligi ta’minlanmaydi. Men shuni ham bilamanki, Terror tahdidi davom etmoqda, lekin u o‘zgardi. Boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Shuning uchun  bizning strategiyamiz o‘zgarishi kerak”.

Izoh: 20 yil davom etgan Afg‘oniston jangi Amerikani jar yoqasiga olib keldi. Mujohid afg‘on xalqi Britaniya va Sovet ittifoqini tiz cho‘ktirgani kabi, AQSh va uning koalitsiyasini ham tiz cho‘kishga majbur qildi. AQShning Afg‘onistondan chiqib ketishi musulmonlar uchun buyuk g‘alabadir. Lekin u Tolibonni muzokara stoliga tortib, jang maydonidagi mag‘lubiyatini g‘alabaga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki Amerika biroz Afg‘onistonda qolganda, burni erga ishqalanib, horlarcha chiqib ketishini yaxshi bilardi. Buni Bayden “Xitoy va Rossiya bizni Afg‘onistonda qolishimizni xohlamoqda, shunda ularning istagi amalga oshgan bo‘lardi”, degan so‘zlari bilan tan oldi. Shunday ekan, obro‘sini saqlagan holda va yana Tolibonni bo‘yniga bir necha shartlarni ilib chiqib ketishi, albatta Amerika uchun g‘alaba hisoblanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, G‘arbning muzokara stollaridagi siyosiy quroli jang maydonida Musulmonlarga qarshi ishlatadigan qurollaridan ko‘ra bir necha bor xatarliroqdir. G‘arb jang maydonida burchakka tiqilib qolganda ushbu qurolini ishga soladi. Masalan Suriya va Iroqda bu qurolidan unumli foydalandi va g‘alabani musulmonlardan tortib oldi. Shuning uchun Musulmonlar AQSh askarlarini jang maydonidan qanday quvib yuborgan bo‘lsa, AQSh diplomatlarini ham xuddi shunday muzokara stollaridan quvib yuborishi lozim. Bosqinchi AQSh bilan o‘tkazilgan muzokaralar siyosiy tuzoq bo‘lib, 20 yil jang maydonida mardonavor olib borilgan jihodlarning va Alloh yo‘lida to‘kilgan qonlarning samarasini puchga chiqaradi. Chunki ushbu shartlarga ko‘ra Tolibon Amerika bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga majbur bo‘lmoqda. Buni Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid “Biz AQSh va butun dunyo bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni xohlaymiz”, deya bergan bayonotida ham ko‘rish mumkin.

Aslida Tolibon harakatidan kutilgan ish jang maydonida ko‘rsatgan iroda va tavakkulni siyosiy maydonda ham ko‘rsatishi edi. Ya’ni Tolibon Rasululloh ﷺ “Nusrat” talab qilgan Bani Shaybon qabilasi kabi voqeiy siyosiy kuchlarni hisobga olmay, balki Allohning kuchiga suyangan holda Xalifalikni e’lon qilishi va asrimizning ansoriga aylanishi lozim. Aks holda Eron yoki Pokiston kabi xalqaro siyosatga qaram davlat bo‘lib qolishdan boshqa chorasi qoldmaydi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.